Nazorat savollari 1. Bolalar folklorining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Alla qo‘shiqlarining badiiyati haqida nimalarni bilasiz?
3. Erkaklar allalari nima deb nomlanadi va ular qanday ijro etiladi?
Foydalanish uchun adabiyotlar: Alaviya M. Lirik qo‘shiqlar // O‘zbek folklori ocherklari.-Toshkent.: Fan, 1998, 1-tom, 244-254-betlar; 2. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasining tarixiy asoslari va badiiyati. DDA. T., 1995;
Yoqubbekova M. O‘zbek xalq qo‘shiqlarida o‘xshatish.-Toshkent.: Fan,
Sarimsoqov B. O‘zbek marosim folklori. - Toshkent.: Fan, 1886;
Navro‘z. Navro‘z bayrami bilan bog‘liq qo‘shiqlar, afsona va rivoyatlar. To‘plab, nashrga tayyorlovchilar: T.Mirzayev, M.Jo‘rayev. – Toshkent.: Fan, 1992;
Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. T.: Fan, 2010. 307 b.
Турдимов Ш. Поетические символы в узбекских народных лирических песнях. Дисс., канд.филол., наук. Т.: 1987. – 184 с.
Eshonqulov J. O‘zbek xalq qo‘shiqlari badiiyati masalalari. Toshkent San'at va madaniyat institutida 2015 yil 16 aprel kuni «Xalq ijodi milliy ma'naviyatimiz asosi» mavzuida bo‘lib o‘tgan bo‘lib o‘tgan ilmiy anjuman materiallari. –Toshkent, 2015. – B.44–48.
Lirik qo‘shiqlar
Reja: Qo‘shiq – lirik janr.
Qo‘shiqlar tasnifi.
Xalq qo‘shiqlarining badiiy xususiyatlari
Tayacnch so`zlar: Qo`shiq «shlok», «takshut», «ir» (yir), «kug» kabi atamalar bilan qadimdan atalib kelganligi. Mahmud Koshg‘ariy esa bunday asarlarni «qoshug‘» - qo‘shiq, qasida, she’r tarzida beradi. So‘zning ma’nosini sharhlashdagi to‘rtlikda «malikaga mendan maqtov yetkaz»74 mazmunidagi misra borki, izohdagi qasida atamasini qo‘llanishi.
Inson borki ishq bor, muhabbat bor. Avloddan keyin kichik avlod, nasldan keyin nasl keladi, ammo insondagi muhabbat tuyg‘usi, qalbda ehtirosli his-tuyg‘ular uyg‘onishi o‘zgarmaydi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» asarida shunday to‘rtlik bor:
Bulnar meni ulas ko‘z, Qora mengiz qizil yuz. Andin tomar tugal tuz, Bulnap yana ul qachar.