O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


6. Iqtisodiyotni boshqarish tizimida ro'y be rayotgan o'zgarishlarni tahlil qilish



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

34


6. Iqtisodiyotni boshqarish tizimida ro'y be rayotgan o'zgarishlarni tahlil qilish
O'zbekistonda ittifoq parchalanib ketgach, umumittifoq vazirliklari tugatildi. O'zbekiston 
hududida joylashgan ittifoq va ittifoq respublika bo'ysunuvidagi korxonalar milliylashtirildi. Bu 
korxonalar o'z faoliyat sohalariga qarab ixtiyoriy ravishda davlat tarmoq kontsernlari, davlat 
uyushmalariga aylantirildi. Islohotlami birinchi bosqichi mobaynida tarmoq vazirliklari uyushmalarga, 
kontsemlarga, koфoratsiyalar, ittifoqlar va boshqa xo'jalik birlashmalariga aylantirish yo'li bilan 
batamom tugatildi. Avtomobil transportida, qurilishda, qishloq xo'jaligida boshqaruv tizimi qayta 
tuzildi. Umummilliy ahamiyatga ega bo'lgan tarmoqlar va faoliyat sohalarida, masalan, sayohatchilik, 
transport, madaniyat, kinolashtirish tizimi va boshqalarda milliy kompaniyalar tuzildi.
Ulami boshqa boshqaruv tizimidan farqi shundaki, ular iqtisodiy jihatdan batamom 
mustaqildir. 1992 yil yanvar oyidan boshlab 
viloyat, tuman va shahar joylardagi vakillik hamda 
ijroiya-boshqaruv hokimiyatiga rahbarlik qiluvchi hokimlik joriy etildi.
35


§ 3. Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari
Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish iqtisodiy islohotlami muvaffaqiyatli hal qilishning asosiy 
shartlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish iqtisodiy mustaqillikka erishish, milliy 
iqtisodiyotni barpo etish, iqtisodiy o'sishni ta'minlashning muhim shartlaridan biridir. O'zbekiston xalq 
xo'jaligining amaldagi tarkibi sobiq Ittifoqdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi tamoyillari asosida 
o'nlab yillar mobaynida shakllangan edi. Unda O'zbekistonga:
-
arzon xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar va strategik mineral resurslar etkazib berish; 
-
sanoat markazlarida ishlab chiqarilgan tayyor mollarni sotishning keng bozori mavqei 
ajratilgan edi. 
Mamlakat iqtisodi oziq ovqat mahsulotlari, energoresurslar importiga va qishloq xo'jalik xom 
ashyosi va qimmatli metallar eksportiga asoslangan edi. Xalq xo'jaligining bunday mustamlaka tarkibi 
sharoitida jahon bozorida konkurentsiya qilish, iqtisodiy o'sishni ta'minlash va aholini turmush 
darajasini ko'tarish imkoniyatini bera olmas edi. Shuning bilan birga O'zbekiston raqobatbardosh 
tarkibga ega bo'lgan milliy iqtisodiyot tarkibini tashkil qilish imkoniyatlariga ega edi. Mamlakatning er 
osti va er usti boylik resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish, vujudga kelgan nomutanosibliklar 
va ziddiyatlarga barham berish, ijtimoiy ishlab chiqarishning tarmoq va hududiy tarkibini qayta qurish 
lozim edi.
Shu munosabat bilan O'zbekistonda 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin