§ 2. Iqtisodiyotning rivojlanishini belgilaydigan makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi
Milliy iqtisodiyot faoliyati xar xil makroiqtisodiy ko'rsatkichlar bilan ifodalanadi. Qanchalik
mahsulot ko'p
ishlab chiqarilsa, shunchalik mamlakat boy bo'ladi, iqtisodiyot samarali faoliyat
ko'rsatadi va hokazo. Ishlab chiqanlayotgan mahsulot xilma- xildir. Uning
soni va xillari millionlar
bilan o'lchanadi va xilma xil o'lchov birliklan bilan ifodalanadi (dona, metr, tonna, kilovatsoat va
hokazo ) ularni bir biri bilan taqqoslab yoki qo'shib bo'lmaydi. Shuning
uchun ulaming hammasini
yagona asosga keltiradigan, yagona o'lchov birligi zarur bo'ladi. Anna shunday ko'rsatkich bo'lib
amaliyotda qiymat ko'rsatkichlari qo'llaniladi (so'm, dollar, evro, rubl, funt sterling va hokazo).
Makroiqtisodiyotda quyidagi ko'rsatkichlar yordamida iqtisodiyotning
rivojlanishi yoki
pasayishi, uning yutuq va kamchiliklari aniqlanadi, o'lchanadi;
•
Yalpi milliy mahsulot (YaMM)
•
Yalpi ichki mahsulot (YalM)
•
Inflyatsiya, uning o'sish surati
•
Davlatbyudjeti taqchilligi
•
Deflyator- inflyatsiyaning haqiqiy darajasini ifodalovchi
YalMning amaldagi baholarda
ко’rsatkich =
-------------------------------------------------------------
----------------------------------------
YalM solishtirma baholarda
•
Iste'mol baholar indeksi
•
Ishsizlik darajasi va ishsizlik soni, aholining ish bilan bandliligi darajasi
•
Aholini moddiy ne'matlar va xizmatlar iste'moli hajmi, uning jamg'armalari, ish haqining
quyi miqdori va qator boshqalar.
Ishlab chiqarishning natijalarini ifodalaydigan makroiqtisodiy ko'rsatkich
bu YaLPI MILLIY
MAHSULOT (YaMM) hisoblanadi
Dostları ilə paylaş: