§ 2. Kapital qo'yilmalarning tarkibi. Kapital qo'yilmalarning manbalari. lining hajmini va iqtisodiy samaradorligini aniqlash usullari Yangi qurilish ob'ektlari uchun, mavjudlarini rekonstmktsiya qilish va kengaytirish uchun
mehnat va moddiy-texnika resurslari sarf bo'ladi. Pul shaklidagi bu xarajatlar kapital qo'yilmlarni
tashkil etadi.
Kapital qo'yilmalar - iqtisodiyotni barcha tarmoqlarida asosiy fondlarni yangitdan yaratish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish va kengaytirish uchun yo'naltiriladigan xarajatlar yig'indisidir. Kapital qo'yilmalarining hajmi har bir ob'ekt bo'yicha loyihalar va smetalar asosida
belgilanadi.
Barcha xarajatlarning yig'indisi yoki
kapital qo'yilmalarining hajmi ularning foydalanish yo'nalishlariga qarab quyidagi tarkibda tashkil topadi. 1. Texnologik tarkib 2. Takror ishlab chiqarish tarkibi 3. Tarmoq va hudud tarkib. Texnologik tarkibda xarajatlar maqsadli ravishda guruhlanadi: ) Qurilish montaj ishlarini (QMI)
qiymati. U o'z ichiga quruvchilarni ish haqini, foydalanadigan material va konstruktsiyalarni
qiymatini, qurilish texnikasining amortizatsiyasini va boshqa xarajatlarni o'z ichiga oladi; )
Uskunalar qiymatini: qurilish ob'ekti uchun texnologik, energetik, va uskunalar qiymati; ) boshqa
xarajatlar: loyiha - qidiruv ishlari, qurilish ob'eklari uchun kadrlar tayyorlash va boshqarish.
Kapital qo'yilmalarining umumiy hajmida bu xarajatlarning nisbati texnologik tarkibni yoki
ularning ichki tuzilishini tashkil qiladi.
Kapital qo'yilmalarning texnologik tarkibi qurilishning turi va xarakteriga bog'liq bo'ladi.
Masalan, Sanoatda - xarajatlarining ko'pchilik qismi anti qurilish uchun uskunalar, instrument va
inventarlar sotib olishga ketadi. Uy joy kommunal xo'jaligi sohasida - xarajatlarning aksariyat qismi
qurilish- montaj ishlarini egallaydi.
Takror ishlab chiqarish tarkibi kapital qo'yilmalami asosiy fondlaming turlari bo'yicha takror
ishlab chiqarishga yo'naltirilishi ifodalanadi. Unda