ikki s haklda amalga oshiriladi: 1) Fan va texnikaning an'anaviy negizlarini nisbatan sekinroq va qisman takomillashtirishni
bildiruvchi
evolyutsion shakl; 2) Printsipial jihatdan yangi texnika va texnologiyani vujudga keltiradigan, jamiyat ishlab chiqaruvchi
kuchlarini tubdan o'zgartirishga olib keladigan
inqilobiy shakl. Iqtisodiyotni har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat
unumdorligini oshirishning hal qiluvchi vositasi fan-texnika taraqqiyotini butun choralar bilan
jadallashtirishni zarurat qilib qo'yadi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish milliy iqtisodiyotni shakllanishi va rivojlanishi ishlab chiqarishni
elektrlashtirishni, robotlashtirishni, kompyuterlashtiris hni keng miqyosda amalga oshirishni
taqozo etadi.
Fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi. Fan - texnika taraqqiyotini jadallashtirish uchun: -
ilm- fanni ustuvor yo'nalish sifatida rivojlantirish;
-
ilmiy xodimlar tarkibini qayta tuzish.
-
milliy iqtisodni rivojlantirish uchun ahamiyatli ixtiro- larni ishlab chiqarishgatezroqjoriy qilish;
-
sanoatni etakchi tarmoqlarini, eng avvalo, mashinasozlik, mahsulotlarini o'sish sur'atlarini va
yangilanishini ta'minlash;
-
yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini oshirish;
- inson omilidan
to'g'ri foydalanish, boshqarish va ta'lim tizimini qayta qurish, va hokazo kabi
tadbirlar amalga oshirish zarurdir.
Fan-texnika taraqqiyotining
hozirgi davrdagi asosiy yo'nalishlari bo'lib: 1. Ishlab chiqarishni
kompleks mexanizatsiyalas h va avtomatlashtirish. 2. Kompyute rlashtirish. 3.
Energetikani va eng avvalo
atom ene rgetikasini rivojlantirish. 4.