O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Psixologiyaning falsafa doirasida rivojlanishi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

10.2. Psixologiyaning falsafa doirasida rivojlanishi. 
Psixologiya ko„plab fanlar bilan uzviy bog„liq holda rivojlanib bormoqda. 
Fanlar orasidagi bog„liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o„rnini belgilab 
beradi. Bizga ma‟lumki, mavjud fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga 
bo„linadi. Bir qator bir-biri bilan yondosh bo„lgan fanlar mazkur tasniflashga 
kiritiladi, lekin psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo„ladi. U inson ruhiy 
faoliyatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o„rganadi. Psixologiya barcha 
turdagi fanlar orasida muhim o„rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, 


79 
san‟atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog„liq. Shunga muvofiq 
psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog„liqligini tahlil qilish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog„langan. Bu bog„liqlik 
ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to„la anglash va rivojlantirish 
an‟analarini belgilashdagi o„rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va 
inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo„lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni 
psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o„zi ham inson ongi va 
tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma‟lumotlarga ega 
bo„lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta‟kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va 
milliy ongni shakllanishiga taaluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu 
ikkala fan − falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu 
bog„liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi 
ko„ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol g„oyalarini yurtdoshlarimiz ongi va 
tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda.
10.3. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirish shakllari. 
Psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi 
(xususiyati), subyekt tomonidan ob‟ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq 
manzaralarni subyekt o„zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o„z 
xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o„tmishning, hozirgi davr 
va kelasi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir. O„tmish 
hodisalari inson xotirasida mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon bo„ladi. 
Hozirgi zamon aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, obrazlar va tasavvurlar 
majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu niyatlarda
shuningdek, fantaziya, vijdon azobi, armon va tushlarda aks etadi. Inson psixikasi 
ham anglanilmagan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo„lib, anglanilmagan 
psixika o„z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan keskin tafovutga va 
ustuvorlikka ega. Tashqi obyektlarning psixika shaklida maxsus tana a‟zolari 
qurilmasining faol va ilgarilab in‟ikos etishi sharofati bilan mazkur obyektlarning 
xususiyatiga mutlaqo mutanosib harakatlarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga 


80 
keladi. Shu bilan birga psixikaning vaziyat ustuvorligi va qidiruv faolligi tufayli 
organizmning tarkiblari o„rtasida yashash uchun kurash ro„yobga chiqadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin