O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
2 5197163324424327231

Tayanch  so’z  va  iboralar:  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun,  Kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturi,  shaxs,  davlat  va  jamiyat,  uzluksiz  ta’lim,  fan, 
ishlab  chiqarish,oliy  ta’lim  tizimi,  fanning  maqsadi  va  vazifalari,  ta’lim, 
bilim,  ko’nikma,  malaka,  didaktika,  metodika,  metod,  kasbiy  pedagogika, 
o’qitish  metodikasi,  kasb,  mahorat,  tadqiqot  metodlari,  kuzatish  usuli, 
suhbat  usuli,  pedagogik  so’rov  usuli,  test,  so’rovnomalar,  statistik 
ma’lumotlarni tahlil qilish usuli, ijtimoiy tadqiqot usuli, biomexanik usullar, 
psixofiziologik usullar. 
 
1.1.O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni va 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da oliy  ta`limga qo’yilgan talablar. 
O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun
i
ning  maqsadi 
fuqarolarga  ta’lim,  tarbiya  berish,  kasb-hunar  o’rgatishning  huquqiy  asoslarini 
belgilaydi  hamda  har  kimning  bilim  olishdan  iborat  konstitutsiyaviy  huquqini 
ta’minlashga qaratilgan. 
 “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”,  davlat 
ta’limi  standarti  va  o’quv  rejasi  kabi  me’yoriy  hujjatlarda  bugungi  kunda  yosh 
avlodga  ta’lim-tarbiya  berishga  qo’yilgan  talablar  o’z  aksini  topgan.  Ushbu 
hujjatlarda  chuqur  bilimli,  erkin  fikrlovchi,  o’zida  yuksak  insoniy  fazilatlarni 
mujassam  etgan  barkamol  shaxsni  tarbiyalash  birinchi  galdagi  vazifa  etib 
belgilangan.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  asosiy  tarkibiy  qismlari 
quyidagilardan iborat: 
shaxs  –  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  sub’ekti  va  ob’ekti,  ta’lim 
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi
davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib 
olishning kafillari
uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, 
ta’limning  barcha  turlarini,  davlat  ta’lim  standartlarini,  kadrlar  tayyorlash  tizimi 
tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi


fan  –  yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlovchi  va  ulardan  foydalanuvchi, 
ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi
ishlab  chiqarish  –  kadrlarga  bo’lgan  ehtiyojni,  shuningdek  ularning 
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy 
buyurtmachi,  kadrlar  tayyorlash  tizimini  moliya  va  moddiy-texnika  jihatdan 
ta’minlash jarayonining qatnashchisi. 
Uzluksiz  ta’lim  tizimining  faoliyat  olib  borishi  davlat  ta’lim  standartlari 
asosida,  turli  darajalardagi  ta’lim  dasturlarining  izchilligi  asosida  ta’minlanadi  va 
quyidagi  ta’lim  turlarini  o’z  ichiga  oladi:  maktabgacha  ta’lim;  umumiy  o’rta 
ta’lim;  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi;  oliy  ta’lim;  oliy  o’quv  yurtidan  keyingi  
ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari 
ta’lim. 
1.2.  Oliy ta’lim tizimi. 
     O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  mustaqilligiga  erishib,  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
rivojlanishning  o’ziga  xos  yo’lini  tanlashi  kadrlar  tayyorlash  tuzilmasi  va 
mazmunini  qayta  tashkil  etishni  zarur  qilib  qo’ydi.  “Ta’lim  to’g’risida”gi 
Qonunning  joriy  etilishi  yangi  o’quv  rejalari,  dasturlari,  darsliklarni  hamda 
zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbik etishni takozo qildi.  
Shu  nuqtai  nazardan  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  ta’lim  jarayoni, 
mazmunini  islox  qilish  asosan,  me’yoriy  xujjatlar  majmuasi  (davlat  ta’lim 
standarti,  o’quv  rejalari  va  dasturlari)  asosida,  kadrlarga  ta’lim  va  tarbiya  berish 
milliy istiqlol g’oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan 
Uzluksiz  ta’lim  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi  hamda  O’zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning 
iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  ehtiyojlarini  qondiruvchi  ustivor 
sohadir. 
Uzluksiz ta’lim  tizimi  uchun pedagog  kadrlar  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash 
ustuvorligi ta’minlanadi.  
Ta’limning  uzluksizligi  shunday  ma’no  beradiki,  inson  tug’ilgandan  boshlab 
to umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lsin. 


Bunday tizim O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida 
o’z aksini topgan. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin