O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Tafakkur turlari. Muammoli vaziyat va masala yechish



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   175
psixologiya

2. Tafakkur turlari. Muammoli vaziyat va masala yechish. 
Tafakkurning individual xususiyatlari, ya’ni sifatlari deganda uning 
mazmundorligi, mustaqilligi, epchilligi, samaradorligi, kengligi, tezligi,
chuqurligi kabilarni tushunamiz. 
Tafakkur quyidagi turlarga bo’linadi: 
1. Ko’rgazmali – harakat tafakkur.
2. Ko’rgazmali – obrazli tafakkur.
3. Ixtiyorsiz va ixtiyoriy tafakkur.
4. Konkret va abstrakt tafakkur.
5. Ijodiy tafakkur.
Inson tomonidan bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki tasavvur 
qilinayotgan obrazlar haqida fikr yuritish ko’rgazmali – obrazli tafakkur 
deyiladi.
Bog’cha yoshidagi bolalar ilmiy tushunchalarga ega bo’lmaganligi uchun 
bilish faoliyatida asosan ko’rgazmali – obrazlarga suyanib fikr yuritadilar,
mulohaza bildiradilar, hukm chiqaradilar.
Ixtiyorsiz tafakkur deb mantiqiy tafakkur yordamida ko’p vaqtlar 
davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to’satdan, kutilmaganda hal qilinib 
qolishi prosessiga aytiladi.
Ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash, gipoteza 
qilish kabi shakllarda kamoyon bo’ladi. Matematika, fizika, ximiya, psixologiya 
va boshqa fanlardagi muammo va masalalarni yechish jarayonlari bunga yorqin 
misol bo’la oladi.
Abstrakt tafakkur narsalarning moxiyatini aks ettiruvchi va so’zlarda 
ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir.


123 
Fikr yuritilishi lozim bo’lgan narsa va xodisalarni idrok va tasavvur qilish 
mumkin bo’lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deyiladi.
Nazariy tafakkur deb xodisalarni izoxlashga faraz qilishga qaratilgan 
tafakkur turiga aytiladi. 
Voqyelikni o’zgartirish vositasi bilan real narsa va xodisalarni yaratishga 
yo’naltirilgan fikr yuritish amaliy tafakkur deyiladi. Amaliy tafakkur «Qanday 
qilib?», «Qaysi yo’l bilan?» kabi savollarga javob berish jarayonidir.
Ijodiy tafakkur murakkab bilish faoliyatidan biri bo’lib tadrijiy 
ravishda, izchil o’zaro bog’langan jarayonlardan tashkil topadi: dastavval 
savollar tug’iladi, vazifa aniqlanadi, masala yechish uchun savollarga javob 
qidiriladi. Ijodiy tafakkurning navbatdagi komponentlari quyidagicha aks 
ettiriladi: qo’yilgan savollarga javob izlash, masalani yechishga yordam 
beradigan yo’llar, usullar, vositalar, qoidalar va ko’nikmalarni kidirish, ularni 
tanlash va faoliyatga tadbiq qilish va boshqalar. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin