Kimyoviy xossalari
Indiy kimyoviy xossalariga ko‘ra alyuminiyga yaqin. Shunga qaramay, metall galliyning kimyoviy faolligi nisbatan sust ekanini alohida aytib o‘tish lozim va shu sababli, u qatnashgan reaksiyalar sekinroq kechadi. Galliyda ham havoda juda yupqa oksid plyonkasi hosil bo‘ladi va uning keyingi oksidlanish jarayonlaridan to‘sadi.
Galliy qaynoq suv bilan reaksiyaga kirishib, undan vodorodni chiqarib tashlaydi va galliy gidrooksidi hosil qiladi:
2Ga+6H2O→2Ga(OH)+3H2↑
350 ℃ haroratdagi o‘ta qizigan bug‘ bilan reaksiyada esa u galliy oksidi gidrati, yoki, metagalliy kislotasi – GaOOH hosil qiladi:
2Ga+4H2O→2GaOOH+3H2↑
Mineral kislotalar bilan ta’sirlashganda galliy tuz hosil qiladi va vodorod ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi:
2Ga+6HCl→2GaCl3+3H2↑
Galliy galogenlar bilan ha reaksiyaga kirishadi: uning xlor va brom bilan reaksiyasi xona haroratida ham boshlanaveradi; ftor bilan esa hatto −35℃ da ham reaksiyaga kirishadi va harorat 20 ℃ va undan baland bo‘lsa, reaksiya alanga oladi. Yod bilan reaksiyaga kirishishi uchun esa qizdirish talab etiladi.
Galliy elementi vodorod, uglerod, azot, kremniy va brom bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Dostları ilə paylaş: |