Scan Disk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniklaydi. Bu dasturdan kupincha Windows dan notugri chikkanda (Kompyuterni Pusk\Zavershenie rabotы\Vыklyuchit kompyuter ketma-ketligidan uchirilmaganida) foydalaniladi. Buning uchun Pusk/Programmы/Standartnыe/ Slujebnыe programmы qism menyusida Proverka diska (Scan Disk) bo’limi nomi «sichkoncha» bilan 2 marta bosilsa, ekranda bu dasturning muloqot oynasi xosil bo’ladi. Bu oynada tekshirilishi kerak bo’lgan nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan. Tekshirish ikki – Standart (Standartnaya) yoki to’liq (Polnaya) rejimda bajarilishi mumkin. Bu rejimlardan kerakligi va xatoliklarni avtomatik tugrilash (Ispravlyat oshibki avtomaticheski) xolati tanlanib, Zapusk tugmasi bosiladi.
Diskni Defragmentatciya qilish (Defrag). Ma`lum vakt o’tgandan sung kupchilik fayllar fragmentlarga ajratiladi va ular diskning xar xil bulaklarida joylashib koladi, bu esa faylni o’kish va saklash ishlarini sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to’plash va ularni siqish jarayoni defragmentatciya deb yuritiladi va bu jarayon fayllarni yozish va o’kishni tezlashtirish imkonini beradi. Fayllarni defragmentatciya qilish – Defragmentatciya diska /Defrag dasturi yordamida amalga oshiriladi. Bu dastur ishlaganda, ekranda defragmentatciya oynasi ochiladi va defragmentatciya jaraeni qanday kechayotgani protcentlarda ko‘rsatilib turiladi.
Takrorlash uchun savollar
-
Magnit disklar qanday sabablarga ko’ra ishdan chiqadi?
-
O’chgan axborotlar qanday dasturlar yordamida qayta tiklanadi?
-
O’chgan axborotlarni qanday hollarda qisman yoki tula tiklash mumkin?
-
Fizikaviy kamchiliklar qanday paydo bo‘ladi?
-
Mantiqiy defektlar qanday paydo buladi?
-
Buzilgan fayllarni qaysi dasturlar yordamida tiklash mumkin?
4 –ish. ANTIVIRUS DASTURLARI BILAN ISHLASh TEXNOLOGIYASI
1. Ishning maqsadi:
1.1 Antivirus dasturlar bilan ishlash texnologiyasini o‘rganish.
1.2 Virus tushishi oldini olishni o‘rganish.
1.3 Kompyuterga tushgan viruslar xujumining oldini olishni o‘rganish.
2. Ishni bajarish tartibi.
2.1. Nazariy ma`lumot va adabietlarni o‘rganish.
2.2. Amaliy ish uchun berilgan topshiriqni bajarish.
2.3. Nazorat savollarga javob berish.
3. Amaliy ish uchun topshiriq.
3.1 Biror antivirus dasturini ishga tushiring.
3.2 Antivirus dasturi erdamida yumshoq diskni tekshiring.
3.3 «C» diskda viruslarni aniqlash uchun antivirus dasturini ishga tushiring.
3.4 «C» diskda viruslarni aniqlash va davolash uchun antivirus dasturini ishga tushiring.
3.5 Ma`lum bir katalogdagi viruslarni aniqlash va davolash uchun antivirus dasturini ishga tushiring.
3.5 Antivirus dasturi hisobotini tahlil qiling.
Nazariy qism
Dastur viruslari
Kompyuter virusi – bu dastur kodidan iborat bo‘lib, boshqa dastur, hujjat yoki axborot tashish vositasining ma`lum bir qismiga o’rnashib olib, ruxsat berilmagan o’zgartirishni amalga oshiradi.
Kompyuter viruslarining asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
-
Dastur viruslari;
-
yuklanuvchi viruslar;
-
makroviruslar.
Kompyuter viruslari safiga troyans dasturlari ham kiradi.
Dastur viruslari bu dastur kodlaridan iborat bulib, boshka amaliy dasturlar tarkibiga kirishni muljallab yo’naltirilgan dasturlardir.
Amaliy dastur ishga tushirilganda u o’zining tarkibidagi virus kodini xam ishga tushiradi. Bu virus kodining ishi natijasida foydalanuvchidan yashirin tarzda kompyuter kattik diskining fayllar sistemasiga yoki boshka bir dasturning tarkibiga o’zgartirish kiritiladi. Masalan, virus kodi boshka dasturning tarkibida o’zining kodini xosil kilishi mumkin. Bu protcess ko’payishi deb ataladi.
Ma`lum bir vakt o’tgandan so’ng, dastur virusi etarlicha sondagi nusxalarni hosil kilib bo’lgach, kompyuterni buzishga kirishadi, ya`ni operatcion sistema va dastur ishining izdan chikishi, kattiq diskda saqlanaetgan axborotlarning o’chib ketishi va x.k.
Bu jarayon virus xujumi deb ataladi. Eng xavfli viruslar kattik diskni formatlab yuborishi xam mumkin. Diskni formatlash uzoq vaqt talab qiladigan jarayon bulib, bunda foydalanuvchi sezib kolishi mumkin bo‘lganligi sababli ko’pchilik xollarda virus kattik diskning sistema sohalarini buzish bilan kifoyalanadi, chunki bu fayllar joylashuvi jadvalini yukotish bilan barobar. Bu xolatda kattik diskdagi ma`lumotlar qoladi, ammo maxsus vositalarsiz ulardan foydalanib bo’lmaydi.Chunki kaysi sektorlarda kaysi fayllar joylashganligi noma`lum.
Xech qanday virus kompyuterning apparat taqsimotini ishdan chikara olmaydi, deb hisoblashadi. Ammo shunday xollar buladiki, dastur buzilishi apparat vositasini almashtirish orkali tuzatiladi.
Masalan, ko’pchilik zamonaviy kompyuterlarda BIOS kayta yoziladigan doimiy eslash kurilmalarida yozilgan. Mikrosxema flesh xotirasi axborotni kayta yozish imkoniyati borligidan ba`zi viruslar BIOS ni o’chirishda foydalanadi. Bunday xolda kompyuterning ishga yaroqsizligini tuzatish uchun yoki mikrosxemani almashtirish yoki maxsus dasturlarda BIOS ni kayta yozish kerak.
Yuklanuvchi viruslar
Yuklanuvchi viruslar dastur viruslaridan tarkalish usuli bilan fark kiladi. Ular dastur fayllarini emas, balki magnit vositalar(yumshok va kattik disk) ning sistema soxalarini buzadi. Bundan tashkari ular ishlab turgan kompyuter tezkor xotirasida vaktincha saklanib turishi mumkin. Odatda bunday virus bilan zararlanish sistema soxasi yuklanuvchi virus bo’lgan magnit vosita yordamida kompyuterni yuklashga xarakat kilinganda sodir buladi. Masalan, kompyuterni yumshok diskdan yuklashga xarakat kilinganda yuklanuvchi virus avval tezkor xotiraga o’tadi, sungra esa qattik diskning yuklanuvchi sektoriga o’tadi, shundan so’ng bu kompyuterning o’zi yuklanuvchi virusni tarkatuvchi vosita bulib xizmat kiladi.
Makroviruslar
Bular viruslarning alohida turi bulib, bu viruslar makrokomanda ishlatiladigan amaliy dasturlarning hujjatlarini zararlantiradi. Xususan bunday hujjatlarga Microsoft Word matn protcessori hujjatlari kiradi. Zararlanish hujjat faylini dastur oynasida ochganda agar unda makrokomandadan foydalanish imkoniyati bekor kilinmaganda sodir buladi.
Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullari
Kompyuter viruslaridan himoyalanishning 3 yo‘nalishi mavjud:
-
virus tushishi oldini olish;
-
agar virus kompyuterga tushishga ulgurgan bo‘lsa, virus hujumining oldini olish;
-
buzilish oqibatlarining oldini olish, agar virus hujumi boshlanib bo‘lgan bo‘lsa.
Himoyani amalga oshirishning 3 ta usuli mavjud.
-
himoyaning dastur usuli,
-
himoyaning apparat usuli,
-
himoyaning tashkiliy usuli.
Virusga qarshi himoya vositalari
Axborotlarni himoyalashning asosiy vositalaridan eng birinchisi muxim axamiyatga ega bo‘lgan ma`lumotlarni ko’shimcha nusxalashdir. Yukorida ko’rsatilgan xollardagi axborot yo’kotishlarda kattik disk formatlanib, yangidan foydalanishga tayyorlanadi. Toza formatlangan diskka distributiv kompakt diskdan operatcion tizim o’rnatiladi, keyin uning boshkaruvida kerakli dastur ta`minoti o’rnatiladi. Kompyuterni qayta tiklash qo’shimcha nusxadan ma`lumotlarni kayta tiklash bilan yakunlanadi.
Ma`lumotlarni nusxalashda shuni esda tutish kerakki, Internetning tarmoq xizmatidan foydalanishga ruxsat beruvchi ruyxatga olingan va parol xakidagi ma`lumotlarni aloxida kompyuterda saklash kerak buladi. Ularni kompyuterda saklash mumkin emas. Ular alohida xonalarda saklanish kerak.
Kimmatli va maxfiy bo’lmagan ma`lumotlarni saklashning ishonchli va zamonaviy usullaridan biri ularni Internet serverining WEB papkasida saklashdir.
Axborotlarni himoyalashning ko’shimcha vositalariga antivirus dasturlari va apparat himoya vositalari kiradi. Masalan «ona plata» dagi maxsus ulagich (peremichka)ning uzilishi kayta dasturlanadigan doimiy xotira (PZU) dan ma`lumotlarni o’chib ketishining oldini oladi. Shunday viruslar borki, ular doimiy xotiradagi ma`lumotlarni o’chirib yuboradi.
Ko’plab antivirus dasturlari yaratilgan bo’lib ular quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi:
-
Tashki vositalar (yumshok disk)da kattik diskning obrazini hosil kilish ;
-
Doimiy ravishda qattiq diskda virusni aniqlash buyicha tekshiruv o’tkazib turish. Antivirus bazalarini yangilab turish kerak. Masalan, 1999 yil 26 aprelda W 95. CIH.1075 («Chernobil») virusi 100 minglab kompyuterlarni ishdan chiqishiga olib keldi. Bunga sabab o’sha vaktda bu virusga karshi vosita bo’lmaganligi bo’ldi;
-
Fayllarning o’lchamlari va atributlarining o’zgarishini nazorat qilib turish;
-
Qattiq diskka murojaatlarni nazorat kilib turish.
Antivirus dasturlar va ular bilan ishlash texnologiyasi
Kompyuter viruslarini aniqlash, o’chirish va ulardan muxofazalash uchun bir necha maxsus dasturlar ishlab chikilgandir. Bunday dasturlarni antivirus dasturlari deb yuritiladi. Bir - biridan farq kiluvchi quyidagi ko’rinishli dasturlar mavjuddir:
-
detektor dasturi;
-
doktor (davolovchi) dastur;
-
revizor(tavftish) dasturi;
-
filtrli dastur;
-
vaktcina yoki immunitet xosil qiluvchi dastur.
Detektor dasturi - tezkor xotirada joylashgan anik bir tavsifli virusni izlab topadi va u xakda ma`lumot beradi. Bunday dasturning kamchiligi shundaki, u aniklagan virus dastur ishlab chikkan kishi uchun oldindan ma`lum buladi.
Doktor - dasturi va vaktcina - dasturlari nafakat viruslarni aniklaydilar, balki ularni o’chirib diskning zararlangan sektorini davolaydilar, fayldagi virus dasturini uchirib, uning o’rniga faylning oldingi kurinishini kayta tiklaydilar. Ular, oldin tezkor xotiradan virusli dasturlarni izlab topadilar, sungra ularni o’chirib disk sektorini va fayllarni davolaydilar. Ular ichida davolovchi dasturning vazifasi shundaki, u oldin katta mikdordagi viruslarni izlab topadi, sungra ularni uchirib chikadi. Aktiv faoliyat kursatuvchi antivirus dasturlar: Aidstest, Scan, Norton Antivirus va Doktor Wed lar hisoblanadilar.
Revizor - dasturi viruslarga qarshi qo’llaniladigan dasturlar ichida eng ishonchlisidir. Chunki u, dasturlar, fayllar va tizimli diskning ishchi sektorining oldingi xolatini o’rganib chikadi, so‘ngra ularda buladigan o’zgarishlarni solishtirib va shu yo’l bilan viruslardan tozalab chikadi.
Filtrli dastur - uncha katta bulmagan rezidentli dastur bo’lib, kompyuterning me`yoriy ishlashiga xalakit beruvchi viruslarni aniklab o’chirishga muljallangan buladi.
Vaqtcinali yoki immunizatorli dasturlar - rezidentli dastur bulib, fayllarni zararlanishiga yo’l qo’ymaydi. U fakat ma`lum bo’lgan viruslardan kompyuterni asrab qolishi mumkin. Virusli epidemiyadan fayl, katalog va disk sektorlarini asrash uchun Doctor Web nomli antivirus dasturi keng qo’llanilmokda.
Doctor Web dasturi ko’plab xavfli viruslarni aniqlab o’chirish uchun qo’llanilmokda. Hozirgi paytda Doctor Web antivirus dasturining Windows uchun mo’ljallangan DrWeb32 nomli turi ishlab chikilgan bo’lib, uning bazasiga juda ko’plab virus turlari kiritilgan va uning bazasini INTERNET orkali yangilab turish imkoniyati mavjud.
Takrorlash uchun savollar
-
Kompyuter virusi nima?
-
Dastur viruslarining ishlashi qanday va ular kompyuterga qanday zarar etkazadi?
-
Makroviruslar qanday axborotlarga ta`sir kiladi?
-
"Troyannыy kon" dasturlari nima uchun ishlatiladi?
-
Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullari nimalardan iborat?
-
Viruslardan himoyalanishning qanday vositalari ishlatiladi?
-
Antivirus dasturlari qanday turlarga bo’linadi?
-
Apparat himoya vositasi qanday amalga oshiriladi?
5 –ish. ARXIVATORLAR. ARXIVLI FAYLLAR TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI
1. Ishning maqsadi:
1.1 Parol quygan holda arxivli fayllar tashkil qilish texnologiyasini o`rganish.
1.2 Arxivga yangi fayllarni ko‘shish yoki arxivdan olib tashlash texnologiyasini o‘rganish.
-
Arxivli fayl tarkibini ko’rish.
2. Ishni bajarish tartibi.
2.1. Nazariy ma`lumot va adabietlarni o‘rganish.
2.2. Amaliy ish uchun berilgan topshiriqni bajarish.
2.3. Nazorat savollarga javob berish.
3.Amaliy ish uchun topshiriq.
3.1 Bir nechta fayllardan iborat katalog yarating.
3.2 Biror arxivatordan foydalanib, katalogdagi fayllarni arxivga kiriting.
3.3 Arxivdagi fayllarni boshka bush katalogda kayta tiklang.
3.4 3.2 va 3.3 punktlardagi ishlarni parol kuygan xolda kayta bajaring.
3.5 Uzi ochiluvchi arxiv fayl yarating.
3.6 Arxiv faylni 1 Mb li bulaklarga bo‘lgan xolda arxivlang.
3.7 Arxiv ichidagi biror fayl tarkibini ekranga chikaring.
Nazariy qism.
Arxivatorlar va ularning vazifalari
Arxivatorlar-maxsus dasturlar bulib, ular ma`lumotlarni to’la saklagan xolda bir yoki bir nechta fayllarning xajmini kichraytirish hisobiga magnit disklarida joyni tejash uchun xizmat kiladi.
Arxivator tomonidan arxivda joylashtirilgan fayllar–arxivli fayllar deyiladi. Arxivli faylga yangi fayllarni qo’shish yoki olib tashlash mumkin. Xar bir arxivli fayl o’zining mundarijasiga ega bulib, uning yordamida arxivdagi fayllarning nomi, xajmi xamda yaratilgan sana va vakti haqida ma`lumotlarga ega bo’lish mumkin.
Arxivdagi fayllarni aynan oldingi holga kaytarib tiklash jarayoni - arxivli faylni ochish orkali amalga oshiriladi. Shuning uchun fayllarni arxivlarga joylashtirish yoki ularni qayta ochish jarayonlari uchun arxivator - dasturlardan foydalanish lozim.
Xozirgi paytda o’nlab arxivator - dasturlar mavjud bulib, ular asosan imkoniyatlari, funktciyalari xamda ish rejimlari bilan bir - biridan farq kiladi. Keng tarkalgan ARJ arxivator-dasturi bilan tanishib chikamiz.
ARJ arxivator va u bilan ishlash
ARJ arxivator-dasturining quyidagi imkoniyatlari mavjud:
-
joriy katalogdagi fayllarni (jami 32000 faylga) yagona arxivli faylga joylashtirish;
-
arxivga yangi fayllarni kushish yoki arxivdan olib tashlash;
-
arxivli fayl tarkibini ko’rish;
-
arxivator xakida ma`lumotga ega bo’lish;
-
arxivdagi fayllarni ketma-ketligini tartiblash, izohlarni fayllarda ko’llash;
-
o’z - o’zini ochuvchi arxivli fayllarni yaratish va xokazo.
ARJ arxivatori hakida to’la ma`lumot olish uchun buyruk satrida quyidagini kiritish kerak.
ARJ - ? yoki ARJ / ?
Uning umumiy formasi kuyidagi kurinishga ega:
ARJ < buyruk > [<1-kalit> [<2-kalit>...]] [fayllarning ismlar ruyxati>]
Bu parametrlardan ikkitasi, ya`ni:
va majburiy parametrlar bulib xisoblanadi, shuning uchun ularni ko’rsatish majburiydir.
parametri bitta simvol kurinishida ARJ arxivator nomidan keyin yoziladi va kuyidagi funktciyalarni bajarishni belgilaydi:
a - fayllarni arxivga yig’ish;
u - yangi fayllarni arxivli faylga qo’shish;
f - fakat yangi fayllarni arxivga qo’shish;
e - arxivdagi fayllarni joriy katalogda ochish;
d - fayllarni arxivdan o’chirish;
t - arxivni to’la testdan o’tkazish;
w - matnli qatorni arxivdan topish va xokazo;
< Arxiv ismi > parametrida arxivli faylning nomi beriladi. Arxivli faylning kengaytmasini yozish shart emas, chunki yangi arxivli fayl xosil kilinganda, u avtomatik ravishda o’zlashtiriladi (ARJ kengaytmasini oladi). Arxivatorning umumiy ko’rinishidagi kvadrat kavs ichida keltirilgan parametrlar majburiy bo’lmagan parametrlardir. Unda xar bir kalit " _ " belgi bilan boshlanadi. Bundan tashkari kalit belgi sifatida " / " belgini ham ishlatish mumkin.
ARJ arxivatorini amalda qullash bo’yicha misollar ko’rib chiqamiz:
1. Masalan DOKUMENT nomli katalogdagi fayllarni arxivga yig’ish talab etilsin. Unda DOKUMENT katalogiga kirib, MS DOS ning buyruk satriga kuyidagi buyruk beriladi:
ARJ a dokument (Enter)
bu erda arj - arxivator;
a - arxivga yigish buyrugi;
dokument - arxivli faylga berilgan nom.
Buyruk bajarilgandan so’ng joriy katalogda dokument. ARJ nomli arxivli fayl xosil buladi.
Bu arxivli faylni kayta ochish uchun kuyidagi buyruk beriladi: ARJ e dokument (Enter) bu erda : ARJ - arxivator;
e -arxivni ochish buyrugi;
dokument - ochilishi kerak bo‘lgan arxivli faylning nomi.
Bo’laklab bo’lib va qirqib arxivlash
Ba`zida fayllar siqilganda xam diskka sig’maydi. Bunday xollarda katalogdagi fayllarni bo’laklarga bo’lib arxivlash xam mumkin.
Masalan, katalogdagi bitta mavzu.txt faylini arxivlash uchun buyrukni
Arj a matn mavzu.txt
kurinishida, ikkita – mavzu1.txt va mavzu2.txt fayllarini arxivlash uchun buyrukni. Arj a matn mavzu1.txt mavzu2.txt kurinishida, umuman bir nechta faylni arxivlash uchun ularni buyrukda bush joylar bilan ajratib kursatish lozim.
Bir xil, masalan, txt kengaytmali fayllarni arxivlash uchun esa buyruk
Arj a matn *.txt kurinishida bulishi lozim.
Takrorlash uchun savollar
-
Fayllarni arxivlash deganda nimani tushunasiz?
-
Fayllarni arxivlashda ularni xajmi kanchaga qiskaradi?
-
ARJ dasturi yordamida fayllar qanday arxivlanadi?
-
Katalogdagi fayllarni boshka katalogdagi arxivga joylashtirish qanday amalga oshiriladi?
-
Arxiv faylini yangilash nima va qanday amalga oshiriladi?
-
Nima uchun fayllar bo’laklab arxivlanadi?
-
Faylni qirqib arxivlash deganda nimani tushunasiz?
-
Arxiv fayli ichidagi ma`lumotlarni qanday ko’rish mumkin?
6–ISH. MA`LUMOTLAR BAZASINI HIMOYALASH.
( MS ACCESS MISOLIDA).
1. Ishning maqsadi:
1.1 MS ACCESS misolida ma`lumotlar bazasini himoyalash usullarini o‘rganish.
2. Ishni bajarish tartibi.
2.1. Nazariy ma`lumot va adabietlarni o‘rganish.
2.2. Amaliy ish uchun berilgan topshiriqni bajarish.
2.3. Nazorat savollarga javob berish.
3.Amaliy ish uchun topshiriq.
3.1 MS ACCESS MBBTda gurux talabalari xakida ma`lumot beruvchi jadval yarating. Bu jadval kuyidagi maydonlardan iborat bulishi kerak:
«TARTIB NOMERI», «FAMILIYa, ISM, OTASINING ISMI», «TUGILGAN YILI», «MANZIL», «TELEFON», «STIPENDIYa MIKDORI», «XARBIY XIZMATGA ALOKADORLIGI»
3.2 Ma`lumotlar bazasi bilan ishlovchilarga 2 xil xukuk beruvchi
kirishlarga ruxsatlarni aniqlash:
-
faqat o‘qish uchun
-
o‘zgartirish uchun
-
Ma`lumotlar bazasini himoyalash algoritmi:
-
Yangi aloxida (unikal) bir ishchi gurux tashkil kiling (Ishchi gurux bu tarmok resurslaridan birgalikda foydalanuvchilar guruxi)
-
Administratorning yangi kayd varakasini tashkil kiling. Shu yangi kayd varvkasiga ulaning. Ixtiyoriy MB ni oching. Servis menyusida himoya punkti va gurux foydalanuvchilarini tanlang; yangi foydalanuvchini yarating, kayd yozuvining nomi va kodini kiriting (bu parol emas); mavjud guruxlar ruyxatidan tanlang: Admins-dobavit.
-
Administratorlar guruxidan Admin foydalanuvchini uchiring.
-
Access chiking va yangi foydalanuvchi bulib Access ga kiring; berilgan kayd varvkasiga albatta parol kiriting.
-
Himoyalanishi kerak bo‘lgan ma`lumotlar bazasini kayta yarating.
-
Oldingi kadamlarda yaratilgan MB dagi ob`ektlarni yangi bazaga import kiling.
-
Kerakli ob`ektlarga mos ruxsatlarni Bering.
-
Ishni bajarish tartibi va natijalar
Porol darajasidagi himoya
MB ni oching, menyuning Servis bandidan Zaщita/Zadat parol bazы dannыx (1- rasm) ni tanlang.
Rasm 1 MBni parol yordamida himoyalash
Parol kiritishni va uni kaytarishni surovchi oyna paydo buladi (rasm 2).
Rasm.2 Parolni kiritish
Foydalanuvchi darajasidagi hhimoya
Bunday turdagi himoya uchun dastlab yangi ishchi guruxini yaratish kerak (agar eskisini ishlatadigan bulsangiz, MB ni osongina ochish mumkin buladi, bu xolda himoya algoritmi uchun Windows yoki MS Access urnatilishida kursatilgan kiymatlarni olishga tugri keladi).
Yagni ishchi guruxni yaratish uchun Windows/SYSTEM katalogida joylashgan WRKGADM.EXE dasturini ishga tushiring va Sozdat (rasm.3) knopkasini bosing.
Rasm.3 Yangi ishchi guruxni yaratish
Paydo bo‘lgan mulokotga javoban suralayotgan informatciyani kiriting va OK knopkpsini bosing. Yangi ishchi guruxga nom bering, masalan MY_GR.MDW (rasm.4),
Rasm.4 Yangi ishchi guruxning nomini kiritish
Kiymatlar tugri kiritilgan xolda va tasdiklanganda ishchi gurux yaratish jarayonining tugaganligi xakida ma`lumot paydo buladi.Endi Ishchi gurux administratori dasturidan chikish mumkin.
Himoyalash talab kilinadigan MB ni ishga tushiring. Menyuning Servis bandidan Zaщita/Polzovateli i gruppы (rasm.5) ni tanlang.
Rasm.5 Foydalanuvchilar va guruxlarning xossalari oynasi
Sozdat… knopkasini bosing va yangi foydalanuvchining nomini kiriting, masalan user1, uning kodini kursating. Ixtiyoriy olinganda yozuv Users guruxiga kiradi. Bu kilingan ishlarni MB dan foydalanuvchi barcha foydalanuvchilar uchun takrorlang.
Izmenenie parolya bandiga uting.Administratorlik parolini bering, Shundan sung Access ni xar sira ishga tushirganda foydalanuvchi ismini va parolini surovchi surov oynasi paydo buladi (rasm.6)
Rasm.6 Foydalanuvchi ismi va parolining surovi oynasi
Menyuning Servis bandidan Zaщita/Razresheniya (rasm.7) ni tanlang. Himoyalash kerak bo‘lgan ob`ektni tanlang, masalan Tablitca1. Users guruxi uchun ruxsatlarni belgilang, keyin esa xar bir foydalanuvchi uchun belgilang.
Shundan sung xar bir foydalanuvchi uz parolini kiritadi. Buning uchun MB ga uz nomi bilan kirilib Administratorlik parolini yaratishdagidek kilinadi.
Dostları ilə paylaş: |