Huquq va axloq. Huquq – davlat tomonidan belgilangan va uning majburlov kuchiga tayanadigan xulq-atvor umumiy normalarining majmui. Axloq ham jamoatchilik fikri, ya’ni qilmishni ma’qullash yoki qoralash bilan mustahkamlanadigan xulq-atvor qoidalari majmuidir. Axloq va huquq normalari o‘zlari muhofaza qiladigan ijtimoiy munosabatlar mazmuni, normativ talablarni mustahkamlash usullari, ularning shaxs xulq-atvoriga samarali ta’siri darajasiga ko‘ra ajralib turadi. Axloq va huquq normalarining mazmuni o‘rtasida jiddiy farq mavjud emas. Masalan,
«o‘g‘rilik qilma» – bu ham axloqiy qoida, ham huquq normasidir. Ammo huquq normalari o‘z tartibga solish doirasi bilan axloq me’yorlari bilan tartibga solina- digan ijtimoiy munosabatlarning ulkan hajmini to‘la qamrab olmaydi. Masalan, oilaviy munosabatlar sohasida huquq ota-onaga o‘z farzandlarini tarbiyalash majburiyatini yuklaydi, lekin ota-onani bir-birini sevish, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishga majburlamaydi. Huquq va axloq o‘rtasidagi farqni ular ko‘rsatadigan ta’sirning samaradorlik darajasida ham ko‘rish mumkin. Bizning nazarimizda, davlat majburlovi kuchiga tayanadigan huquq axloqqa qaraganda samaraliroqdir. Ammo, muayyan sharoitda inson uchun huquq axloqiy me’yorlar nufuzi qarshisida ojiz bo‘lishi mumkin. Bu hol, shaxsning qadriyatlarga munosabati mazmuni bilan, muayyan inson qaysi axloqiy qadriyatlarga tayanishi, shuningdek, u yashaydigan muhit, ya’ni individ fikrini qadrlaydigan referent guruhning qandayligi bilan belgilanadi. Shu sababli axloqiy yo‘l tanlashda ayrim inson uchun ishlab chiqarish jamoasi yoki maktab (talabalar) guruhining nufuzi muhim ahamiyat kasb etishi mumkin, boshqa shaxs uchun esa diniy sekta yoki jinoiy guruh a’zolarining fikri ustunlik qilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, axloq jamoatchilik fikriga tayanadi.
Ammo, inson xulq-atvoriga baho berish juda mushkul ish, chunki uning zamirida muayyan sabablar yotadi, u muayyan sharoitda sodir etiladi, ob’ektiv oqibatlarga olib keladi va maqsadga erishishning muayyan vositalarini tanlashni nazarda tutadi. Jamoatchilik fikri shaxs xulqatvoriga baho berishda ijtimoiy mustahkamlangan axloq me’yorlariga amal qiladi, shaxs esa axloq haqidagi o‘z tasavvurlaridan kelib chiqadiki, ular umumiy e’tirof etilgan me’yorlardan ancha farq qilishi mumkin. Muayyan sharoitda bir individ o‘z vijdonining ovoziga quloq solsa, boshqa bir individ umumiy qabul qilingan axloqiy tasavvurlarga qarab mo‘ljal oladi, ya’ni «har qanday vijdonli odam» kabi ish ko‘radi. Birinchi yoki ikkinchi individning qilmishini axloqiy deb hisoblash mumkinmi? Agar birinchi individ vijdonining ovozi umuminsoniy axloqiy tamo yillarga mos kelsa, uning qilmishiga axloqiy jihatdan shubhali, murosasoz va qo‘rqoq shaxs, chunki uning qilmishi jamoatchilikning qoralashidan qo‘rqish bilan izohlanadi. Sirtdan belgilangan qilmish axloqiy sanalmaydi. Huquqiy majburlov va jamoatchilik fikri yoki Tangri la’natidan qo‘rqish emas, balki shaxsning ichki mayli axloqiy qilmishning muhim belgisi hisoblanadi.
Xulosalar. Axloq shaxs erkinligini, uning o‘zini, o‘z ehtiroslarini boshqarish qobiliyatini, insonning o‘z qilmishlari uchun, avvalo, o‘zi oldida javobgarligini nazarda tutadi. Axloq inson aqlini ezgu ishlarga yo‘naltiradiki, bu shaxsiy manfaatdorlik tuyg‘usidan xoli yaxshi niyatlarda namoyon bo‘ladi. Individ erkinligi va axloqiy qadriyatlarning mos kelishi axloqqa xos xususiyatdir.Jamiyatning axloqiy qoidalari shaxsga bu qoidalarga rioya etish majburiyatini
yuklaydi, shu sababli burch axloqiy qilmishlarga turtki beradigan muhim ichki omil hisoblanadi. Bundan xulq-atvor me’yorlari va andozalariga oddiy rioya etish nari borsa ijtimoiy jarayon bir maromda kechishini ta’minlash imkonini beradi. Uning rivojlanishi uchun esa ijod imkoniyat yaratadi. Bunda ijodning vazifasi tarix talablariga javob berish, faoliyatning mutlaqo yangi dasturlarini topishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |