O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə1/32
tarix18.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#133034
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
Ko„chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” kafedrasi
Institutning ilmiy-uslubiy kengashida “TASDIQLAYMAN”
ko‘rib chiqildi va chop etishga ruxsat Institutning ilmiy-uslubiy kengashi raisi,
berildi. t.f.n., dotsent A.R.Raximov
Ro‘yxatga olindi:
Bayonnoma:№ — ” 2019 yil.

  • ” 2019 yil.

TARMOQIQTISODIYOTI
(Ma'ruzalar matni)
Ta'lim yo'nalishi: 5340900 - Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni
boshqarish
5340200 - Binolar va inshootlar qurilishi
5340400 - Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyasiya)
5340400 - Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (suv ta’minoti va oqova suvlarni oqizish)
5111000 - Kasbiy ta’lim (muxandislik
kommunikatsiyalari qurilishi va montaji)
5610100 - Xizmatlar sohasi (uy-joy va kommunal maishiy xizmatlar)
Samarqand - 2019
UDK 338.45:69
Ushbu ma’ruzalar matnida —Tarmoq iqtisodiyoti” fanining bir qator nazariy va amaliy masalalari mohiyati ochib berilgan bo‘lib, unda iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida respublikamiz kapital qurilish tarmog‘ida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari, shuningdek sohada investitsiya siyosatini olib borilishi va investitsion-qurilish faoliyat, qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish, rejalashtirish va loyihalashtirish, moddiy-texnik baza va uni takomillashtirish yo‘mlishlari, mehnat resurslari va mehnat unumdorligi hamda qurilish ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash kabi muhim masalalar o‘rin olgan.
Mazkur ma’ruzalar matni oliy ta’lim muassasalarining “Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish”, —Bino va inshootlar qurlishi— —Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji”, —Kasbiy ta’lim (Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji)”, —Xizmatlar sohasi (uy-joy, kommunal va maishiy xizmatlar)” ta’lim yo‘mlishlari hamda arxitektura va qurilish sohasining boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari talabalari, shuningdek qurilish iqtisodiyotiga qiziquvchilarning ham foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.
Tuzuvchilar: SamDAQI “Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” kafedrasi dotsenti, i.f.n. B.D.Giyasov;
SamDAQI “Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yu.I.Turdibekov.
SamDAQI “Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” kafedrasi o‘qituvchisi B.M.Abduraimov.
Taqrizchilar: SamDAQI “Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” kafedrasi dotsenti, i.f.n. F.S.Ganiyeva;
SamDAQI — Qurilishda menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Z.K.Karjavov.
Uslubiy ko‘rsatma “Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” kafedrasi
majlisida (201 yil « » № bayonnomasida) va «Qurilishni
boshqarish» fakultetining ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishida (201 yil « »
№ bayonnomasida) ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan.
Chiqish belgilari: SamDAQI. Shakli A4. Buyurtma № Adadi: Hajmi
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng ustivor vazifalari to‘g‘risidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, —Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish - eng muhim masalalardan biridir”.1
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z navbatida, respublikada chuqur tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirishni ta’minlaydi, milliy iqtisodiyot sohalariga tashqi va ichki investitsiyalar oqimini faollashtirish, iqtisodiy yuksalishning yangi bosqichini boshlab berish uchun asosiy omil hisoblanadi.
Jumladan, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, uy-joy qurilishini, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishdir.
Qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va muammolarini mukammal bilishlarida, shuningdek qurilish ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya va divesifikatsiyalash, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, sohada puxta investitsiya siyosatini yurgizish va chet el investitsiyalarini yanada ko‘proq jalb qilish kabi masalalarda chuqur bilimga ega bo‘lishlarida talabalarning mazkur fandan samararli foydalanishlari hamda ijodiy yondoshuvlari qurilish iqtisodiyoti fanining oldida turgan vazifalardan biridir.
Hozirgi kunda kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash uchun hududlar, tarmoq vazirliklari va idoralari bo‘yicha qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar narxi, qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish qiymati, transport xarajatlari, quruvchi ishchilarning ish xaqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot banki tashkil etilmoqda.
Eskirgan va zamonaviy talablarga muvofiq bo‘lmagan amaldagi smeta normalari va qoidalari tizimi va uning asosida qurilish smeta qiymatining oshib ketishiga olib keluvchi rassenkalarni qayta ishlab chiqish va tugatish, qurilish- texnologiya jarayonini va umuman qurilish majmuasining samarali ishlashini maqbullashtirish yo‘lida, pirovard natijada qurilishda loyihalashtirish smeta tizimini takomillashtirib borishda ushbu fanni qurilish sohasi talabalariga o‘qitish o‘z samarasini beradi.


  1. Yüklə 357,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin