aktsiyalar (obligatsiyalar) chiqarish va uni sotish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi.
Aktsiya egalari - shirkatchilar
dividend shaklida daromad oladilar. Aktsionerlik jamiyatining ochiq va
yopiq kurinishlari bor.
Yopiq aktsionerlik jamiyati -jamiyat aktsiyalari faqat uning ta'sischilari o'rtasida tarqatiladi.
Ochiq aktsionerlik jamiyati -jamiyat aktsiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi.
Aktsionerlik jamiyati yuridik shaxs bo'lib, majburiyatlari uchun o'ziga tegishli mulk doirasida
javob beradi. Aktsionerlik jamiyatlar erkin kapitallarini markazlashtinsh shakli va shu bilan bir qatorda
aholi keng qatlamlarining jamg' armalarini safarbar qilish, ulami kapitalga aylantirish vositasi hamdir.
Bunda aktsiyalar chiqarish shirkatchilik jamiyatlarida ish haqi va mukofotni bir qismini ishchilarga
korxona aktsiyasi bilan to'lash sifatida taqsimlash amalga oshiriladi.
Aktsiya (frantsuzcha so'z bo'lib farmoyish, ruxsatnoma, faoliyat degan ma'noni bildiradi)
aktsioner jamiyat chiqargan qimmatbaho qog'ozdir (daromad keltiruvchi) Aktsiya egasining shu
jamiyat mablag'iga qo'shgan hissasini va shunga muvofiq topilgan foydaning bir qismini
dividend tariqasida olishini, uni boshqarib turishda qatnasha olishini tasdiqlaydi.
Aktsiya qimmatli qog'ozlar bozorida oldi-sotdi qilinadi. Aktsiya qiymati aktsiyada qayd etilgan
pul miqdoridir. U sotiladigan narx
aktsiya kursi deb ataladi. Aktsiyaning AJ ta'sis etilganda
sotilgan dastlabki narxi NOMINAL qiymati deyiladi.
Aktsiya kursi qiymatining nominal qiymatidan oshib ketishi-KAJ, pasayib ketishi-Dizajio deb
ataladi. Aktsiya narxining oshib borishi yoki pasayib turishiga qarab ayrim kompaniyalar axvoliga va
umuman iqtisodiy vaziyatga baho beriladi. Aktsiyalar
oddiy va