O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə118/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   250
majmua

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA

SHunga qaramasdan matematik usul mantiq faniga singib bormoqda, uning ajralmas qismi bo‘lib takomillashmoqda.


Hozirgi zamon mantiq ilmini simvollarsiz, matematik mavhumiyliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHuning uchun mantiq ilmi mutaxassislari matematik mantiq asoslari bilan tanish bo‘lishlari zarur.
Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish Arastu asarlaridayoq ko‘zga tashlanadi. XVI – XVII asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani rivojlanishi bilan matematik metodni mantiqqa tadbiq etish imkoniyati kengaya bordi. Nemis faylasufi Leybnits har xil masalalarni echishga imkon beruvchi mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni matematiklashtirishga asos soldi.
Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan XIX asrlarga kelib rivojlana boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi I. S. Poretskiy, nemis va ingliz olimlari J. Bul, Fure, Morgan, SHryoder kabilar o‘zlarining asarlarida bu masalaga oid muhim fikrlarni ilgari surishdi. Hozirgi vaqtda matematik mantiq metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon mashinalarda va boshqa ko‘p halq xo‘jaligi sohalarida qo‘llanilmoqda.
Mantiq fanining yo‘nalishlari
Formal mantiq - fikrlashning tuzilishi va uning qonunlari haqidagi fandir. Formal mantiq fikrlashning rivojlanishini, uning takomillashish jarayonini o‘rganishni o‘zidan soqit qiladi. U fikrlashning mantiqiy tuzilishini, shaklini o‘rganadi. Insonning fikrlash shakli, tuzilishi turli qonunlarga asoslanadi va ularni keltirib ham chiqaradi. Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida ifoda etish mumkin. Masalan,
«Hamma ziyolilar aqliy mehnat bilan shug‘ullanadilar», «Hamma kapalaklar hasharotdir» degan fikrlarning mazmuni turlicha bo‘lsada, ularning tuzilishi, shakli bir xildir. Shuning uchun ularni «Hamma S – R dir» yoki «Hamma a – v dir», deb ifodalash mumkin.Formal mantiq va klassik mantiq tushunchalari sinonim tushunchalar bo‘lib,unda muloxazalar ikki qiymatli, ya’ni chin yoki xato bo‘ladi.
Klassik mantiqdan farq qiluvchi hozirgi zamon mantig‘i turli yo‘nalishlardan iborat bo‘lib, ular birgalikda noklassik mantiq deb nomlanadi.
Ko‘p ma’noli mantiq hozirgi zamon noklassik mantig‘ining bir tarmog‘i bo‘lib, fikrlashni «chin», «xato», «qisman chin», «qisman xato», kabi tushunchalar orqali ifodalaydi. Agar umumiy formal mantiqda mulohazalar ikki qiymatli (chin yoki xato) bo‘lsa, ko‘p ma’noli mantiqda mulohazalar uch va undan ortiq qiymatlidir. SHuning uchun bu mantiq «ko‘p ma’noli mantiq» deb yuritiladi. Bu mantiqda eng oddiy sistema uch ma’nolidir. Masalan, Siz “inson huquqlari deklaratsiyasi”ni bilasizmi? -degan savolga “ha”, “yo‘q”, “ozgina bilaman ” kabi javoblarni olish mumkin.
Induktiv mantiq (lot. Intuitio – dikqat bilan e’tibor berish, diqqat bilan kuzatish) – Hozirgi zamon noklassik mantig‘i tarmog‘i bo‘lib, matematik intuitsiya prinsiplaridan kelib chiqadi. Bu prinsiplar XX asr olimlari L. E. Brauer va A.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin