O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
2 5197163324424327231

jarayonidagi  pedagogik  texnologiya  -  bu  aniq  ketma-ketlshdagi  yaxlit  jarayon 
bo’lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir matssadga yo’naltirilgan, 
oldindan  puxta  loyihalashtirshgan  va  kafolatlangan  natija  berishiga  tsaratilgan 
pedagogik jarayondir. 
Pedagogik  maqsadning  amalga  oshishi  va  kafolatlangan  natijaga  erishish 
o’qituvchi  va  talabaning  hamkorlikdagi  faoliyati,  ular  qo’ygan  maqsad,  tanlagan 
mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog’liq. 
O’qituvchi 
va 
talabaning 
maqsaddan 
natijaga 
erishishida 
qanday 
texnologiyani  tanlashlari  ular  ixtiyorida,  chunki  har  ikkala  tomonning  asosiy 
maqsadi  aniq  natijaga  erishishga  qaratilgan  bo’lib,  bunda  talaba  larning  bilim 
saviyasi,  guruh  xarakteri,  sharoitga  qarab,  ishlatiladigan  texnologiya  tanlanadi. 
Masalan,  natijaga  erishish  uchun  balki,  kompyuter  bilan  ishlash  lozimdir,  balki 
film  (yoki  tarqatma  material,  chizma  va  plakat,  axborot  texnologiyasi,  turli 
adabiyotlar) kerak bo’lar. Bularning hammasi o’qituvchi va talabalarga bog’liq. 
SHu  bilan  birga  o’quv  jarayonini  oldindan  loyihalashtirish  zarur.  Bu 
jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va shiroitni, eng 
asosiysi, talabalarning imkoniyati va extiyojini va hamkorlikdagi faoliyatni tashkil 
eta  olishini  hisobga  olishi  kerak.  SHundagina,  kerakli  kafolatlangan  natijaga 
erishish  mumkin.  Qisqacha  aytganda,  talabani  ta’limning  markaziga  olib  chiqish 
kerak. 
Hozirgi  kunda  oliy  ta’lim  muassasalaridagi  o’qitish  jarayonida  “Juftlikda 
ishlash”,  “Kontseptual  xarita”,  “Hamkorlikda  ishlash”,  “FSMU”,  “Blits-so’rov”, 
“Zig-zag”,  “Davra  suhbati”,  “Nilufar  guli”,  “Kichik  guruhlarda  ishlash”, 
“Sinkveyn”,  “Pinbord”,  “Bumerang”,  “Debatlar”,  “Insert”,  “Aqliy  hujum”, 
“Klaster”,  “Kubik”,  “Tushunchalar  tahlili”,  “T-sxema”,  “Venn  diagrammasi”, 
“BBB  strategiyasi”,  “Ikki  qismli  kundalik”,  “Esse”,    “Taqriz”,  “Keys-stadi”, 
“Baliq  skleti”,  “Assesment”,”Zinama-zina”,  “Rolli  o’yinlar”  va  shu  kabi  yuzlab 


har  xil  innovatsion  ta’lim  texnolgiyalari  ishlab  turibdi  va  pedagoglar  o’z  dars 
mashg’ulotlarining mazmuniga ko’ra ulardan samarali foydalanmoqdalar. 
 
5.6. Ta’lim metodlarini tanlash. 
Ta’lim  metodlarini  tanlash  birinchidan,  darsda  ko’zda  tutilgan  o’quv 
maqsadlariga  bog’liq.  Masalan,  darsning  maqsadi  yangi  bilimlarni  o’rganishdan 
iborat  bo’lsa,  o’qituvchi  bu  bilimlarni  o’zi  bayon  etadi  yoki  talabalarning  kitob 
bilan  mustaqil  ishlashini  tashkil  qiladi.  Birinchi  holda  u  turli  xil  narsalarni 
ko’rsatish bilan qo’shib olib boriladigan hikoya, tushuntirish, ma’ruza yoki suhbat 
usulidan  foydalanishi  mumkin.  Agar  darsda  talabalarda  amaliy  ko’nikmalar  hosil 
qilinishi kerak bo’lsa, buning uchun mashq qilish usuli qo’llaniladi. 
Ikkinchidan,  o’rganiladigan  fanning  mazmum  va  darsning  aniq  materialiga 
bog’liq  bo’ladi.  Masalan,  «Tikuv  buyumlari  texnologiyasi»  fanida  o’rganish 
kiyimga  ishlov  berishda  bir  xil  usullar,  ishlab  chiqarish  ta’limi  darslarida  esa 
butunlay  boshqa  usullar  qo’llaniladi.  Ayrim  hollarda  o’rganilayotgan  texnologik 
jarayonlarni talabalar bevosita kuzatishlari mumkin. SHuning uchun o’qituvchi bu 
kuzatishni  tajribalarda  yoki  mehnat  faoliyati  jarayonida  tashkil  etadi.  Agar  ularni 
bevosita  kuzatish  mumkin  bo’lmasa,  o’qituvchi  turli  xil  ko’rsatmali  qurollarni 
namoyish qilishdan foydalanadi. 
Uchinchidan,  talabalarning  ilgarigi  tayyorgarlik  darajasiga  va  shaxsiy 
tajribasiga  bog’liq.  Agar  yangi  material  talabalarga  butunlay  notanish  bo’lsa, 
o’qituvchi  buni  ko’rsatmali  qurollar  va  tajribalarni  ko’rsatish  bilan  qo’shib  o’zi 
bayon qiladi.  
Nihoyat,  to’rtinchidan,  ma’lum  bir  o’qitish  usulini  tanlash  asbob-uskunalar, 
ko’rsatmali qurollar va o’quv jarayonining normal o’tishini ta’minlaydigan boshqa 
shart-sharoitlarning  borligiga,  shuningdek,  o’qituvchining  tajribasi,  ish  uslubi  va 
shaxsiy sifatlariga bog’liq. O’qituvchining vazifasi-bu shart-sharoitlarni yaxshilash 
hamda o’zining pedagogik mahoratini doimo takomillashtirib borishdan iborat. 
Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim: 


 zamonaviy  didaktikaning  etakchi  g‘oyalari,  ta’lim,  tarbiya  va 
rivojlantirishning umumiy maqsadlari; 
 o‘rganilayotgan  fan  mazmuni  va  metodlari,  mavzularining  o‘ziga 
xosligi; 
 xususiy  fanlar  metodikasining  o‘ziga  xosligi  va  umumdidaktik 
metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi; 
 muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni; 
 u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt; 
 ta’lim oluvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;  
 ta’lim oluvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi; 
 o‘quv  muassasalari, auditoriyalarning  moddiy  ta’minlanganlik  darajasi, 
jihozlar, ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi; 
 o‘qituvchining  imkoniyatlari,  nazariy  va  amaliy  jihatdan  kasbiy 
tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari; 
 o‘quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatilganligi. 
O‘qituvchi  bu  holatlarni  inobatga  olib,  u  yoki  bu  ketma-ketlikda  og‘zaki, 
ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish 
metodlarini  nazorat  va  o‘z-o‘zini  nazorat  metodlarini  tanlash  borasida  aniq 
echimlar qabul qiladi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
 
8.  Ta’lim metodlari deganda nimani tushunasiz? 
9.  O’qish va o’qitish tushunchalarini izohlab bering? 
10. Ta’lim metodlari qanday tasniflanadi? 
11.  Og’zaki ta’lim metodlarini qanday turlari mavjud? 
12.  Suhbat metodini o‘ziga xos xususiyatlari nimada? 
13. Og‘zaki bayon etishda o‘qituvchi nutq texnikasi qanday bo‘lishi kerak? 
14. Ko’rgazmali metodlarni afzalliklarini tushuntirib bering? 
15.  Mashq nima? 
16.  Innovatsiya tushunchasiga ta’rif bering? 
17. Ta’lim metodlarini tanlash qanday mezonlarga asoslanadi? 


6. TA’LIM  JARAYONIDA KO’RGAZMALI VOSITALARIDAN 
FOYDALANISH METODIKASI 
 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin