Tadbirkorlik bilan millionlab kishilar band bo'lganidan uni hech qachon bir
markazdan boshqarib bo'lmaydi. Shunisi muhimki
tadbirkorlikni iqtisodiy mexanizm tartibga soladi.
Uning muhim xususiyati o'zini-o'zi boshqarish va munitsipial-mahalliy hokimiyat doirasida boshqarishdir. Bunday boshqarish usullari
iqtisodiy federalizm deb yuritiladi. Iqtisodiy federalizm
sharoitida xalqaro, milliy yoki hududiy miqyosda tadbirkorlikning u yoki bu ko'rinishi ustivor
rivojlanadi.
Ochiq iqtisodiy zonalarda xorijiy tadbirkorlik va qo'shma-aralash tadbirkorlik, ichki
hududlarda, va
yirik sanoat markazlarida milliy sanoat tadbirkorligi,
qishloq erlarida agrotadbirkorlik, dam olish va turizm hududlarida servis tadbirkorligi (xizmat ko'rsatish) rivoj
topadi. Tadbirkorlikning mulkiy shakllari ham har xil salmoqqa ega bo'ladi. Sanoat-savdo
markazlarida yirik biznes, davlat tadbirkorligi keng rivojlanadi. Mayda shaharlarda
kichik biznes, qishloq ferme r xo'jaliklari tarkaladi, mayda hududiy bo'g'inlarda
oilaviy-ividividual va mahalla, jamoa tadbirkorligiga sharoit qulay bo'ladi. Tadbirkorlik o'z-o'zidan
davlat ishtirokisiz, uning yordamisiz rivoj topmaydi. Davlat soliq, subsidiyalar, eksport imtiyozlari, o'zining axborot
xizmatlari orqali, shuningdek, o'z hisobidan
bepul umumiy ta'lim berish orqali tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlaydi. Tadbirkorlik
yuridik jihatdan kayd etiladi, uning shart-sharoiti, qonun-
qoidalari,
haq-huqini belgilovchi, davlat va jamoatchilik
tomonidan himoya qilinishi va kafolatlanishini ta'minlovchi qonunlar amal qiladi. «O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik
100