OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
…………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………UNIVERSITETI
………………………………………………………………………………………………………..
“O`zbek va tatar tillarida kiyim-kechak nomlarining qiyosiy tahlili” mavzusidagi
KURS ISHI
Rahbar: ………………………
– 2023
Kurs ishi……………………………………………………………………… kafedrasida bajarilgan.
Ilmiy rahbar: _____________________
Himoya 2023 – yil _________________ oyining _____ kuni soat ______ da ……………………………………………………………………………………………….. kurs ishlari himoyasi yigʻilishida oʻtkaziladi.
Manzil: ………………………………………………………….
Kurs ishi 2023-yil ________________ oyining ____ kunida kafedraga topshirildi.
O`zbek va tatar tillarida kiyim-kechak nomlarining qiyosiy tahlili
Mundarija:
1.Bob. O`zbek tilida va tarixida kiyim-kechak nomlari.
1.1.Alisher Navoiy asarlarida kiyim-kechak nomlari.
1.2.O`zbek tilida bosh kiyimlar haqida.
1.3.O`zbek tilida kiyim –kechak nomlarida sharqonalik,milliyona ruh.
2.Bob.Tatar tillarida kiyim-kechak nomlari tahlili.
2.1.Tatar kostyumi haqida.
2.2.Tatar milliy libosining tavsifi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ishning umumiy tavsifi.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi . Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “o`zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma‘naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`ladi‖” degan bebaho so`zlari tilning jamiyatdagi rolini yorqin aks ettiradi. Zotan, ijtimoiy hayotning barcha jabhalaridagi tarixiy taraqqiyotni tilsiz tasavvur qilish mumkin emas.
O`zbek tilshunosligi bugungi kunga qadar bir qancha davriy bosqichlarni bosib o`tdi. Ushbu vaqt oralig`ida o`zbek tilining anchayin muammoli, yechilmagan jihatlari tom ma‘noda o`rganilib, fanga ma‘lum qilindi. Bu yo`lda tilshunos olimlar barakali faoliyat olib borishdi. Ularning mehnati samarasi o`laroq o`zbek tilining leksik, grammatik, morfologik, fonetik kabi sathlarida nazariy manbalar, ilmiy asoslar yaratildi. Ona tilimizning o`ziga xos serqirra jihatlari namoyon bo`ldi. Ammo yutuqlar bilan bir qatorda hali o`rganilishi lozim bo`lgan muammolarimiz yetarlichani tashkil qiladi. O`zbek tillarida kiyim-kechak nomlarining ifodalanishi ham shunday muammolardan hisoblanadi.Turkiy tillar oilasiga kiruvchi o`zbek va tatar tillari o`zaro qardosh xalq,millat bo`lib kelmoqda.Bu millatlar tillarida kiyim kechak nomlarining qiyosiy tahlili ancha chuqur tadqiqot ishi sanaladi
Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida maishiy leksika muayyan darajada qiyosiy-tarixiy, leksik-semantik jihatdan alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilgan bo‘lib, unga uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechak, taqinchoq va zeb-ziynat nomlarini ifodalovchi til birliklari kiradi. Xususan, o‘zbek tilining maishiy leksikasi L. X. G‘afurov tomonidan maxsus o‘rganilgan. Tadqiqotda o‘zbek tilining maishiy leksikasi ilk bor “oshxona buyumlari nomlari”, “ko‘rpa-to‘shak nomlari”, “gigiyenaga oid buyumlar nomlari”, “uy jihozlari nomlari”, “uy-joy qurilishi nomlari”, “yoritish uskunalari nomlari”, “isitish va sovutish qurilmalari nomlari”, “aloqa va xabar anjomlari nomlari”, “xo‘jalik asboblari nomlari” singari leksik-semantik guruhlarga tasniflab, tahlil qilingan.Xususan,M.Asomiddinova o`zining “Kiyim-kechak nomlari “ deb atalgan kitobida o`zbek tilida kiyim-kechak nomlari haqida batafsil aytib o`tadi. O‘zbek tilidagi kiyim-kechaklar borasida maxsus tadqiqot ishi olib borgan M.Asomiddinova arab tilidan o‘zlashgan kiyim-kechak nomlarini o‘zbek tilida tutgan mavqeiga ko‘ra ikki qismga ajratadi.Bundan tashqari ,A.X.Doniyorov ,O.B.Bo`riyev , A.A. Ashirov kabi tadqiqotchilar o`zlarining “ Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi “ asarida bu haqida o`z izohlarini berib o`tadi.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining obyekti – o`zbek va tatar tillari bo`lsa,uning predmeti bu tillarda kiyim-kechak nomlarining ishlatilishi hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi.
O`zbek va tatar tillarida kiyim-kechak nomlarining qiyosiy tahlilini o`rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
O`zbek tilida ishlatiladigan kiyim-kechak nomlarini tavsiflash;
Tatar tilida ishlatiladigan kiyim-kechak nomlarini tavsiflash;
O`zbek xalqining milliy kiyimlari tasvirini ifodalash;
Tatar xalqining milliy liboslarini ifoda etish;
Ikki xalq o`rtasidagi kiyim-kechak nomlarini qiyosiy tahlil qilish.
Kurs ishining metodlari.- dialektikaning tarixiylik va mantiqiylik ,obyektivlik va qiyosiy tahlil,konkretlik va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.
Kurs ishining tarkibiy qismi. Kurs ishi kirish,ikki bob , beshta paragraf ,xulosa,foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |