§ 4. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida xususiylashtirishni chuqurlashtirishning asosiy vazifalari Davlat mulkini xususiylashtirish va ijtimoiy yo'naltirilgan qo'p ukladli iqtisodiyotni
shakllantirish iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichining ustuvor vazifasidir.
Davlat mulkini dastlabki
xususiylashtirishni tugallash, chinakam
mulkdorlar qatlamini shakllantirish, ularni haqiqiy
mulk egasi qilish, davlatga qarashli bo'lmagan sektor hukmron mavqeni egallaydigan ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o'zgartirish eng muhim vazifalardir. Ayni vaqtda
xususiylashtirish jarayonini iqtisodiy islohotlarning
birdan-bir maqsadi, deb qaramaslik kerak. Xus usiylashtirish iqtisodiy islohatlar natijasi bo'lmay, uning yo'nalishlaridan biri, uni amalga oshirishning eng muhim yo'llaridandir. Xususiylashtirish natijasida kamida ikkita asosiy vazifa hal qilinishi kerak. Birinchidan, mulk o'zining haqiqiy xo'jayiniga ega bo'lishi kerak. Mulkni tejab tergab,
ishning ko'zini bilgan holda tasarruf qila oladigan mulkdorga berish zarur. Shu mulkni u ko'paytira
biladigan, texnika bilan qayta jihozlaydigan va zamon talablariga muofiq takomillashtira oladigan,
uning negizida raqobatga bardoshli mahsulot chiqarishni yo'lga ko'ya olish zarur . shuninndek, ish
bilan band bo'lmagan aholini ish o'rinlari bilan ta'minlashi, o'ziga ham, ishlovchilarga ham, davlatga
ham daromad keltiradigan ishlab chiqarishni tashkil qila olish kerak.
Xususiylashtirishni pul to'lash asosida, uni bunyod qilishga ilgari sarflangan xarajatlami
qoplash asosida o'tkazish tartibi qo'llanildi. Buning uchun xususiylashtirishning
aktsiyalash, ob'ektlarni tanlov bo'yicha va kim oshdi savdosiga qo'yib sotish kabi usullaridan keng foydalanish
zarur bo'Idi.