O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


§ 1. Milliy iqtisodiyotning faoliyatini ta'minlovchi omillar



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1


§ 1. Milliy iqtisodiyotning faoliyatini ta'minlovchi omillar.
§ 2. Iqtisodiyotning rivojlanishini belgilaydigan makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi.
§ 1. Milliy iqtisodiyot faoliyatini ta'minlovchi omillar
Ma'lum bir davlatning iqtisodiy faoliyatini chegaralab uni jahon hamjamiyatidan ajratib olish 
mumkin emas. Shuning uchun ham milliy iqtisodiyot jahon iqtisodiy tizimini bir bo'lagi sifatida 
qaralishi lozim. Demak, milliy iqtisodiyotning xususiyatlari na faqat ichki, balki tashqi omillarga ham 
bog'liqdir. Shundan kelib chiqqan holda milliy iqtisodiyotga ta'sir etadigan omillar ikki guruhga 
bo'linadi: Tashqi va ichki. Ular bir-birlari bilan chambarchas bog'liqdir.
Tashqi omillarni quyidagi guruhlargabo'lish mumkin:
1.
Iqtisodiy 
2.
Siyosiy 
3.
Demografik 
4.
Madaniy 

Jahon hamjamiyatini iqtisodiy omillariga eng avvalo u yoki bu davlatning milliy iqtisodiyotini 
ixtisoslik - yo'nalishini belgilaydigan xalqaro mehnat taqsimoti kiradi. 

Siyosiy omillar har xil shakllarda namoyon bo'lishi mumkin. Masalan u yoki bu mahsulot etkazib 
berish yoki xizmat ko'rsatishni taqiqlab qo'yish; embargo e'lon qilish, u yoki bu savdo-siyosiy 
uyushmalariga qabul qilish yoki qilmaslik; diplomatik munosobatlarni o'matilishi yoki buzilishi; u 
yoki bu harbiy-siyosiy tashkilotlarga kirish, u yoki bu davlat bilan borayotgan urush holati va 
hokazo. 

Jahon hamjamiyatida namoyon bo'ladigan demografik omillar eng avvalo ishsizlikni keltirib 
chiqarishi mumkin bo'lgan ishchi kuchlarining migratsiyasini (bir joydan ikkinchi joyga ko'chishi) 
bilan bog'liqdir. Bunday holat qaysi davlat uchun yaxshi ko'rsatkich bo'lishi mumkin, va uning 
aksi-qaysidir davlat uchun yomon ko'rsatkich bo'lishi mumkin. 

Milliy iqtisodiyotga madaniy omillar ham kuchli ta'sir o'tkazishi mumkin. Masalan: 
umummadaniyati kuchli bo'lgan davlatlarni boshqa davlat madaniyatiga ta'siri (bosqinchiligi-
ekspansiya) tufayli uning iqtisodini pasayishiga (foyda keltirib turgan madaniyat va san'at 
tarmoqlari daromadlarini pasayib ketishi tufayli) olib keladi. 
Milliy iqtisodiyotga ta'sir qiluvchi ichki omillar:

Shaxsiy- insoniy omillar 

Moddiy-ashyoviy omil 

Milliy iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari 

Mamlakat miqyosida iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish imkoniyatini beradigan usullar (metodlar) 
kiradi. 
- Shaxsiy- insoniy omil- bu mehnat qilish qobiliyatidan iborat bo'lmish ishchi kuchi va uning faoliyat 
qilishidir. Shaxsiy insoniy omil mehnatga layoqatli aholi, uning jismoniy va aqliy qobiliyati, bilim va 
saviyasi, malaka va mahoratidir. 2003 yilda O'zbekistonda mazkur aholi 12 000 mln. kishini tashkil 
qilgan.
- Moddiy ashyoviy omil-bu ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan barcha moddiy shakldagi 
vositalardir. Uning tarkibiga tabiiy boyliklar, ulardan olingan xom ashyolar, mashina-mexanizm, 
asbob-uskuna, qurilmagan inshootlar kiradi. Ular ishlab chiqarish vositalari, deb ham yuritiladi. 
Ulaming ma'lum narxda hisoblanib, pulga chaqilgan shakli, ya'ni qiymat-pul shakli MDH 
mamlakatlarida ishlab chiqarish fondlari nomini olgan. Moddiy omillar tarkiban uch qismdan iborat:
14


Moddiy-ashyoviy omil bilan shaxsiy- insoniy omil birikib mehnat jarayoni, ya'ni ishlab chiqarish 
yuzaga keladi. Buning natijasida turU-tuman mahsulotlar va xizmatlar yaratiladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin