Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni



Yüklə 244,69 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.08.2022
ölçüsü244,69 Kb.
#117610
h



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni 
kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy 
texnologiyalarni jalb qilish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda davlat 
rahbarining matbuot xizmati habar bermoqda. 
Oʻzbekiston zaminida Mendeleyev jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar 
mavjud, mamlakatimiz uglevodorodlarga boy boʻlsa-da, kimyo sanoatimiz asosan 
qishloq xoʻjaligi uchun mineral oʻgʻit ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 
Murakkab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish quvvatlari 60-70 foizga eskirgani 
energiya resurslarining ortiqcha sarflanishi, kimyo mahsulotlari tannarxining asossiz 
oshishiga olib kelmoqda. 
Oʻtgan yildan boshlab, mineral oʻgʻitga talabni qondirish uchun 3,1 milliard 
dollarlik 17 ta investitsiya loyihasi amalga oshirila boshlandi. Bundan tashqari, kimyo 
sanoati mahsulotlarini diversifikatsiya qilish maqsadida 2025 yilgacha 4,2 milliard 
dollarlik yana 17 ta loyiha hayotga tatbiq etiladi. 
Shuning uchun, kimyo tarmogʻiga xorijiy investitsiya va zamonaviy 
texnologiyalarni jalb qilish, mahsulot hajmi va turini koʻpaytirish, sohaning eksport 
salohiyatini oshirish “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining muhim va ustuvor 
vazifasi boʻlishi zarur. 
Bugungi kunda mamlakatimizda azotli oʻgʻitlarga talab 73 foiz, fosforli 
oʻgʻitlarga - 20 foiz taʼminlanmoqda. Azotli oʻgʻit ishlab chiqarish quvvatlarining 
oʻrtacha eskirish darajasi 64 foizni, fosforli oʻgʻit boʻyicha - 77 foizni tashkil qiladi. 
Sohadagi vaziyatni yaxshilash maqsadida kelasi 5 yilda umumiy qiymati 2,8 
milliard dollar boʻlgan 9 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan boʻlib, buning 
natijasida mineral oʻgʻit va sulfat kislotasi ishlab chiqarish hajmi 2 barobar koʻpayadi. 
Azotli va kaliyli oʻgʻitlarga talab toʻla qoplanadi, fosforli oʻgʻitlarga talabni qondirish 
darajasi bir necha barobar oshiriladi. 
Shu sababli, kimyo sanoatida mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish uchun 
organik moddalar ishlab chiqarish boʻyicha 15 ta va noorganik moddalar boʻyicha 8 ta 
loyihani amalga oshirish koʻzda tutilmoqda. 
Kimyo sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tizimning 
moliyaviy barqarorligini taʼminlash lozim. Shu bois yigʻilishda “Oʻzkimyosanoat” 
aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yaxshilash yuzasidan koʻrsatmalar 
berildi. 

Yüklə 244,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin