O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Milliy iqtisodiyotning boshqaruv vazifalari umumiy tarzda quyidagicha belgilangan



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Milliy iqtisodiyotning boshqaruv vazifalari umumiy tarzda quyidagicha belgilangan:
1.
Bozor iqtisodiyotining xuquqiy asoslarini va ijtimoiy muhitni yaratib berish.
2.
Mulk daxlsizligini ta'minlash. 
3.
Raqobat halolligini saqlash va uni himoya qilish.
4.
Daromad va milliy boyliklarni taqsimlash va qayta taqsimlash. 
5.
Milliy mahsulot tarkibini yaxshilash maqsadida resurslar taqsimotini tartibga solish, ustuvor 
yo'nalishlami belgilash. 
6.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ish bilan ta'minlash, inflyatsiya jarayonlarini nazorat qilish, 
iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; 
7.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida o'tish davrining xususiyatlarini hisobga olgan holda tegishli 
chora-tadbirlar, xususan aholining ma'lum bir tabaqalarini ijtimoiy himoyalashni ta'minlash. 
8.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bosqichlarining uzviyligini ta'minlash. 
9.
Respublika aholisining tarkibiy o'sish sur'atlari va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda 
yangi ish joylarini tashkil etish, aholini ish bilan ta'minlash, mehnat birjalari va mehnat bozorlarini 
tashkil etish. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish.
10.
Iste'mol bozorining himoyasini tashkil etish.
11.
Milliy pul birligi kursining qat'iyligini ta'minlash va hokazolar.
Bozor iqtisodiyotiga og'ishmay borishni ta'minlash uchun birinchi navbatda ana shu qayd 
etilgan ishlami amalga oshirish lozim bo'ladi. Shu bilan birga mahalliy xususiyatlami hisobga olish, 
oldingi markazlashgan davlat boshqaruv tizimining ham maqsadga muvofiq jihatlarini saqlab qolish 
kerak.
O'zbekiston Respublikasi ma'muriy jixatdan o'n ikkita viloyat va Qoraqolpog'iston 
Respublikasini o'z ichiga oladi. Ma'lumki, viloyatlar yana tumanlarga bo'linadi. Ushbu mintaqalarning 
boshqaruv organlari va ulaming xuquqiy, mulk chegaralariga o'zgartirishlar kiritildi. Mahalliy 
ahamiyatga molik bo'lgan qonunlar va farmonlar qabul qilish xalq tomonidan saylangan tuman, viloyat 
deputatlari, ulaming kengashlari zimmasiga yuklatilgan. Mahalliy darajada Oliy boshqaruv va ijrochi 
organ - 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin