Nazorat savollari.
1. Faoliyat va uning tuzilishi haqida umumiy tushuncha bering?
2. Faoliyat predmetliligi nimalar kiradi?
3. Oriyentirlangan va bajaruvchi faoliyat, individual va hamkor, ijodiy va
ijodsiz faoliyat nima?
4. Faoliyatning samaradorligini ta`minlovchi omillarni sanab bering?
120
15-MAVZU. PSIXOLOGIYADA SHAXS VA JAMIYAT MUAMMOSI
Tayanch tushunchalar:
shaxs tushunchasi, makro va mikro bosqichdagi
ta‟sirlar, nativizm, empirizm, e‟tiqod; mafkuraviy tasavvur, shaxs ongiga
singdirish, ijtimoiylashuv jarayoni, ijtimoiy institutlar, mas‟uliyat, maqsad,
ideallar, qiziqishlar, e‟tiqod, iymon, dunyoqarash.
15.1. Shaxs ijtimoiy ta‟sirlar mahsuli sifatida. “Shaxs” tushunchasi.
“Homo sapiens” – “aqlli zot” tushunchalari.
“Shaxs” tushunchasi psixologiyada eng ko‟p qo‟llaniladigan tushunchalar
sirasiga kiradi. Psixologiya o‟rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha
atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday
olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‟lgan
aloqasi masalasini chetlab o‟tolmagan.
Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, “Homo sapiens” – “aqlli zot” tushunchasini
o‟zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‟lganiga taxminan 40 ming yildan
oshibdi. Bu davrda olimlarning e‟tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan.
Ch.Darvin ta‟biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib
qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‟proq biologik
omillardan ko‟ra, ijtimoiy omillar ta‟sirida ro‟y bermoqda. Shuning uchun ham har
bir individni yoki shaxsni o‟rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va
uning ijtimoiy normalari doirasida o‟rganishni taqozo etadi.
Ijtimoiy muhit – bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat
ko‟rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan
aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy
xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‟ladi.
Demak, har bir shaxsning fe‟l-atvorida atrofdagi do‟stu-yorlari, oilasi, tarixiy
zamon, davr, davlat tuzumi va o‟sha jamiyatdagi siyosat, iqtisodiyot va
mafkuraning ta‟siri bo‟lib, bu ta‟sir uning yaxlit dunyoqarashi, fikrlash tarzi,
tafakkurida o‟z aksini topadi. Bunday ta‟sirlarning ikki xili farqlanadi:
makro bosqichdagi ta‟sirlar, ya‟ni keng ma‟nodagi ijtimoiy-ma‟naviy,
121
siyosiy hamda iqtisodiy muhit ta‟sirlari;
mikro bosqichdagi ta‟sirlar, yoki odamni bevosita o‟rab turgan muhitdagi
ijtimoiy muloqot va muomaladan ta‟sirlanishi. Boshqacha qilib aytganda, bunday
ta‟sirlarni shaxs bevosita oila muhiti, ta‟lim muassasalari, mahalla-kuy, mehnat
jaoasidagi hamda do‟stlari davrasidagi mulolqotlardan oladi.
Bir qarashda ikkinchi bosqich ta‟sirlarigina shaxsning insoniy qiyofasi hamda
fe‟l-atvorini belgilaydiganday tuyuladi. Chunki xalqimizda “qush uyasida
ko‟rganini qiladi”, degan naql ham bor. Ayniqsa, bizning “o‟zbekchiligimiz”da
odamning tug‟ilib o‟sgan oilasi, mahallasi, kimning avlodi-yu, kimning zurriyodi
ekanligi, ta‟lim olgan dargohiga katta e‟tibor beriladi. Ko‟pincha xalqda: “Hovli
olma, qo‟shni ol”, degan maqol ham ishlatiladiki, bu ham farzandlar kamoli va
oilaning tinchligida yon-atrofning ahamiyatiga ishoradir. Lekin makro bosqichdagi
ta‟sirlarning ahamiyatini kamsitish ham to‟g‟ri bo‟lmaydi. Masalan, sho‟rolar
tuzumi jamiyat a‟zolarini mute, manqurt, tobe, ma‟lum bir ma‟noda iymonsiz
bo‟lib qolishiga sababchi bo‟ldi. Chunki bunga asosan o‟sha muhitdagi nosog‟lom
e‟tiqodlar, g‟ayriinsoniy tashviqotlar, inson qadrini, uning mehnatini yerga uruvchi
iqtisodiy siyosat (hamma bir xil turmush tarziga ega bo‟lishi, “ishlamasa ham
tishlayverish”), kommunistik mafkura sabab bo‟ldi. Tarixdan shu narsa ma‟lumki,
qaysi davlat va jamiyat tarixida bosqinchilik siyosati yurgizilgan bo‟lsa, o‟sha
jamiyat odamlari psixologiyasida tobelik, diyonatsizlik, ixlossizlik ustun
bo‟lavergan.
Mustaqillik psixologiyasi shundayki, unda har bir shaxs o‟zining erkin
mehnati bilan o‟zi va o‟zgalar manfaati haqida birday qayg‟uradi, chunki har bir
shaxs fidokorona mehnat qilmasa, tinimsiz izlanmasa, na o‟zining, na
yaqinlarining, boshqalarning “kosasi oqarmaydi”, “biri ikki bo‟lmaydi”. Shuning
uchun ham istiqlol yillarida O‟zbekiston fuqarolarining psixologiyasida, ularning
qadriyatlarni idrok qilishlari va kundalik amallarida o‟z shaxsiy kamoloti, oilasi
farovonligi, Vatan ravnaqi uchun nima qilish lozimligini ifodalovchi qarashlarida
tub o‟zgarishlar ro‟y bermoqda. Bu o‟zgarishlarni o‟rganuvchi psixologiya fani
oldida ham qator dolzarb vazifalar turibdi.
122
Psixologiya ilmining namoyondalari bo‟lmish olimlarning butun bir avlodi
ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida, makro hamda mikro bosqichlardagi
ta‟sirlarning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi
qonuniyatlarini izladilar. Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi
yuzlab Sharq allomalari ham bu o‟zaro bog‟liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini
ochishga o‟zlarining eng durdona asarlarini bag‟ishlaganlar. Barcha qarashlarga
umumiy bo‟lgan narsa shu bo‟lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun
avvalo uning shu jamiyatda tutgan o‟rni va mavqyeini bilish zarur. Shaxsni
o‟rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy
mavqeyi, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‟rni bilan belgilanishi kerak. Lekin,
shaxs bilan jamiyat o‟rtasidagi o‟zaro aloqalar masalasida birdaniga, bir xil
yechimga kelinmagan. Bu o‟zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan
kelib chiqadi.
Nativizm yo‟nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni
tug‟ma xarakterga ega, deb e‟tirof etadilar (Lens, Gruber va boshqalar).
Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug‟ilgan bola go‟yoki “top-toza
taxta” (tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o‟zining qonuniyatlarini yozadi
va bola ularga so‟zsiz bo‟ysunishga majbur. Bu yo‟nalishning asoschilaridan biri
J.Lokk bo‟lib (1632-1704), uning fikricha, tug‟ma fikrlar yoki g‟oyalar bo‟lishi
mumkin emas, ular xohish-tilak va og‟riq kabi elementar sezgilarning qayta
ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o‟xshash turli xil sezgilar va
g‟oyalarning assosiasiyasi ro‟y beradi.
G.Leybnis (1646-1716) Lokka e‟tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof
doskaning o‟zi bo‟lmaydi, hattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham
sezilarli teshiklar, do‟ngliklar yoki tug‟ma asoratlar bo‟ladi-ki, ular odamning
sezish va bilish organlari vositasida anglanishi mumkin. Xuddi shunday, inson
bolasi ham tug‟ilishdan muayyan belgilar, xususiyatlar bilan tug‟iladi-ki, ularni biz
layoqatlar, iqtidor, genetik xususiyatlar, deb ataymiz. Aynan shu tug‟ma belgilar
inson taqdirida ma‟lum rol o‟ynaydi, lekin yetakchi, sezilarli ta‟sirlar hayotning
keyingi bosqichlarida, turli faoliyatlarni (o‟yin, o‟qish, mehnat va b.q.) amalga
123
oshirish jarayonida bilinib, shaxs sifatlarini shaklantirishga xizmat qiladi.
Bu ikkala yirik yo‟nalish o‟rtasidagi tortishuvlarga chek qo‟yish maqsadida
F.Galton qator eksperimental tadqiqotlar o‟tkazib, har bir individga xos differensial
xususiyatlar mavjudligini “egizaklar metodi” yordamida asoslashga harakat qildi.
3-jadvalda Galton tomonidan irsiy va orttirilgan sifatlar munosabati yuzasidan
aniqlangan natijalardan musiqaga layoqatlilik misolida keltirilgan.
Egizaklardagi musiqaga moyillikning korrelyatsion ko‟rsatgichi ham yuqori
bo‟lib (p=0,7), egizak bo‟lmaganlardan ancha farq qiladi (p=0,3-0,4).
Galtondan keyingi tadqiqotlarda musiqaga bo‟lgan qobiliyatga ona tilining
xususiyati ta‟sir qilishi yumshoq-tonal yoki keskir-tonal bo‟lmagan tillar misolida
aniqlandi. Masalan, keskinroq hisoblangan rus tilida gapiruvchi bolalardagi
musiqani idrok qilish yumshoq, tonal tillarda so‟zlashuvchi vyetnamliklarning
idrokidan ancha past chiqqan.
Dostları ilə paylaş: |