Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Respublika tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Bojxona qo'mitasi tashkil etilishi bilan O'zbekistonda tashqi iqtisodiy kompleksni
boshqarish tizimi yaratildi.
Hozirgi paytda respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi asosan shakllangan va
uning tarkibiga kirgan tashkilotlar faoliyatlari takomillashtirilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 1.
Respublika milliy manfaatlariga jabob beruvchi va uning jahon hamjamiyatidagi o'mini
ta'minlovchi tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
2.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini o'rganish;
3.
Mulkchilik ko'rinishining turli shakllaridan qat'iy nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha
ishtirokchilari uchun eng yuqori samaradorlikni ta'minlash, ularning faoliyati va
manfaatlarini himoya qilish;
4.
Milliy iqtisodiyotni muvaffaqiyatli isloh etish uchun tashqi iqtisodiy omildan to'liq
foydalanish.
Hozirgi kunga kelib,
tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqaris h Respublika Prezidenti, Oliy
Majlis va Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Ular O'zbekiston tashqi
iqtisodiy faoliyatining rivojlanish strategiyasini aniqlaydi, uning normativ bazasini ishlab chiqadi va
xalqaro iqtisodiy munosabatlaming barcha ishtirokchilari harakatiga umumiy rahbarlikni va ular
ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi- yagona tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishni,
xalqaro aloqalaming barcha ishtirokchilari, ya'ni davlat, shirkat, paychilik, jamoat, xususiy tashkilotlar
faoliyatini nazorat qilishni ta'minlaydi;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning davlat usullarini ishlab chiqadi va qo'llaydi
(bojxona tariflari, eksport kvotalari, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanishga ruxsat beradi va
boshqalar);
-
vazirlikka taqdim etilgan ro'yxatga mos keluvchi mahsulot bo'yicha eksport- import
operatsiyalarini o'tkazadi;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari tomonidan tuziladigan tashqi iqtisodiy shartnoma va
kelishuvlarni tekshirishni amalga oshiradi.
«Innovatsiya», «O'zagroimpek», «Interservis», «O'ztashqitrans», «O'zekspomarkaz»-