Haqiqiy xo'jayin tuyg'usini xis etish: Iqtisodiy munosabatlarning xususiyatini tubdan
o'zgartiradi; Ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga ma'muriy-buyruqbozlik yo'li bilan
majbur etish uchun zarurat qolmaydi. Haqiqiy ishlab chiqaruvchi erkinlikka chiqadi, yuqoridan
beriladigan buyruq bilan ishlashdan xalos bo'ladi. Ishlab chiq amvchini sifat jihatdan yangi rag'batlar va
tashabbuslar, o'z faoliyati natijalarini amalda his etish tuyg'usini harakatga keltiradi, iqtisodiy
javobgarlik ham kuchaytiriladi.
O'zini mulkdor, mulk xo'jayini,
o'z mehnatining va ishlab chiqargan mahsulotining xo'jayini deb his etish insonning yashirin kuch-g'ayratini yuzaga chiqaradi. Uning aqliy va ijodiy
imkoniyatlarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etadi, uni tashabbuskor va omilkor qiladi.
haqiqiy xo'jayin rahbarlik qilayotgan korxonaning rivojlanish istiqbollari hamisha yorqin va aniq
ravshan, ishlab chiqarish samaradorligi hammadan ko'ra yuqori, oladigan foydasi ham, xodimlarning
ish haqi ham ancha yuqori. Haqiqiy, mustaqil mulkdorlar qancha ko'p bo'lsa, barcha kishilarning o'z
mehnatlari evaziga yuqori ish haqi olishlariga imkon beradigan iqtisodiy shart-sharoitni shuncha tez
vujudga keltiradi.
Xususiylashtirish davomida hal qilinadigan
ikkinchi muhim vazifa — ko'p ukladli iqtisodiyotni va rag'batlantiruvchi raqobatchilik muhitini vujudga keltirishdan iborat. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda xususiylashtirishning ishtiroki turlichadir.
Eng avvalo, bu mulkning
davlat monopoliyasi ekanligiga barham berish va faoliyatning shunga
o'xshash turlari bilan shug'ullanuvchi yoki bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi, xizmat ko'rsatuvchi,
ammo
mulkchilikning turli shakllariga — davlat, jamoa, aktsiyadorlik, xususiy va boshqa
shakllariga