O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


«Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

«Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor 
iqtisodiyotiga ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuchli de mokratik huquqiy davlatni va 
fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir» 
degan edi (179 bet).
Respublikada bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish 
ularni har biri uchun konkret 
maqsadlami, ularga erishish vositalarini belgilab olishni taqozo etadi.
Birinchi bosqich 
butunlay yangi iqtisodiy tizimning huquqiy negizlarini yaratishga, 
davlatchilikni shakllantirish va mustahkamlashga, eskicha fikrlash tarzlarini ongimizdan chiqarib 
tashlashga qaratilgan edi. Bu bosqichda yangi tuzum uchun ishonchli poydevor yaratish vazifasi 
qo'yildi. 
Birinchi bosqichda:
1.
O'tish jarayonini huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy- huquqiy bazasini 
mustahkamlash va rivojlantirish; 
2.
Qishloq xo'jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish, mahalliy sanoat
savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, 
shuningdek, 
engil sanoat, qurilish va transport sohasidagi ayrim korxonalarni aktsiyadorlik 
asosida qayta qurish 
hisobiga ko'p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish. Xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish; 
3.
Moliyaviy ahvolni 
barqarorlashtirish moliya va soliq siyosati; kredit-pul siyosati, narx- navo 
bo'yicha va pulning qadrsizlanishiga qarshi siyosat va hokazo ishlar amalga oshirildi. 
Respublikada jamiyatni isloh qilishning 
ikkinchi bosqichining 
vazifalari 
quyidagilar deb 
belgilandi:
1.
Davlat mulklarini xususiylashtirish sohasidagi boshlangan ishni oxiriga etkazish; 
2.
Ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, 
korxonalar, tarmoqlarning ham umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish; 
3.
Milliy valyuta - so'mni yanada mustahkamlash uning konvertatsiyasiga, qat'iy valyutalarga 
erkin sur'atda almashtirilishiga butun choralar bilan erishish. Bu vazifa 2003 yil 15 oktyabrdan boshlab 
hal qilindi. 
4.
Iqtisodiyot tarkibini tubdan o'zgartirish, xom ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab 
chiqarishga o'tish, uning sifatini va raqobatga bardoshligini jaxon bozori talablari darajasiga etkazish 
va hokazo. 
10



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin