Xususiylashtirish jarayonida faqat mulkchilik shakllari o'zgaribgina qolmaydi. Shu bilan birga,
eng muhimi, yagona xalq xo'jaligi kompleksi
sharoitida tarkib topgan
tor ixtisoslashgan tarmoq
monopoliya tuzilmalariga ham barham berish imkoniyati tug'iladi.
Monopoliya qilib olingan
korxonalar o'tish davrida barcha ishlab chiqarish chiqimlarini
qoplashga va monopoliya
imkoniyatidan foydalanib, narxlami ko'tarish hisobiga yuqori ish haqi
to'lanishini ta'minlashga intiladilar. Bu esa pulning qadrsizlanishi ortib borishi sabablaridan biridir.
Shu boisdan monopoliyalashtirilgan tuzilmalarni xususiylashtirish chog'ida, ishlab chiqarishning o'zini
nisbatan ixchamlashtirish, uni yakkahokimlikdan chiqarish choralarini ko'rish zarur.
Ilgari xususiylashtirilgan korxonalardan ma'lum davr davomida
avvalgi faoliyati sohasini
saqlab qolishlari talab qilinar edi. Endi bunday cheklashlar bekor qilindi. Bu esa mulkchilik shakllarini
o'zgartirish bilan
bir vaqtda chiqarilayotgan
mahsulot tarkibini ham tubdan o'zgartirish, talab
katta bo'lgan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan mahs ulot ishlab chiqarishni
yulga qo'yish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Xus usiylashtirilgandan keyingi davrda
korxonalaming barqarorligini ta'minlash maqsadida
ularning
Dostları ilə paylaş: