Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida qurilish ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida
ayrim qurilish vazirliklari tugatildi. Masalan, O'zsanoatfuqaroqurilish, O'zqishloqxo'jalik qurilishi,
O'zkolxoz qurilishi, O'zsuvqurilishidavlat kontsemi va hokazolar tugatildi. Mulkchilikning turli
shakllariga o'tkazilgan
ixtisoslashgan davlat kontsernlari, kompaniyalar, davlat-aktsiyadorlik birlashmalari, uyushmalar tashkil etildi. Ulaming eng yiriklari: «O'zsanoatxo'jalikqurilish»
koфoratsiyasi, «O'zmontajmaxsusqurilisb) uyushmasi, «O'zdexqonchilikquriUsb), «O'zjamoa-
xujalikqurilish» davlat-shirkat birlashmalari, «Toshkent-uyjoyinvestqurilish» korporatsiyasi va
boshqalar. Suv xo'jaligi va meliorativ ishlami «O'zsuv-qurilish» davlat kontsemi olib boradi.
«O'ztransqurilish», «O'zavtoyo'l» kontsemi. Energetika va elektrlashtirish vazirligi ham qurilish
ishlarini bajaradi. Bu tashkilotlar Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega
bo'lgan katta qurilishlami olib bormoqda.
Masalan,«0'zsanoatxo'jalikqurilish» davlat korporatsiyasi respublikada sanoat qurilishi, uy-
joy va boshqa ijtimoiy maqsadlardagi ob'ektlami qurish bilan shug'uUanadi. Qurilish tashkilotlari,
qurilish industriyasi korxonalari, transport, loyiha-konstruktorlik va boshqa tashkilotlami ixtiyoriy
asoslarda birlashtiradi.
Qurilish industriyasi negizini
davlat, aktsiyadorlik, shirkat, xususiy, qo'shma va
boshqa pudrat qurilish-montaj tashkilotlari, shuningdek o'z moddiy- texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali
ishchi va mutaxassis kadrlarga ega bo'lgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xo'jaliklar
tashkil etadi. O'zbekistonda ko'plab qurilish- montaj trestlari, qurilish sanoati korxonalari, quyi pudrat
tashkilotlari, kichik korxonalar, loyiha, ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot
institutlari faoliyat ko'rsatadi. Qurilish- montaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan
qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.
Qurilish tashkilotlari - bu ixtisoslashtirilgan koфoratsiya, kompaniya, birlashma, trestlar va
boshqarmalarga uyushgan.
Qurilish moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sanoati
tashkil etadi. Respublikada qurilish materiallarini ishlab chiqarish, ulaming tur xilini ko'paytirish
yildan-yilga ortib bormoqda. Respublikada mahalliy xom ashy о resurslaridan beton uchun sun'iy
engil to'ldiruvchilar (keramzit, agloporit), issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarish yo'lga
qo'yilgan. Qurilishda polimer materiallar, plastmassa mahsulotlari, linoleum, polietilen quvurlar,
sintetik smolalar asosidagi lak va buyoqlar tobora ko'proq qo'Uarulmoqda.
Qurilish industriyasida yig'ma temir-beton konstruktsiyalari va detallaridan ko'proq
foydalanilmoqda. Bino va inshootlarning yirik qismlarini, uy poydevorlari, devor panellari,
zinapoyalar va boshqalarni zavod usulida tayyorlaydigan yangi tarmoqlar pay do bo'ldi. Binolaming
zilzilabardoshligi ta'minlangan. Qishloq joylarida loyihalash-qurilish tamoyillari o'zgardi. Imoratlarni
tiklashda engil konstruktsiyalar ko'proq qo'llanilmoqda, xo'jaliklar qo'rg'onlarini qurishda uy-joylar
bilan bir paytda madaniy- maishiy muassasalar, ishlab chiqarish binolari kompleks foydalanishga
topshirilayapti.
O'zbekistonda qudratli iqtisodiy salohiyatni Ьафо etishdagi muvaffaqiyatlar bevosita qurilish
bilan bog'liq.
Respublika mustaqillikka erishganidan keyin kapital qurilishi yangi dastur asosida davom
ettirildi. Respublika iqtisodiyoti uchun muhim bo'lgan avtomobil, oltin qazib olish, neft va boshqa
sanoat tarmoqlarida yangi korxonalami qurish boshlandi. Barcha viloyatlarda sanoat korxonalari, uy-
joy lar, madaniy- maishiy binolar, bozor va savdo rastalari, hammom, choyxona, kasalxona, mahalla
markazlari, masjidlar qurildi, o'nlab me'moriy komplekslar, tarixiy yodgorliklar, madrasalar,
masjidlar ta'mirlandi. Toshkentda «Turkiston» saroyi, Milliy bank binosi, «Navro'z» restorani,
72
Amir Temur, Mirzo Ulug'bek haykallari va xiyobonlari, Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog',
Andijonda Bobur bog'i va muzeyi, Farg'onada «Ramziy darvoza» barpo etildi, Samarqand
viloyatining Urgut shahrida keng ko'lamda qurilish ishlari olib borildi; Olmaliq kon- metallurgiya
kombinati, Toshkent traktor zavodi, Parkent «Quyosh» majmuasi (Toshkent viloyati), Toshkent
«Zenit» zavodi, Angren rezina-texnika buyumlari zavodi, respublika banklari asostsiatsiyasining
binosi, Asaka avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Uchqo'rg'on - Namangan SUV
quvuri, §azalkent oyna zavodi va boshqa ko'ngina ob'ektlar qurildi.
Qurilish sohasida