Reja: I. Kirish >II. Asosiy qism



Yüklə 17,27 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü17,27 Kb.
#130848
Elektr o\'lchash vositalarini ekspluatatsiya qilish talablari


Elektr o‘lchash vositalarini ekspluatatsiya qilish talablari

Reja:
I. Kirish


II. Asosiy qism


2.1. Elektr o‘lchash vositalarini va ularning turlari


2.2. Voltmetrva uning ishlash prinsipi


2.3. Voltmetrni qiyoslash va kalibrlashdan o’tkazish


III. Xulosa.


IV. Ilova.


V. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish

Moddiy dunyoni bilish usullaridan biri – o‘lchashdir. «Har qanday fan o‘lchashdan boshlanadi», – degan edi buyuk rus olimi D.I.Mendeleyev. Bizga ma’lum bo‘lgan tabiiy fanlardagi barcha qonunlar zamirida o‘lchash yotadi.


Elektrik va noelektrik kattaliklarni elektrik usul bilan o‘lchashlar katta ahamiyatga ega. Elektr o‘lchash usullari boshqa o‘lchash turlaridan soddaligi, ishonchliligi, aniqligi, sezgirligi, qayta o‘zgartirish va uzoq masofaga uzatish imkoni bilan ajralib turadi.
Elektr o‘lchashlar yer qatlamining namligi, sho‘rlanishi, zichligini aniqlashda,
shuningdek, yer osti ruda konlarini samolyotdan turib magnit usullar bilan razvedka
qilishda qo‘llaniladi. Hattoki sayyoralar va yulduzlar sirtidagi harorat ham fotoelementlar yordamida elektrik usul bilan aniqlanadi.
Murakkab ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish ko‘p jihatdan elektr
o‘lchashlarga tayanadi, chunki ular o‘lchash qurilmasi bilan bevosita ishlab chiqarish obyektlariga avtomatik ravishda ta’sir etish, o‘lchangan kattaliklar ustida hisoblash operatsiyalarini avtomatik bajarish imkonini beradi.
Ishlab chiqarishning barcha sohalarida mexanizatsiyalashtirish, elektrlashtirish va avtomatlashtirishni yuqori darajaga ko‘tarish uchun hozirgi zamon talablariga javob beradigan sodda, puxta, mukammal, arzon, yuqorianiqlik va sezgirlikka ega, har qanday sharoitda o‘z ish qobiliyatini saqlab turadigan o‘lchov asboblarini loyihalashtirish, ishlab chiqarish va ularni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish zarur. Shu bilan birga, ishlab chiqarishni jadallashtirish, mahsulotlarni ko‘paytirish va sifatini oshirish uchun davlat tizimiga tegishli metrologik birlik va metrologik ta’minot tizimini qonun talablari darajasida ishlab chiqish zarur.

Elektr texnikasi va elektr o‘lchash texnikasi, sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash tizimlari, tezkor electron hisoblash mashinalari, axborot texnologiyalari, avtomatik boshqaruv va nazorat tizimlarining mislsiz murakkablanishi va rivojlanishi


natijasida ularning elektr zanjirlarini tahlil qilish uchun umumlashtirilgan uslublarni ishlab chiqish zaruriati tug‘ilmoqda. Ular vositasida shu murakkab tizimlaming alohida qismlari bo‘lgan va ma’lum vazifani bajaruvchi elektr zanjirlarining bir qancha elementlari

o’zlarining umumlashtirilgan parametrlari orqali qaraladi. Zanjirning bunday elementlari kompleksi tarkibiga, masalan, simli aloqa tizimlaridagi, radio-, teleuzatishlardagi, elektr o’lchashlar, avtomatik boshqarish va nazoratidagi signallar generatorlari, kuchaytirgichlari, energiya manbalari, kompyuter texnolgiyalaridagi mantiqiy vazifalami bajaruvchi bloklari, diskret raqamli o'zgartkichlari va h.k. kirishi mumkin.


Murakkab tizimlarni tahlil qilishning umumlashtirilgan usullari tizimning bir qismi bo’lgan ushbu alohida komplekslaming o‘zaro ta’sirini tadqiqot qilish imkonini beradi. Bunday umumlashtirilgan uslublarni qurishning boshlang‘ich asoslari sifatida, nisbatan
murakkab bo'lmagan elektr zanjirlarini hisoblashda qo‘llanilgan, elektrotexnika nazariy asoslarining fizik qonuniyatlari ishlatiladi.

1.Elektr o‘lchash vositalarini va ularning turlari


Elektr o’lchash vositalari – deganda elektr, magnit, noelektrik kattaliklarni,


elektr zanjir parametrlarini o’lchashda qo’llaniladigan qurulmalar majmuasiga
aytiladi.
Elektr o’lchash vositalari ularni bajaradigan funksiyasiga qarab quyidagi
guruhlarga bo’linadi: o’lchovlar, etalonlar, o’lchash o’zgartkichlari, o’lchash
asboblari, o’lchash qurilmalari va informatsion – o’lchash tizimlari.

Elektr o’lchash asboblari ishlash prinsipiga ko’ra turlari


Ishlash prinsipiga ko’ra elekrt o’lchash asboblari quyidagi turlarga bo’linadi:


Magnitoelektrik
Elektromagnit
Elaktrodinamik
Elektrostatik
Ferrodinamik
Induksion
Elektron
Elekrt o’lchash asboblari ma’lumotlarni ko’rsatishiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
Analogli
Raqamli
Qayd qiluvchi
O’zi yozuvchi
Bosmalovchi
Integrallovchi
Jamlovchi
Barcha elektr o‘lchov asboblarining umumiy texnik talablarga javob berishi

ГОСТ 22261-82 bilan me’yorlangan. Elektr o‘lchov asboblariga qo‘yiladigan shartli belgilar ГОСТ 23217-78 bilan aniqlangan.


Elektromexanik analog asboblarining umumiy qismlariga korpus, qo‘zg‘almas
va qo‘zg‘aluvchan qismlar, teskari ta’sir etuvchi moment hosil qiluvchi qurilma,

tinchlantirgich, qayd etuvchi qurilma va boshqalar kiradi.


Asbobning korpusi uning barcha qismlarini mahkamlash va tashqi ta’sirdan saqlash uchun xizmat qiladi. Korpus metall yoki plastmassadan har xil shaklda yasaladi.
Qo‘zg‘almas qism ko‘pgina asboblarda magnit o‘zakka o‘ralgan yoki o‘zaksiz
g‘altakdan iborat bo‘ladi. Ayrim asboblarda qo‘zg‘almas qism doimiy magnit yoki elektr o‘tkazuvchi plastinka ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Asboblarning qo‘zg‘aluvchan qismi doimiy magnit, g‘altak, elektr o‘tkazuvchi
disk, elektromagnit ekran (qisqa tutashtirilgan bir o‘ramli g‘altak) yoki ferromagnit
o‘zak ko‘rinishida bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchan qism o‘z o‘qi atrofida burilishi uchun u
tayanch, tortqi yoki osmalarga o‘rnatiladi.
Тeskari ta’sir etuvchi moment hosil qilish uchun spiral yoki lentasimon
prujinalardan foydalaniladi. Тinchlantirgich asbob zanjirga ulanganda yoki o‘lchanayotgan kattalikning qiymati o‘zgarganda, qo‘zg‘aluvchan qismni tezroq tinchlantirish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik asboblarda havoli, magnitoinduksiyali va suyuqlikli tinchlantirgichlar ishlatiladi.

2.Voltmetr va uning ishlash prinsipi


Voltmetr — elektr zanjiridagi kuchlanishni oʻlchaydigan asbob. Kuchlanishni volt yoki millivoltlarda koʻrsatadi. Asbob shkalasi voltlarda, millivoltlar va mikrovoltlarda koʻrsatadigan darajalarga boʻlingan. Shuning uchun voltmetrning bir yoki koʻp diapazonli ampermetr, ommetr va baʼzi boshqa kattaliklarni oʻlchashga moslashtirilgan qurilmalar bilan birga yasalgan universal va raqamli xillari bor. Ular magnitoelektrik, elektromagnit, issiqlik, elektrostatik, elektrodinamik, lampali, yarimoʻtkazgichli va mikrosxemali boʻladi. Oʻzgaruvchan tok elektron voltmetrlari diodli toʻgʻrilagichlar, kuchaytirgich va oʻlchash mexanizmidan tashkil topgan. Oʻzgaruvchan tok voltmetrlarining asosiy qismlari: toʻgʻrilagich , oʻzgaruvchan tok kuchaytirgichi , oʻzgarmas tok kuchaytirgichi va oʻlchash mexanizmi dan iborat. Oʻlchash mexanizmlari koʻpchilik hollarda raqamli qilib yasaladi.
Toʻgʻrilagichlarda yuqori chastotali diodlardan foydalanilganda elektron voltmetrlar 20—30 Gs dan 100—300 MGs gacha chegarada aniq ishlaydi. Oʻzgarmas tok elektron voltmetrining asosiy qismini modulyator , kuchaytirgich , toʻgʻrilagich ( hamda oʻlchash mexanizmi tashkil etadi. Universal elektron voltmetrlar ham shunday tuzilgan. Yuqorida koʻrsatilgan sxemalarda asosan zamonaviy yarimoʻtkazgichli elementlar (diodlar, tranzistorlar va turli integral mikrosxemalar) ishlatiladi. Raqamli voltmetrlarning turli xillari, masalan, F 219, F229, V7-38 rusumlilari kundalik turmushda va ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Elektron va analogli elektron voltmetrlar


Elektron voltmetrlar o’zgarmas va o’zgaruvchan kuchlanishlar qiymatinio’lchash uchun ishlatiladi.
Voltmetrlar kuchlanish qiymatini 2 xil ifodalash mumkin:
1. Analogli-bunda magnitoelektrik va elektromagnit qurilmalarning strelkasi orqali kuchlanish qiymatni ko’rsatadi.
2. Raqamli-kuchlanish qiymatini tablo orqali raqamlarda ifodalaydi.
Elektron voltmetrlar o’zgaruvchan tokli, o’zgarmas tokli va universal bo’ladi. Universal voltmetrlar o’zgaruvchan, o’zgarmas tok kuchlanishlarini va zanjir qarshiligini o’lchaydi.

Analogli elektron voltmetrlar. O’zgarmas tok kuchlanish voltmetrining blok sxemasi rasmda ifodalangan. Unga kuchlanishni bo’luvchi qurilma orqali voltmetrning o’lchash chegarasi o’rnatiladi. O’zgarmas tok kuchaytirgich orqali kuchaytirilgan kuchlanish analogli indikatorga uzatiladi. Kuchlanishni bo’luvchi qurilmaning dastagi elektron voltmetrning old qismiga joylashtirilgan bo’lib, u kirishiga berilayotgan kuchlanishning qiymatini boshqaradi, shu yo’l bilan elektron voltmetrning o’lchash chegarasini orttirish yoki kamaytirish mumkin sezilmaydi.


O’zgaruvchan tok kuchlanish voltmetri.
Rasmdagi voltmetrning ishlash printsipi o’zgaruvchan kuchlanishni o’zgarmas tok kuchlanishiga aylantirish yo’li bilan amalga oshiriladi. 8.5.arasmda kirishga berilgan o’zgaruvchan kuchlanish to’grilagich (Detektor) orqali o’zgarmasga aylantirilib, so’ng o’zgarmas tok kuchaytirgichi orqali kuchaytirilib, analogli indikatorga uzatiladi. 8.5.b–rasmdagi sxemada esa kirishga berilgan o’zgaruvchan tok kuchlanish kirish qurilmasi orqali keng chastotali kuchaytirgichga uzatiladi. Kirish qurilmasi birinchidan, kuchlanishni bo’luvchi qurilmalardan tashkil topgan bo’lib, dastagi orqali voltmetrning
o’lchash chegarasini orttiradi.

Ikkinchidan, o’lchanayotgan kuchlanish manbaining katta qarshiligi bilan kuchlanish bo’luvchining kichik qarshiligini moslash uchun qo’llaniladi. Keng chastotali kuchaytirgichda kuchaytirilgan o’zgaruvchan kuchlanish Detektorga(to’grilagichga) uzatilib, so’ng analogli indikator qurilma orqali uning qiymati ko’rsatiladi.


O’zgaruvchan kuchlanish voltmetrining asosiy elementi–Detektor bo’lib u texnik kattaliklarni belgilaydi. Detektor–to’grilagich va filtrlardan tashkil topgandir. To’grilagichda yuqori chastotali diodlar ishlatilib, G va P sxema ko’rinishidagi filtrlar ishlatiladi. Keng chastotali kuchaytirgichlarda esa kaskadlar bir-biri bilan galvanik bog`langan ko’p kaskadli tranzistorli kuchaytirgichlar ishlatiladi. Kuchlanishni bo’luvchi element vazifasida resistor bo’lgichlar ishlatiladi


Impulsli kuchlanish voltmetrlar. Ular video va radio impulslarni hamda sinusoidal kuchlanishlarning amplitudalarini o’lchsh uchun ishlatiladi sanoatda V4–12, V4 – 14, V4–17, V4–20 markali voltmetirlar ishlab chiqariladi.


Faza sezgir voltmetrlar. Ular kompleks qiymatlardagi kuchlanishning birinchi garmonikasini, kvadrat tashkil etuvchisini o’lchash uchun xizmat qiladi. Voltmetr ikkita indikator bilan taminlangan. Ulardan biri kompleks kuchlanishning aktiv va ikkinchisi reaktiv tashkil etuvchilarini o’lchaydilar. Faza sezgir voltmetrlar 4 qutbli zanjirlarning amplituda−faza xarakteristikasini tekshirish uchun ishlatiladi, masalan: kuchaytirgichlarni amplituda faza xarakteristikalarini o’lchaydi. Bu voltmetrlarning chastota ish oraligi 0,5 Gts –100 kGts gacha bo’ladi, sezgirligi esa 0,1–1 mV oraligida bo’lib, xatoligi 2,5–4% oraligida yotadi.

ASOSIY ADABIYOTLAR


1. Karimov I.A. «Mirovoy finansovo-ekonomicheskiy krizis, puti i meri po ego preodoleniyu v usloviyax Uzbekistana», T.: Uzbekistan, 2009.


2. Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qollash va sinash qoidalari., «Ozdavenergonazorat» elektr energetikada nazorat boyicha davlat agentligi., Toshkent sh., "Mehnat", 2002.
3. Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari., «O‘zbekenergo» DAK, Toshkent sh, "Mehnat" 2002.
4. Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari., «Ozdavenergonazorat» elektr energetikada nazorat boyicha davlat agentligi., Toshkent sh., "Mehnat", 2002.
5. Energetika ob’ektlarida elektr ta’mirlash ishlarini olib borishda xavfsizlik texnikasi qoidalari., «Ozbekenergo» DAK., Toshkent sh., "Mehnat", 2002.
6. Okazanie pervoy meditsinskoy, pervoy reanimatsionnoy pomoshi na meste proisshestviya i v ochagax chrezvichaynix situatsiy, I.F.Bogoyavlenskiy, 3-e izd., pererab. i dop. – SPb.: «OAO Medius», 2005.
7. Opasnost porajeniya cheloveka elektricheskim tokom i poryadok okazaniya pervoy pomoshi pri neschastnix sluchayax na proizvodstve: Prakticheskoe rukovodstvo, V.D.Mankov, S.F.Zagranichniy. 9-e izd., ispr. i dop. SPb.: NOU DPO «UMITS» ElektroServis», 2008.
8. Qodirov T.M., Karimov X.G., Saidxodjaev A.G., Gayibov T.SH., Siddikov I.X., Usmanov E.G., «Pravila ustroystv elektricheskix ustanovok», g. Tashkent,
Yüklə 17,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin