9-bob. Yakunlovchi qoidalar
44. Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olishning to‘lov qiymati O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
45. Fanlar bo‘yicha qayta ta’lim olish uchun to‘lov qiymati oliy ta’lim
muassasasi tomonidan butun o‘quv yilining kontrakt
summasidan kelib chiqqan
holda belgilanadi. Qayta ta’lim olish uchun to‘lov mexanizmi oliy ta’lim muassasasi
tomonidan bir kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi.
Bir kredit qiymati
o‘quv yili davomidagi ta’lim olish uchun to‘lanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt
miqdorini rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
46. Talaba oliy ta’lim muassasasi ta’lim
dasturini muvaffaqiyatli
o‘zlashtirgan taqdirda, unga akademik darajasini tasdiqlaydigan diplom beriladi.