19.4. Sezgining reseptor va reflektor nazariyasi.
Tashqi olam xususiyatlari to‟g‟risidagi va shaxsning o‟z gavdasini tuta bilish
yuzasidan bilimlar, ma‟lumotlar, xabarlar va taassurotlar manbai bu sezgilar bo‟lib
hisoblanadi. Shuning uchun sezgilar inson organizmiga, ya‟ni uning tana a‟zolariga
176
tushadigan axborotlarning asosiy kanali (yo‟li) sanalib, ular tashqi dunyo hamda
ichki tana a‟zolari to‟g‟risidagi xabarni bosh miya katta yarim sharlari va bosh
miyaning tarkiblariga yetkazib turadi, xuddi shu boisdan inson o‟zini qurshab
turgan makro muhitni oriyentirlash (mo‟ljallash) imkoniyatiga egadir. Agarda
mazkur kanallar berk bo‟lib qolgan taqdirda, sezgi organlari zarur axborotlar bilan
ta‟minlamaydi, binobarin, ongni hukm surish imkoniyati o‟z-o‟zidan yo‟qoladi.
Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mabodo inson
axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‟lsa, u holda u uyqu holatiga
sho‟ng‟iydi. Masalan, tasodifan teri-tuyush sezgilari patologiyaga uchrasa, unda
odam (ko‟pincha vaqtincha, muvaqqat) ko‟rish, eshitish, hid sezishdan mahrum
bo‟lishi mumkin. Mabodo axborotlar tuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida
buzilsa, kar yoki ko‟r bo‟lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin
to‟xtalish (vaqtincha orqada qolish) yuzaga keladi. Agarda bola maxsus usul yoki
uslubga o‟rgatilsa tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o‟rnini to‟ldirib
bo‟lmaydi. Sezgini bunday tarzda tushuntirilishiga nisbatan har xil munosabatlar
psixologiya tarixida mavjud bo‟lib, ularning hech qaysisi asosiy manba ekanligiga
shubha bilan qarashga moyildirlar. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‟xtalib
o‟tamiz va haqiqiy mohiyatini ochib berishga intilamiz.
Nemis faylasufi Xristian Volf “Ratsional psixologiya” (1732) va “Empirik
psixologiya” (1734) kitoblarida: ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga
qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib
tushadigan axborotlar shoxobchasiga, ya‟ni sezgi kanaliga, hech qanday bog‟liq
emas deb tushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish
nazariyotchisi fanga “ratsionalizm” tushunchasi bilan birga kirib keldi. X.Volf va
uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g‟oyani ilgari surdilar. Shuning
bilan birga “Ong”, “Aql” tarixiy evolyutsiya natijasi emas deb, inson psixikasiga
o‟zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo‟lgan “birlamchi” xususiyat
ekanligini tushuntirishga intildilar. Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar
insonning sezgilari uning tashqi olam bilan bog‟lab turuvchi birdan-bir shaxobcha
177
ekanligini inkor qilishgacha borib yetdilar va voqelikni mana bunday tarzda
izohlashga harakat qildilar: go‟yoki sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib
turadilar, ular atrof-muhit o‟rtasidagi bartaraf qilib bo‟lmaydigan devor
hisoblanadilar.
Berkli, Yung, I.Myuller, Gelmgols singari olimlar sezgi organlarining
“spesifik energiyasi” nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu g‟oyaning asoschisi sifatida
Iogann Myuller qat‟iy pozitsiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga
intildi. Ushbu nazariyaga binoan, har qaysi sezgi a‟zosi hoh quloq, hoh til, hoh teri
bo‟lishidan qat‟iy nazar, tashqi dunyoning ta‟sirini aks ettirmaydi, atrof-muhitda
bo‟lib turgan real, yaqqol jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas,
faqat u tashqi ta‟sirdan shaxsiy jarayonlarning qo‟zg‟atuvchisidan turtki bo‟ladi,
xolos. Mazkur nazariyaga ko‟ra, har bir sezgi a‟zolari o‟zining “spesifik
energiyasi”ga ega, har qanday ta‟sirdan qo‟zg‟aladi. Masalan, ko‟zni bosib, unga
elektr toki bilan ta‟sir qilib ko‟rilsa, unda yorug‟lik sezgisi hosil qilinadi; quloqqa
elektr qo‟zg‟atuvchisi bilan ta‟sir o‟tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi.
Binobarin, sezgi a‟zolari tashqi ta‟sirni aks ettirmaydi, balki ulardan, ya‟ni ularning
ta‟siridan qo‟zg‟aladi, xolos. Inson hech qachon tashqi voqelik, yaqqol dunyoning
obyektiv ta‟sirlarni idrok qilmaydi, balki sezgi a‟zolari faoliyatida o‟zlarining
shaxsiy subyektiv holatlarini aks ettiradi. Mazkur nazariyaga binoan, inson
obyektiv dunyoni idrok qila olmaydi, u subyektiv jarayonlarni aks ettiradi, oqibat
natija “dunyo element” (mayda qism)larni idrok qilish vujudga keladi. Psixologiya
tarixida “subyektiv idealizm” degan yo‟nalish ham yuzaga kelgan bo‟lib, ungacha,
“inson faqat o‟zi”nigina biladi, xolos. Undan tashqari hech narsa hukm surishi
mumkin emas. Bu nazariya o‟ziga xos g‟oyaga ega bo‟lib, fan tarixida “solipsizm”
(yagona “Men”) nomini olgan edi. Sezgilarning retseptor va reflektor nazariyalari.
Sezgilarning retseptor nazariyasiga ko‟ra, retseptor yoinki sezgi a‟zolari ularga
ta‟sir qiluvchi qo‟zg‟atuvchilarga nisbatan sust (passiv) javob qaytaradi, sezgilar
harakatga qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir, harakatning o‟zi esa aksincha
faol (aktiv)dir.
178
Hozirgi davrda sezgilarning retseptor nazariyasi mutlaqo sezgi jarayonining
fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligini qator tadqiqotchilar
tomonidan ishonchli omillarga suyangan holda ta‟kidlab o‟tilgandir. Sezgi
jarayonining faol (aktiv)ligini tan oluvchi nazariya - sezgilarning reflektor
nazariyasi deb ataladi. Ushbu fikrni asoslash uchun misollarga murojaat etaylik va
hayvonot olamida aks ettirishni tahlil qilib ko‟raylik. Hayvonlar va jonivorlarning
sezgilari sust (passiv) xususiyatga emas, balki tashqi olam ta‟sirining biologik
ahamiyatga molik jihatlarini faol (aktiv) ravishda ajratgan holda xatti-harakatni
amalga oshiradilar. Masalan, bolari (asalari) bir xil turkumdagi gullarga nisbatan
aralash holdagi gullarga faol (aktiv)roq javob reaksiyasini bildiradi; qirg‟iy irish-
chirish hidlariga, undan ko‟ra suv o‟tlarining ildizlari hidiga chaqqon harakat
qiladi. Mushuk sichqonning qitirlashiga e‟tiborini kuchaytiradi, lekin xuddi shunga
o‟xshash kamerton tovushini keltirsak, aslo unga parvo ham qilib qo‟lmaydi.
Bu omillar shuni ko‟rsatib turibdiki, birinchidan, sezgilar faollik (aktivlik)
xususiyatiga ega, ikkinchidan, ularning vujudga kelishida harakat tarkiblari
ishtirok etadi. AQShlik psixolog Neffning ta‟kidlashicha, mikroskop ostiga olib
teriga igna sanchilsa, xuddi shu uchastkada (maydonda) reflektor harakat
reaksiyalari kuzatilgan; tomirning qisilishi, teri galvanik refleks (KGR), goho ko‟z
harakati, bo‟yin muskullarining taranglashuvi, qo‟lning harakat reaksiyasi sodir
bo‟lishi mumkin.
Jahon psixologlari tomonidan narsalarning murakkab tomonlarini tanish,
farqlash harakatning ishtirokisiz amalga oshmasligi ta‟kidlab o‟tilgan. Masalan,
ko‟zni yumib jismni farqlash uchun qo‟l bilan uni paypaslash kerak, aks holda
uning holati, shakli, qattiq yoki yumshoqligi, g‟adir-budurligini bilib, sezib
bo‟lmaydi. I.M.Sechenovning fikriga ko‟ra, jismni ko‟z bilan idrok qilish uchun
ko‟z o‟sha narsani “qidirsin”, faqat shundagina maqsadga muvofiq harakat yuzaga
chiqqan bo‟ladi. Hozirgi davrda psixologiya fanida ko‟z harakatlari nazariyasi
ishlab chiqilgan bo‟lib, ular va makro va mikro, ixtiyoriy hamda ixtiyorsiz
ko‟rinishlarga ajratiladi. Ular quyidagi nomlar bilan ifodalanadi: konvergent,
divergent, gorizontal, vertikal, siklofuzion, torsion, version, vergent, sakkadik,
179
tremor, dreyf, fliki kabilar. Ko‟z harakati yordami bilan fazoda o‟rin almashib
turgan jismlarni tanish, bilib olish va identifikatsiyalash amalga oshiriladi. Ko‟z
harakatlari uch juft tashqi muskullari, ya‟ni miya bosh suyagining III, IV va VI juft
nervlari orqali ro‟yobga chiqadi. Ko‟zning mikro va makro harakatlari sezgining
mexanizm rolini bajarish imkoniyatiga ega. Eshitish sezgisi eshitish va tovush
apparatlari tarkiblarining yaqin ishtirokida vujudga keladi. Shunday qilib,
yuqoridagi mulohazalarga ko‟ra, elementlar (sodda) faol reflektor jarayoni,
shuningdek, murakkab faol retseptor faoliyat jarayoni (paypaslash, suratga tikilish
kabilar) mavjud bo‟lib, sezgilarning vujudga kelishini ta‟minlab turadi. Psixologik
ma‟lumotlarning tahliliga ko‟ra, faol harakatning har qaysisi sezgining reflektor
nazariyasidan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |