barqarorlik omili sifatida qaralmadi. Shuning uchun u
iqtisodiy jihatdan kuchli bo'lgan mulkdorlarni qatlamini vujudga keltirmadi. Rossiyada o'tkazilgan
xususiylashtirish jarayoniga baho berib taniqli olim N.Shmelov («Bessovestnaya ekonomika-
neeffektivna», gazeta «Trud» 19 iyul 1997 yil) shunday degan edi: Kishilami sotib olish qobiliyatidan
mahrum qilib davlat mulklarini, shu jumladan «Uralmash» kabi gigantlarni ham
direktorlarga tarqatib yubordi. Shunday qilib Rossiyada
millionerlar tayinlandi. Xususiylashtirish jarayonini
g'oyasi bozorga tezroq o'tish uchun
hamma narsani tezroq tarqatish bo'ldi. Amalda esa bu jarayon
ishlab chiqarishni pasayib ketishiga, moliyaviy muvozanatni -baravarlikni buzilishiga olib keldi.
Mulkchilik shaklini o'zgartirgan korxona bankrotlik yoqasiga kelib qoldi va arzimagan bahoga
qaytatdan sotib yuborildi.
Keng mulkdorlar qatlami o'rniga vaucher egalari, chek fondlari, Moliya va xolding kompaniyalar tarmoqlari vujudga keldi. Natijada aholining asosiy qismi savodsiz
bo'lganligi uchun mablag'lar bir joyga to'plandi va hokazo.
Sotsial adolat printsipini ta'minlash
qobilida Rossiyada o'tkazilgan
«Chekoviy xususiylashtirish» usuli O'zbekistonda qabul qilinmadi.
Bunga juda ko'p obektiv sabablar mavjuddir. Masalan: mamlakat boyligi ko'p avlod mehnati bilan
yaratilgan. Shuning uchun Respublika har bir aholisini real qo'shgan hissasini aniqlash qiyin; tekinga
chek tarqatish, mamlakat boyligini qadrsizlantiradi. Ma'lumki tarqatilgan cheklarni «Ucharlar»
arzimagan pulga sotib olib qo'ydilar va hokazo. Shuning uchun O'zbekistonda bu yo'l qabul qilinmadi.
O'zbekistonda eng avvalo xususiylashtirish davlat nazoratida o'tkazildi va o'tkazilayapti. Davlat
iqtisodiy islohotlar o'tkazishni asosiy printsiplarini ishlab chiqdi. Uning asosida