O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/64
tarix26.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#118666
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64
O‘zbekiston respublikasi

Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish 
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tishdan oldin shu mavzuni 
o‘quvchilar ongli o‘zlashtirishlari uchun doskaga kelishiklarga doir jadval osib qo‘yiladi. 
№ Kelishiklar nomi 
Qo‘shimchasi 
So‘roqlari 

Bosh kelishik 

kim? nima? 

Qaratqich kelishigi 
-ning 
kimning? nimaning? 

Tushum kelishigi 
-ni 
kimni? nimani? 

Jo‘nalish kelishigi 
-ga,-ka,-qa, 
kimga? nimaga? 

O‘rin-payt kelishigi 
-da 
kimda? nimada? 

Chiqish kelishigi 
-dan 
kimdan? nimadan? 
Jadval asosida suhbat metodida kelishiklar haqidagi o‘quvchilar bilimi eslatiladi va ularning 
yangi mavzuni o‘rganishlarigazamin tayyorlanadi: Nechta kelishik bor? Nomini, qo‘shimchasi va 
so‘rog‘ini ayting. Kelishiklar qaysi so‘z turkumiga qo‘shiladi? Kelishik qo‘shimchalari qanday 
vazifa bajaradi? Misollar bilan tushuntiring. O‘quvchilar aytgan bitta gap doskaga yozdiriladi va 
tahlil qilinadi: 
Bilim davlatdan qimmat. (Maqol.) 
Davlatdan-ot, chiqish kelishigi qo‘shimchasini olgan, bu-dan qo‘shimchasi otni qimmat 
so‘ziga bog‘lagan. O‘quvchilar javobi umumlashtiriladi. 
Shundan so‘ng oldindan doskaga yozib qo‘yilgan darslikdagi 270-mashq ustida ishlanadi: 


-O‘qing. Tagiga chizilgan so‘z qaysi turkumga kiradi? Shu so‘z qaysi shaxsni bildiradi? 
Bizni olmoshi qaysi qo‘shimcha bilan qo‘llangan? Bu qo‘shimcha biz olmoshini qaysi so‘zga 
bog‘lagan? Ularni birlikda yozing: Bizni olib bordilar. Kelishik qo‘shimchasini va bog‘lanishini 
tegishlicha belgilang. Kelishik nomini qisqartirib tepasiga yozing. 
Ikkinchi gapni o‘qing. Olmoshni qaysi qo‘shimcha olganini ayting. Qaratqich kelishigi otni 
qaysi so‘zga bog‘lagan? Ularni birikma tarzida yozing: Bizning ko‘z o‘ngimizda va qo‘shimchani, 
so‘zlarni bog‘lanishini belgilang. 
Qolgan gaplar ham shu tahlitda bajariladi. Doskaning bir tomonida quyidagi birikmalar 
yuzaga keladi: 
Bizni olib bordilar 
Bizni ko‘z o‘ngimizda 
Bizga gapirib berdi 
Biz tingladik 
Bizda qoldirdi 
O‘quvchilar javobi yana suhbat yo‘li bilan umumlashtiriladi: Kishilik olmoshlari qaysi 
qo‘shimchalarni oladi? Qaysi kelishik qo‘shimchalari olmoshga qo‘shilib keladi? Bu 
qo‘shimchalar olmoshlarni qaysi so‘zlarga bog‘laydi? (boshqa so‘zlarga) Kelishik 
qo‘shimchasini olgan bizni, bizning, bizga, bizda qaysi so‘roqlarga javob bo‘lyapti? Ular gapda 
qaysi bo‘lak bo‘ladi? (2-darajali bo‘lak) Biz olmoshiga so‘roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda 
qaysi bo‘lak bo‘lib kelyapti? (Ega) 
O‘quvchilar javobi aniqlashtiriladi; Kishilik olmoshlari ham kelishik qo‘shimchalarini oladi. 
Kelishik qo‘shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, qaratqich, jo‘nalish, o‘rin-payt, 
chiqish kelishigidagi olmoshlar 2-darajali bo‘lak bo‘lib keladi. Bosh kelishikda esa ega vazifasini 
bajaradi: Biz mehnatni sevamiz. 
Kishilik olmoshining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushuncha mashqlar yordamida 
mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlarini qaysi kelishikda ekanligi, ularni o‘zi bog‘langan 
so‘z bilan birikma tarzida ko‘chirish, shaxs-sonini aniqlash, chiziqchalar o‘rniga topshiriqqa mos 
olmoshlar qo‘yish (El II shaxs, birlik, jonalish, k.) chozsa qol ( III shaxs, birl, jon. k) doim sodiq 
bol.) ot o‘rnida qo‘llangan olmoshlarni aniqlash., ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar 
bajariladi. 
Keyingi daoslarda o‘quvchilarning kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi 
paytidagi imlosini o‘zlashtirishlariga, ijodiy yozma ishlar uyushtirishga va ularda kishilik 
olmoshlaridan to‘g‘ri foydalanib nutqni uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llashlariga, shuningdek, nutqda 
kishilik olmoshlaridan o‘rinsiz va tinimsiz foydalanishlarini bartaraf etishlariga qaratiladi. Kishilik 
olmoshlarini o‘rinsiz ko‘p ishlatishlarini bartaraf etish uchun o‘quvchilarning ijodiy yozma ishlari: 
bayon va insholari o‘qib berilib, tahlil qilinadi. 
O‘quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini man, san tarzida sheva ta’siriga berilib talaffuz 
qilish holatlari uchraydi, kishilik olmoshlariga ajratilgan darslarini yana bir vazifasi shu kabi 
kamchiliklarni yo‘qotishdir. 
O‘quvchilar kishilik olmoshlaridan nutqda to‘g‘ri foydlalanishga o‘rgatish nutqiy 
g‘alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin