127
berayotgan ijtimoiy-siyosiy muammolardan ongini chalg‟itayotganday bo‟ladi.
Lekin aslida aynan o‟spirinlikka xos bo‟lgan psixologiya mavjudki, ular o‟z
kelajagi to‟g‟risida ko‟p qayg‟uradi, ertaga kim bo‟lishi, qanday sharoitda yashashi
va
ijod qilishi, yashayotgan hududi – Vatani taqdiri albatta qiziqtiradi. Shuning
uchun ham yoshlarga xos bo‟lgan maksimalizm va yuqorida sanab o‟tilgan shaxsiy
muammolar atrofida paydo bo‟ladigan individualizm o‟rtasida qarama-qarshilik
paydo bo‟ladi. Bu inqiroziy holat bizning sharoitimizda ko‟proq yurt va jamiyat
ravnaqidan manfaatdorlik hisobiga hal qilinmoqda. Shuning uchun ham yoshlar
bilan bo‟ladigan yuzma-yuz uchrashuvlar, muloqotlarda
shaxsiy manfaatlarning
jamiyat manfaatlariga bog‟liqligi, Vatan ravnaqi va tinchlik-totuvlikdan nafaqat
yoshlar manfaatdor, balki ular ana shu jarayonlarning faol ishtirokchisi ekanligi
g‟oyasi o‟rtaga tashlanadi.
Ijtimoiy psixologiyada yana bir o‟rganiladigan jarayon borki, bu –
konformizm hodisasidir. Bu hodisa bevosita yoshlik davrida ko‟proq namoyon
bo‟ladi. Konformizmning ma‟nosi – o‟zgalar borligidan,
ularning xulq-atvoridan
ta‟sirlanish bo‟lib, yoshlar qanchalik o‟ziga xoslikka intilmasinlar, baribir bir yaxlit
ijtimoiy qatlam sifatida bir-birlariga taqlid qiladilar. Bu ham sog‟lom g‟oyalarning
o‟zaro muloqotlar jarayonida tarqalishi va ongga singishi uchun zamin hisoblanadi.
Hattoki, ayrim yoshlarda kuzatiladigan ijtimoiy raddiya, ya‟ni, fikrlashlarda,
harakatlarda ajralib turishga intilish – aslida o‟sha taqlidchanlik, konformizmning
bir ko‟rinishidir. Shu bois ham mashhur olim Seneka konformizm va odamlardagi
taqlidchanlikni: “juda osonlikcha ko‟pchilikning amriga bo‟ysunishdir”, deb
ta‟riflagan edi. Bu jarayonning ro‟y bo‟lishiga sababchi asosiy omillar esa o‟sha
ijtimoiy muhit va undagi obro‟li shaxsning insoniy xususiyatlaridir. Shuning uchun
ham biz nimalarga ishonamiz va kimlarga ergashamiz,
degan masala bugungi
kunda amaliy ahamiyatga molikdir.
Umuman, shaxsning qarashlari, dunyoqarashi va e‟tiqodini o‟zgartirishda,
bizning sharoitimizda ularni sog‟lom g‟oyalarga ergashtirishda mafkuraviy ishlarni
kuchaytirishimiz yaxshi samaralar beradi, albatta. Faqat bunda o‟sha oddiy inson
psixologiyasiga oid ayrim qonuniyatlarni bilish va ularga amal qilish maqsad
128
muvofiqdir. Mafkuraviy targ‟ibot-tashviqot haqida gap ketganda, uning inson ongi
va psixologiyasiga ta‟sir qilishiga umid qilib, ish yuritiladi. Erkinlikni juda yaxshi
ko‟rgan amerikalik va yevropaliklar ham haqiqatga ergashish, ezgu amallarga itoat
qilishning hech qanday shaxs erkinligiga tahdidi yo‟qligi, aksincha, uni
jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlashini targ‟ibot qiladi.
Mutaxassislarni fikricha, e‟tiqod asosan ikki yo‟l bilan hosil qilinadi:
agar
auditoriya fikrlaydigan, ayni argumentlar ustida o‟ylash qobiliyatiga
ega bo‟lsa, ular manfaatiga mos ma‟lumotning berilishi ulardagi ishonchni
mustahkamlaydi; bu bevosita ta‟sir deb ataladi;
agar tinglovchining manfaatiga bevosita aloqadorligi yo‟q narsa to‟g‟risida
gap ketayotgan bo‟lsa, unda ishontirishning bilvosita usullaridan, ya‟ni, voizning
yoqimtoyligshi, kayfiyatning yaxshiligi, tasodifan yoqib qolishi mumkin bo‟lgan
boshqa jihatlarini asos qilinadi.
Mafkuraviy ishlarning serqirra va murakkabligi shundaki, bu jarayonni yaxlit
sifatida
tasavvur qilinsa, uning tarkibiga kiruvchi har bir elementning mafkuraviy
targ‟ibotning psixologik mexanizmlarini, ya‟ni jarayonning o‟ziga xos sir-asrori va
xususiyatlarini inobatga olishga to‟g‟ri keladi.
Afsuski, e‟tiqodni tarbiyalash muammosi ko‟proq diniy qobiqda o‟rganilgani
uchun ham jahon ilmi tajribasida bu xususda xulosalar shu yo‟nalishda mavjud.
Masalan, o‟sha diniy sektalarning targ‟ibot borasidagi yutuqlarini olimlar
quyidagicha sharhlaydilar: avvalo insonni biror narsa orqali “qarzdor” qilib qo‟yish
kerak bo‟ladi, so‟ngra samarali ta‟sir vositalaridan foydalaniladi, nihoyat,
hamfikrlilar o‟zlaricha boshqalardan ajralib, o‟z e‟tiqodlarini mustahkamlaydi.
Natijada, o‟ziga xos muomala va madaniyat shakllantiriladi.
Biz avvalo o‟zimizga
Dostları ilə paylaş: