sharoitiga qarab har xil moddalar hosil bo’ladi. Benzol temir (katalizator)
11
ishtirokida vodorod peroksid bilan oksidlanganda ozroq pirokotexin, xromli
aralashma ta’sirida oksidlanganda esa parabenzoxinon hosil bo’ladi:
OH O OH OH
| || | |
_OH
H
2
O
2
Fe
||
pirokatexin
O
parabenzoxinon
Fenollar oddiy sharoitda havo kislorodi ta’sirida oksidlanib qoladi, bunda
ularning rangi sekin-asta qizaradi. Sof fenol havoda juda sekin oksidlanadi.
5. Fenolga nitrit kislota ta’sir ettirilganda n-nitrozofenol hosil bo’ladi.
6. G i d r i d l a sh. Yuqori temperatura va katta bosimda nikel
katalizatorligida fenollar vodorodni biriktirib oladi va natijada siklogeksanollar
hosil bo’ladi. Ana shu usul bo’yicha fenoldan tsiklogeksonal olinadi:
CH − CH CH
2
− CH
2
∕∕ \\ +H/Pt ∕ \
HC C − OH → H
2
C CH − OH
\ ∕ \ ∕
CH = CH CH
2
− CH
2
Sanoatda sun’iy tola – kapron ishlab chiqarishda kaprolaktam shu reaktsiya
yordamida olinadi.
7. K o n d e n s a t l a n i sh r e a k t s i y a l a r i. Fenollar aldegid bilan
kondensatlanish reaktsiyasiga oson kirishadi. Kondensatlanish reaktsiyasida
fenolning orto- va para-holatlaridagi vodord atomlarigina qatnashadi. Bu
reaktsiyalar ichida fenollar bilan alifatik aldegidlar o’rtasida sodir bo’ladigan
kondensatlanish reaktsiyasi katta amaliy ahamiyatga ega. Fenol va krezollarning
ko’pchilik miqdori, asosan, fenol-formaldegid smolalar ishlab chiqarishga sarf
bo’ladi. Bu xil smolalardan sanoatda plastik massalar, loklar tayyorlanadi.
Fenolformaldegid smolalar fenol, krezol va boshqalarni formaldegid bilan ishqoriy
12
yoki kislotali muhitda polikondensatlab olinadi. Kondensatlanishning boshlang’ich
bosqichida fenollarning metilolli hosilalari – orto- va para-holatlarida
oksimetilgruppa bo’ladigan moddalar – fenolspirtlar hosil bo’ladi.
Reaktsiyaning keyingi bosqichida esa oksibenzil spirtlar o’zaro
polikondensatlanib suv ajratib chiqaradi va yuqori molekulyar modda – smola
hosil bo’ladi.
Agar polikondensatlanish reaktsiyasi uchun fenol ko’proq olinsa, hosil
bo’lgan yuqori molekulyar smola molekulasi zanjirining ikki uchida kirisha
oladigan gruppa – metilol gruppa bo’lmaydi.
Bu xil smolalar n o v o l a k l a r deyiladi. Agar formaldegid ko’proq
miqdorda olinsa, zanjir tarkibidagi fenolning
o- va
n-holatlarida metilol gruppa
bo’ladi.
Bu xil smolalar r e z o l l a r deb ataladi. Novalaklar hamda rezollar
molekulyar og’irligi uncha katta bo’lmagan (700 – 1000) va organik erituvchilarda
eriydigan smolalardir. Polikondensatlanishni davom ettirish maqsadida reaktsion
aralashma qizdirilsa rezollar erimaydigan va yumshamaydigan to’rsimon
strukturaga ega bo’lib qoladi. Bu xil strukturali polimerlar r e z i t l a r deyiladi.
Dostları ilə paylaş: