Xususiy moliyalashtirish printsipiga asosan, shaxsiy amaliyotchi vrachlar, nodavlat davolash
profilaktika tashkilotlari, homiladorlarga va tug'adigan ayollarga tibbiy yordam ko'rsatuvchi ayrim
xususiylashtirilgan muassasalar ish yuritadi. Sug'urta kompaniyalarining maqsadli pul o'tkazmasi,
yuridik va jismoniy shaxslaming xizmat xaqini to'lashi tibbiy xizmat ko'rsatuvchi nodavlat
muassasalarining moliyaviy ta'minot manbai hisoblanadi.
Respublikada 2003 yilda sog'liqni saqlash manbalari bo'lib davlat byudjeti mablag'lari -
95,4%, Homiylami mablag'lari - 1,9% pulli xizmatlardan tushumlar - 2,7%)ni tashkil qilgan.
*
Sog'liqni saqlash ishini takomillashtirish va «detsentralizatsiya» yo'li bilan boshqarishni tashkil
etish; Boshqarish va taqsimlash funktsiyalarini pastki-quyi bo'g'inga zvenoga berish; Tibbiyot vazirligi
boshqarishning oliy organi sifatida sog'liqni saqlashning strategik masalalarini hal qilish bilan
shug'ullanishi lozim bo'ladi.
*
Respublikada sog'liqni saqlashni islox qilishning muxim muammolaridan bo'lib bu majburiy
tibbiy sug'urtalashga o'tish masalasidir. Ma'lumki ko'pchilik rivojlangan davlatlarda tibbiy sug'urtalash
o'z samarasini ko'rsatgan. O'zbekistonda bu masalani hal qilishda shoshma-shosharlikka yo'l
qo'ymasdan axolini iqtisodiy, demografik, tarixan vujudga kelgan urf-odatlarni e'tiborga olish lozim.
Tibbiy sug'urtalash mexanizmini amalda qo'llashni ta'minlash maqsadida Davlat fondi tashkil
etiladi. Shuningdek, ixtiyoriy tibbiy sug'urtalash bilan shug'ullanuvchi xususiy fondlar shakllantiriladi,
davlat nazorati ostida faoliyat yuritayotgan boshqa sug'urta tashkilotlariga tibbiy sug'urtalash bilan
shug'ullanishga ruxsat beriladi.
*
Sog'liqni saqlash sohasida nodavlat tashkilotlarning shaklanishi va rivojlanishini qo'llab-quvvatlash maqsadida davlatimiz yangi tashkil topgan xususiy tibbiy muassasalarni ikki