tarkibiy tuzilish siyosati aniqlandi. U eng avvalo
respublikaning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini, shuningdek aholiga munosib turmush sharoitlarini
yaratishni nazarda tutdi.
Tarkibiy siyosat, qishloq xo'jaligi xom ashyosi va mineral resurslarni chuqur
qayta ishlashga, texnologik jarayonlarni tugallanganlik darajasini oshirishga, mamlakat yoqilg'i -
energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta'minlashga qaratildi. Ilgari tashqaridan keltirilgan yuzlab
mahsulot turlari shu erning o'zida ishlab chiqarila boshlandi.
Respublikada industriyaning tayanch tarmog'i hisoblangan, ya'ni yoqilg'i energetika, aviatsiya
va avtomobil qurilish, mashinasozlik, ximiya va neftximiya sanoatidan va hokazodan tortib, to engil
sanoat korxonalariga hamda juda ko'p qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar
qurildi.
Respublikada eng katta sanoat tarmoqlari bo'lib engil va yoqilg'i energetika sanoati hisoblanadi.
Oxirgi yillarda mashinasozlik sanoatini ulushi 1,5 barobarga oshgan va hokazo. Buning sababi
mamlakatimizda ichki va tashqi kredit vositalarining asosiy qismi ishlab chiqarishni kengaytirish
uchun baza hozirlashga qaratilganligidadir. Bu avtomobil va neftni qayta ishlash za vodlari, yangi
avtomobil va temir yo'llar, engil, to'qimachilik va oziq-ovqat sanoatini o'nlab yangi va
zamonaviylashtirilgan korxonalami qurishga imkon berdi. 1997 yilning o'zidayoq Ko'kdumaloq konida
kompressor stantsiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash za vodi, Farg'onada ip yigiruv fabrikasi ishga
tushirildi. Ma'lumki, O'zbekistonning sanoat qudrati asosan bir necha yirik shaharlarda to'plangan edi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan yirik
qurilishlarni geografiyasi ancha kengaydi. Bu
siyosat uzoq vaqtdan beri hukm surib kelayotgan sanoat taraqqiyotidagi
mintaqaviy nomutanosiblik va ziddiyatni