O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Informatsion texnologiyalar



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə193/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   250
majmua

Informatsion texnologiyalar - estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari talabalariga “Sizning ideallaringiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko'pchiligi san'at, adabiyot va ma'rifat sohasida ko'proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Biroq, endilikda estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma'naviy jarayonlarga ko'rsatayotgan global
ta'siriga befarq bo'lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta'sirlardan biri - bu elektron axborot

vositalardir. Bu borada “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida qayd etib o'tilganidek, “Bugungi kunda ular bir vaqtning o'zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiysiyosiy, ma'naviy- ma'rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda.” Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o'zaro aloqasini xatto tashqi ko'rinishini ham tubdan o'zgarishiga olib keldi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 50 millionli auditoriyani radio 38 yilda, televidenie 13 yilda, internet esa bor-yo'g'i 4 yilda egallab olar ekan. Shunisi hayratlanarliki, 1998 yilda internetdan 143 million kishi foydalangan bo'lsa, 2001 yilda ularning soni 700 millionga yetgan. Bugungi kunga kelib esa internetdan foydalanayotganlar 1,5 mlrddan oshib ketdi. Bu borada uyali telefon xizmatini aytmasa ham bo'ladi... Biroq, elektron axborot vositalari qanday xususiyatga egaki, uning ta'sir doirasi bunchalik tez yoyilmoqda? Bu borada mutaxassislarning fikriga ko'ra, avvalo: - narxining arzonligi; - asosiy mahsulot – bilim, axborot, moda va imidj; - yangi iqtisodiyot


- u axborotga ega bo'lishni xoxlaydigan odamlarga imtiyoz bag'ishlaydi; - chinakam global xarakterga ega ekanligi. Ahamiyat berilsa, yuqorida ko'rsatib o'tilgan xususiyatlarning barchasi yoshlarning manfaatiga, tuyg'ulariga va dunyoqarishiga mos keladi. Bu xususiyatning barchasi birgina internetda jamlaganligiga e'tibor beradigan bo'lsak, yoshlarning estetik tarbiyasidagi o'zgarishga bo'ladigan ta'sir san'at va adabiyotdanda ko'lamliroq ekanligiga shubha qilmasa ham bo'ladi. Mahalla - estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga ta'siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo'lib, u bugun shaxsning ijtimoiy–siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy–huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko'mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta'sir ko'rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o'z navbatida o'z oldigan qo'ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi. Chunonchi mahalla; - o'ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, ko'rkamligini hamda fuqarolarning hamjihatligini ta'minlashi bilan; - turmush nafosati va muomala estetikani shakllantirib, insonlar qalbida ijobiy tuyg'ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi bilan; - mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo'l qo'ymasligi hamda qo'shnichilik madaniyatini kamol toptirishi bilan; - san'at, madaniyat, ma'rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida bo'ladigan rang-barang mavzulardagi ma'ruzalarni, suhbatlarni uyushtira olishi bilan; - isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo'l qo'ymagan holda urf-odatlar, an'analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli, chiroyli o'tishini ta'minlashi va hokazo shu kabilar bilan inson estetika
tafakkurini shakllantirishda birlamchi maskan bo'lib hisoblanadi. Tabiat - estetik tarbiyaning zaruriy



Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin