Erkin iqtisodiy zona (EIZ)- bu xo'jalik faoliyatini tashkil qilishning, hamda mamlakat tashqi
iqtisodiy aloqalarining yangi shakli hisoblanadi. O'zbekiston respublikasining hududida ElZlar uchun
tashqi iqtisodiy faoliyatning alohida tartibi (bojxona, valyuta, soliq va boshqalar) o'rnatilishi mumkin
bo'lib, u erkin iqtisodiy zonalar to'g'risidagi qonun xujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
Ulami tuzishdan maqsad yoki bu davlat hududida chet el investorlarini jalb qilish ularni
faoliyat ko'rsatishlari uchun qulay sharoit yaratish yo'li bilan iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantirish
hisoblanadi.
Erkin iqtisodiy zona- aniq belgilangan ma'muriy chegaralari va alohida tartiboti bo'lgan maxsus
ajratilgan hududdir.
Erkin iqtisodiy zona- mintaqani jadal ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet
el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladi.
Erkin iqtisodiy zona hududida yuridik va jismoniy shaxslar moliyaviy va boshqa faoliyatning
istalgan turlari bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yiladi.
Dunyoning turli davlatlarida
erkin iqtisodiy zona turlicha talqin qilinadi. Masalan, Xitoy xalq
respublikasida erkin iqtisodiy zona « Erkin dengiz bo'yi shaharlari» (14 ta), «Iqtisodiy rivojlanish
rayonlari» deb atalsa, Turkiyada-«Erkin savdo zonasi», Yaponiyada- «Texnopolis», Rossiyada- «Erkin
iqtisodiy zona», «Erkin tadbirkorlik zonasi», «Erkin savdo zonasi» deb yuritiladi.
Umuman, erkin iqtisodiy zona u yoki bu davlatning ma'lum bir hududiy- xo'jalik yoki
ma'muriy- hududiy birliklariga nisbatan olib boriladigan siyosati bilan belgilanadi.
Oxirgi yillarda dunyoning ko'pchilik davlatlarida erkin iqtisodiy zona keng tarqalib borayapti.
2000 yilning boshida 4500dan ortiq xar xil ochiq iqtisodiy zonalar mavjud bo'lgan.
Markaziy va Janubiy Amerikada, Afrika kontingentining bir qismida, Janubiy-Sharqiy
Osiyoda, Tinch okeani regioni davlatlarida hamda Evropa davlatlari hududlarida
ochiq zonalar faoliyat ko'rsatmoqda.
Erkin iqtisodiy zonalami belgilash va tuzish qo'yilgan maqsadga bog'liq. Agarda rivojlangan
davlatlarda erkin iqtisodiy zonalarni tuzishdan maqsad faoliyati asosan xalqaro savdoni rivojlantirish
bo'lsa, rivojlanayotgan davlatlarda esa xom ashyoni qayta ishlashni tashkil qilish ularning asosiy
maqsadi hisoblanadi.