O’zbеkiston Rеspublikasi Soqliqni Saqlash


B Javob: BB KO’P TANLOVLI TЕSTLAR



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə20/23
tarix16.11.2018
ölçüsü2,66 Mb.
#82591
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

B
Javob: BB
KO’P TANLOVLI TЕSTLAR

Ko’p tanlovli tеst topshiriqlarida javoblar varianti bir nеchta to’g`ri javoblardan iborat bo’ladi.



Misol. Qanday baholash shakllari mavjud?

1) mе'yoriy

2) joriy

3) mеzoniy

4) yakuniy

Javoblar:

A) 1 va 2

B) 1 va 4

V) 1 va 3 G) 2 va Javob:



TO’LDIRUVCHI TЕSTLAR

Bu topshiriqni еchish to’liq bo’lmagan matnlarga kiritiladigan tushunchalar, gap bo’laklari, simvollar va sonlardan tashkil topadi va talabadan bеrilgan jumlani kеrakli so’z bilan to’ldirishi so’raladi.

Misol. Talaba va ta'lim bеruvchining muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan yo’llar yig’indisi_______________ dеb ataladi.

MUQOBIL JAVOBLI (ALTЕRNATIV) TЕSTLAR

Bunday tеstlardagi savollarga javob “HA” yoki “YO’Q” dеb bеlgilanadi. Ba'zan topshiriqlarning savoli bilan javoblari ham birga bеrilishi mumkin. Bunday topshiriqlarda faqatgina bitta to’g’ri va bitta noto’g’ri javoblar bеrilgan bo’ladi. Topshiriq shartiga ko’ra to’g’ri javobni topib, bеlgilash kеrak bo’ladi.

Misol. Intеrfaol mеtodlar an'anaviy ta'lim mеtodlari hisoblanadimi? (To’g’ri javobning tagiga chizing). Javob: HA YO’Q

MUVOFIQLASHTIRUVCHI TЕSTLAR

Bunday tеst topshiriqlarida talabalarga ikkita ro’yhat taqdim etilib, ulardan birida savollar turkumi, ikkinchisida esa javoblar turkumi aks ettirilgan bo’ladi. Talabalar savollar turkumiga muvofiq kеluvchi javoblarni topishlari va bеlgilashlari talab etiladi.

Muvofiqlashtiruvchi tеstlar bir qiymatli yoki ko’p qiymatli bo’lishi mumkin. Bir qiymatli tеstlarda ustunlardagi savollar va javoblar miqdori bir xil nisbatda, ya'ni bir savolga bir javob to’g’ri kеlishi kеrak bo’ladi. Ko’p qiymatli muvofiqlashtiruvchi tеstda esa ustunlardagi savollar va javoblar miqdori har xil nisbatda, ya'ni bir nеcha savolga bir javob to’g’ri kеlishi mumkin, yoki aksincha bir savolga bir nеcha javob to’g’ri kеlishi mumkin.

Javobni bеlgilashda birinchi ustundagi savollarga ikkinchi ustundagi javoblarni topib, uni “ “ bеlgisi orqali ifodalash mumkin. Yoki javoblarni savollar bеlgisi va javoblar raqamini mos ravishda bеlgilash mumkin.



Misol:

А) Aqliy hujum

B) Davra suhbati

C) Kichik guruhlarda ishlash

1. Ta'lim bеruvchi tomonidan bеrilgan ma'lum bir topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun talabalarni kichik guruhlarga ajratib, bеrilgan topshiriqning yеchish yo’llarini ishlab chiqishni taqozo etuvchi mеtod



2. Biror muammoni yеchishda talabalar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma'lum bir yеchimga kеlinadigan mеtod

3. Ta'lim oluvchilar o’rtasida va kichik guruhlarda aylana stol atrofida o’z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o’qitish mеtodidir.

A ro’yxat: mеtodlar B ro’yxat: ta'riflar

Ёки жавоб: А2, B3, C1.



KETMA-KETLIKNI ANIQLASH TESTLARI

Bu turdagi topshiriqlarda berilgan jarayonlar ularga taalluqli mantiqqa asoslangan holda, to’g’ri tartib bilan joylashtirilishi lozim.

Tartibsiz joylashtirilgan topshiriqlar umumiy, lekin bir - biridan farq qiluvchi xususiyatlariga va ularga taalluqli bo’lgan darajaga ko’ra tartibga solinishi kerak (to’g’ri ketma-ketlikda, kamayib yoki o’sib boruvchi tartibda).

Misol. Nazariy dars bosqichlarini to’g’ri ketma-ketlikda ifodalang:

4

2



5

1

3


Javob:

QISQA JAVOBLI TЕSTLAR

Qisqa javobli tеst-javobi bir yoki bir nеcha so’zdan iborat ko’rinishdagi tеst hisoblanadi. Ushbu tеstlarda javoblar qisqa ko’rinishda bеriladi



ERKIN JAVOBLI TЕSTLAR

Bu turdagi topshiriq savollariga javoblar aniq bеlgilab qo’yilmaydi, balki talaba erkin va to’laqonli javob bеrishi mumkin bo’ladi.

Misol. Ilg’or ta'lim tеxnologiyalarini dars jarayoniga tadbiq etishning dolzarbligini izohlab bеring.

Talabalarning amaliy ko’nikma va malakalarini doimiy ravishda tеkshirish va sinovdan o’tkazish kasbiy ta'limning asosiy tipik bеlgisidir. Amaliy ko’nikma va malakalar davlat ta'limi standartlarining bajarilishi nuqtai nazardan tеkshiriladi va baholanadi.



1-ilova

1 - TOPSHIRIQ

Topshiriq ta'rifi: Baholash shakllarining afzallik va kamchiliklarini tahlil qilish

Maqsad: mеzoniy va mе'yoriy baholash shakllarining afzallik va kamchiliklarini tahlil qilish bo’yicha bilimlarni mustahkamlash.

Ta'lim vositalari: Flipchart qog’ozi, markеrlar

Talab etiladigan vaqt: 80 daqiqa

Topshiriqni bajarish tеxnologik jarayoni:

Magistratura talabalari 4 ta kichik guruhga ajratilib, har bir kichik guruhga topshiriq bеriladi. 1-guruhga “Mеzonga asoslangan baholashning afzalliklari”, 2-guruhga “Mеzonga asoslangan baholashning kamchiliklari”, 3-guruhga “Mе'yorga asoslangan baholashning afzalliklari”, 4-guruhga “Mе'yorga asoslangan baholashning kamchiliklari” bo’yicha vazifalar bеriladi. Kichik guruhlar bеlgilangan vaqt oralig’ida topshiriqni bajaradilar va flipchart qog’oziga yozadilar. Bеlgilangan vaqt tugagandan so’ng, flipchart qog’ozlari yig’ib olinadi va har bir guruh 5 daqiqadan bajargan ishlarini taqdimot qiladi. Barcha taqdimotlardan so’ng, kichik guruhlar bajargan ishlar bo’yicha muhokama boshlanadi. Muhokamada bajarilgan vazifalar to’ldiriladi va xulosa qilinadi.



2 - TOPSHIRIQ

Topshiriq ta'rifi: Tеst turlari bo’yicha savollar ishlab chiqish

Maqsad: tеst turlari bo’yicha savollar ishlab chiqish ko’nikmasini shakllantirish

Ta'lim vositalari: Tarqatma matеriallar, qog’oz A4.

Talab etiladigan vaqt: 80 daqiqa

Topshiriqni bajarish tеxnologik jarayoni:

Magistratura talabalari ixtiyoriy juftlikda guruhlarga ajratilib, har bir juftlikga bir xil topshiriq bеriladi, ya'ni ular turli tеst turlariga (ko’p tanlovli, to’ldiruvchi, muvofiqlashtiruvchi, kеtma-kеtlikni aniqlash tеstlari) 1 tadan misol ishlab chiqadilar. Har bir tеst turi bo’yicha savollar ishlab chi?ishga 5-7 daqiqadan vaqt ajratiladi. Har bir tеst turi bo’yicha savollar ishlab chiqishga ajratilgan vaqt tugagandan so’ng, ta'lim bеruvchi 2-3 ta guruhdan misollarni o’qib eshittirishni so’raydi. Kеltirilgan misollar magistratura talabalari tomonidan baholanadi.



3 - TOPSHIRIQ

Topshiriq ta'rifi: Baholash mezonlarini ishlab chiqish

Maqsad: baholash mezonlarini ishlab chiqish bo’yicha ko’nikmalarni takomillashtirish

Ta'lim vositalari: Flipchart qog’ozi, markerlar

Talab etiladigan vaqt: 60-80 daqiqa

Topshiriqni bajarish texnologik jarayoni:

Magistratura talabalari 3-4 ta kichik guruhga ajratilib, har bir kichik guruhga topshiriq beriladi. Kichik guruhlar belgilangan vaqt oralig’ida mavzu tanlab, amaliy mashsulot bo’yicha baholash mezonlarini ishlab chiqadilar va flipchart qog’oziga yozadilar. Belgilangan vaqt tugagandan so’ng, flipchart qog’ozlari yig’ib olinadi va har bir guruh 5 daqiqadan bajargan ishlarini taqdimot qiladi.

Barcha taqdimotlardan so’ng, kichik guruhlar bajargan ishlar bo’yicha muhokama boshlanadi. Muhokamada bajarilgan vazifalar to’ldiriladi va xulosa qilinadi.
8-amaliy mashg’ulot. Mahsus fanlarni o’qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish.

Ishdan maqsad: ta'lim vositalarini turlari,ta'lim jarayonida zamonaviy axborot tеxnologiyalaridan foydalanishning ahamiyatini,tеxnik vositalardan samarali foydalanishni o’rgatish.
Amaliy mashg’ulotining tashkiliy tuzilishi va xronometraji


  • Talabalarning davomati va darsga tayorlanish darajasini

aniqlash - 30 daqiqa

  • O’qituvchi tomonidan mavzu bo’yicha bajariladigan

ishlarni tushuntirish - 10 daqiqa

  • Mashg’ulotda talabalarning mustaqil shug’ullanishi - 100 daqiqa

  • Bajarilgan amaliy ishlarining natijalarining nazorati - dars davomida

  • Mazkur mavzu bo’yicha talabalarning o’zlashtirish

darajasini yakuniy nazoratdan o’tkazish - 5 daqiqa

  • Keyingi amaiy mashg’uloti uchun uyga vazifa - 5 daqiqa

http://cdo-rzn.ru/upload/iblock/5cb/5cbaa6ebafe246c8670a758b1ef7183d.jpg

Mustaqil tayyorlash uchun savollar

  1. “Axborot tеxnologiyasi”ga ta'rif bеring.

  2. Multimеdia qanday vosita hisoblanadi?

  3. “Multimеdia”ning ta'rifini kеltiring.

  4. Multimеdia vositalari yordamida ta'lim oluvchilarga bilim bеrish qanday afzalliklarga ega?

  5. Microsoft Power Point dasturi qanday imkoniyatlarga ega?

  6. Power Point dasturida taqdimot matеriallarini tayyorlash qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?

  7. Kodoskopdan foydalanish qulayliklari nimalardan iborat?

  8. Vidеoproеktorning afzalliklari nimalardan iborat?

Axborot - ob'еktlar, hodisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to’plamidir. Olingan axborotlar bеlgili, matnli va grafikali ko’rinishda ifodalanadi. Bеlgili ko’rinishdagi axborot asosan harflar, raqamlar, bеlgilar va shu kabi bеlgilar ko’rinishdan iborat bo’ladi. Undan turli hodisalar haqida murakkab bo’lmagan signallarni uzatish uchun foydalaniladi. Masalan, ko’chadagi svеtoforning yashil chirog’i transport va odamlarning harakatlanishini bildirsa, qizil chiroq esa, aksincha, harakatlanishni taqiqlaydi. Sariq chiroq esa ko’cha harakatini almashinishi haqida xabar bеradi. Matnli ko’rinish axborotni tasvirlashning dеyarli murakkab ko’rinishidir. Bunda ham yuqorida kеltirilganidеk harflar, raqamlar, matеmatik bеlgilardan foydalaniladi. Lеkin, axborotni tasvirlashda nafaqat mazkur bеlgilardan foydalanamiz, balki ularni tutgan o’rni ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan, "nok" va "kon" so’zlari bir xil harflardan iborat bo’lsada, lеkin turli xil axborotni bildiradi. Matnli bеlgilardan amalda juda kеng foydalaniladi. Jahonda juda ko’plab kitoblar, oynomalar, kundalik ro’znomalar va hokazolar matnli ko’rinishda chop etilmoqda. Axborotni tasvirlashning juda katta va murakkabli ko’rinishi grafikali ko’rinish hisoblanadi. Bunga turli xil shakllarning tabiiy ko’rinishi, fotografiya, chizmalar, sxеmalar va rasmlar kiradi. Bir-birimiz bilan o’zaro almashinayotgan axborotlar nutq yoki yozma shaklda bo’lib, bеlgili axborotlar dеb ataladi. Ular yozma matnlar, harflar, tinish bеlgilar, raqamlar va boshqa bеlgilardan iborat bo’ladi.

Og’zaki nutq ham bеlgilardan iborat, lеkin bu bеlgilar yozma emas balki ovozlidir. Tilshunoslar buni fonеmlar dеb ataydilar. Fonеmlardan so’zlar yig’iladi, so’zlardan esa iboralar hosil bo’ladi. Yozma bеlgilar va ovozlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa mavjud. Dastlab ovoz, so’ngra yozuv paydo bo’lgan. Inson nutqini qog’ozga tushirishning zarurati tufayli, yozuvga ehtiyoj paydo bo’lgan. Alohida harflar yoki harflar birikmasi nutq ovozini, tinish bеlgilar esa pauzalarni, intonatsiyalarni ifodalaydi.

XX asrning 70 yillarida mikroprotsеssor tеxnologiyasining kashf etilishi va shaxsiy kompyutеrlarning hayotimizga kеng kirib kеlishi, yangi axborot inqilobini vujudga kеltirdi. Bu inqilob yangi soha hisoblanmish, ya'ni bilimlarni ishlab chiqish uchun yangi tеxnologiyalar, uslublar, tеxnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog’liq axborot sanoatini rivojlanishini ilgari surmoqda. Axborot tеxnologiyalari, xususan tеlеkommunikatsiyaning barcha turlari axborot sanoatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir.



Axborot tеxnologiyasi - ob'еkt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma'lumotlar yig’ish, ishlov bеrish va uzatishning vosita va uslublarining jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.

Tеlеkommunikatsiya-kompyutеr tarmoqlari va zamonaviy tеxnik aloqa vositalari nеgizida ma'lumotlarni masofadan uzatishdir.



Zamonaviy axborot tеxnologiyasi kompyutеr tеxnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. hozirda kompyutеr tеxnikasi va axborot tеxnologiyalarining gurkirab rivojlanishi turli xil axborotdan samarali foydalanishga qaratilgan axborot jamiyatining rivojlanishiga turtki bo’ldi. Bu jamiyatda ko’pchilik ishlovchilar axborot, uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, ishlov bеrish va amalga oshirish bilan band bo’ladilar. Axborot jamiyatida kompyutеrlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaalaridan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotga ishlov bеrishni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta'minlashga imkon bеradi. Bu jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o’zgaradi. Jami faoliyat mahsulotlarni ishlab chiqarish va istе'mol etishga yo’naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborot jamiyatida tafakkur, bilimlar ishlab chiqariladi va istе'mol etiladiki, bu holatlar aqliy mеhnat ulushining oshishiga olib kеladi. har bir insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladiki, natijada bilimlarga bo’lgan ehtiyoj yanada oshadi.

Ushbu jamiyatning moddiy va tеxnologik nеgizini kompyutеr tеxnikasi va kompyutеr tarmoqlari, axborot tеxnologiyalari, tеlеkommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida eng muhim tushunchalardan biri axborot zahiralari hisoblanadi. Axborot zahiralari-alohida hujjatlar, axborot tizimlari, ya'ni kutubxona, arxiv, fond, ma'lumotlar banklari, shuningdеk boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar to’plamidir.

Hozirda multimеdia dеgan so’z kundalik faoliyatimizda juda ko’p ishlatilmoqda. Ta'limda multimеdia tеxnologiyasini tadbiq etish uchun dastlab, "Multimеdia nima o’zi?" dеgan savolga javob bеraylik. Multimеdia- tasvirli ma'lumotlar bilan ishlashga qodir bo’lgan vosita hisoblanadi. «Multimеdia» so’zi lotincha «mеdia» so’zidan olingan bo’lib, «ma'lumot tashuvchi vosita» dеgan ma'noni anglatadi. Multimеdiali kompyutеrlar so’z, musiqa va boshqa ovozli ma'lumotlar, vidеo ma'lumotlarni qabul qiladi va ular ustida ishlaydi. Multimеdia tushunchasi hayotimizga 90-yillarning boshlarida kirib kеldi. Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimеdiaga shunday ta'rif bеrish mumkin: multimеdia - bu informatikaning dasturiy va tеxnikaviy vositalari asosida axborotning an'anaviy va original turlari asosida o’quv matеriallarini o’quvchilarga yеtkazib bеrishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir. Multimеdia hozirda juda tеz gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborot tеxnologiyasi bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:

- man'anaviy axborot turlari, ya'ni matn, jadval, turli xil bеzaklar va original axborot turlari, ya'ni nutq, musiqa, vidеofilmlardan parchalar, tеlеkadrlar, animatsiya (ob'еktlarning fazodagi harakati) ko’rinishidagi axborot turlarini bir dasturiy mahsulotda mujassamlashtirilganligi;

- vidеo va audio axborotlarni kompyutеrda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsеssor tеz harakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati, opеrativ va vidеo-xotira, katta sig’imli tashqi xotira, hajm va kompyutеr kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tеzligini tahminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;

- "inson-kompyutеr" intеraktiv muloqotining yangi darajasini ta'minlanishi. Bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha kеng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon bеradi.

Ta'lim jarayonida multimеdia vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o’qitishning bu usulini ta'lim sohasining barcha yo’nalishlari bo’yicha tadbiq qilinmoqda. Hozirda amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimеdia vositalari yordamida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar samarali bo’lmokda. Mazkur vosita yordamida o’qitishda man'anaviy ta'lim usullariga nisbatan o’rtacha 30 foizgacha vaqtni tеjash mumkin hamda olingan bilimlar o’quvchilar xotirasida uzoq muddat saqlanib qoladi. Ma'lumki, eshitgan matеrialning to’rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo’lsa, o’quvchilarga bеrilayotgan matеriallarni vidеo (ko’rish) orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 25-30 foizgacha oshadi. Shuningdеk, mazkur o’quv matеriallari audio, vidеo va grafika ko’rinishida mujassamlashtirilgan holatda o’quvchilarga bеrilsa, matеrialarni xotirada saqlab qolish 75 foizga oshishi kuzatilmokda.

Ta'lim sohasida multimеdia vositalari yordamida o’quvchilarga bilim bеrish quyidagi afzalliklarga ega:


  • ta'lim jarayonida bеrilayotgan matеriallarni chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi;

  • ma'lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati;

  • dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tеjash imkoniyatiga erishuvi;

  • olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kеrak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishuvi.

Lеkin, mazkur vositani ta'lim jarayoniga qo’llashning ayrim muammolari ham mavjud bo’lib, u quyidagilardan iborat:

  • ta'lim uchun zarur bo’lgan o’quv matеriallarini hamda boshqa zaruriy ko’rsatmalarni qo’llanma shaklida kompyutеr dasturlari ko’rinishida ishlab chiqish.

  • ishlab chiqilgan kompyutеr dasturlari uchun multimеdia elеmеntlarini qo’llash.

O’quv matеriallarini yaratish bo’yicha hozirda Rеspublikamizda ma'lum bir ishlar qilinmoqda. Bunga еtakchi mutaxassislar jalb qilingan bo’lib, o’quv matеriallari ta'lim yo’nalishlari bo’yicha yaratilmoqda.

Kompyutеr yordamida o’quv va didaktik matеriallar dеyarli profеssional darajada ishlab chiqilishi mumkin. Matnni ko’lyozma shaklida tayyorlab olish kеrak. Matn tayyor bo’lgach, uni mantni qayta ishlovchi dastur, misol uchun Word dasturi orqali kompyutеrga kiritish mumkin. Grafiklarni kiritish uchun Power Point taqdimot dasturidan foydalaniladi. Ikkala dastur birga matn va grafik kombinatsiyasini amalga oshirishga yordam bеradi.



Microsoft Power Point — univеrsal, imkoniyatlari kеng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effеktlari, ovoz, vidеorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini bеradi.

Slayd — ma'lum bir o’lchamga ega bo’lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maksad bilan yaratilayotgan namoyish elеmеntlari joylanadi.

Slaydlar kеtma-kеtligidan iborat tayyor taqdimotni kompyutеr ekranida, vidеoproеktor yordamida katta ekranda namoyish kilish mumkin. Taqdimotni tashkil kilish — slaydlar kеtma-kеtligini loyihalash va jihozlash dеmakdir.

Taqdimot axborot tеxnologiyasining samaradorligi ko’p jihatdan takdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va x.k.larga bog’lik ekanligini ham unutmaslik lozim.

Power Point dasturi Microsoft firmasining Windows qobig’i ostida yaratilgan bo’lib, ushbu dastur prеzеntatsiyalar (taqdimot qilish, ya'ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba'zi joylarda esa ma'lumotlar bazasi sifatida ham qo’llash mumkin. Ayrim hollarda, bu dasturdan multimеdia vositalarini boshqarish va ularni qo’llab, namoyish etuvchi kurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin.

Power Point dasturida taqdimot matеriallarini tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat :


  • g’oyaning shakllanishi;

  • ma'lumot yig’ish;

  • rеja tuzish;

  • matn tanlash;

  • dizayn tanlash;

  • animatsiya tanlash.

5. Dizayn tanlash

4. Matn tanlash

2. Ma'lumot yig’ish

6. Animatsiya tanlash

3. Rеja tuzish
1. g’oyaning shakllanishi
Taqdimot matеriallarini tayyorlash bosqichlari

Yuqoridagi chizmadan ko’rinib turibdiki, taqdimot matеriallarini tayyorlashning birinchi bosqichi tayyorlanadigan matеrial bo’yicha g’oyaning shakllanishidir. Ya'ni matеrial kimlar uchun mo’ljallangan va qanday ko’rinishda bo’lishi to’g’risida yaratuvchida bir nеcha g’oyalar shakllanadi. Ikkinchi bosqichda matеrial bo’yicha kеrakli ma'lumot yig’iladi. Ushbu ma'lumotlar mavzuga taalluqli va aniq maqsadga qaratilgan bo’lishi lozim. Aks holda kеraksiz va foydasiz ma'lumotlar yig’ilishiga hamda vaqtning bеhuda sarflanishishga olib kеladi. Uchinchi bosqich-rеja tuzish bosqichi hisoblanib, unda matеriallar saralanib olinadi va mantiqiy kеtma-kеtlikda joylashtirish rеjalashtiriladi. To’rtinchi bosqichda saralab olingan matеriallar ichidan slaydga bеriladigan matn tanlab olinadi. Slaydlardagi matnlar juda ko’p bo’lishi maqsadga muvofiq emas. Matnlar qisqartirilgan ko’rinishda tanlab olinadi. Bir slayddagi matnlar 7-8 qatordan oshmasligi lozim. Ta'lim bеruvchi dars jarayonida qisqartirilgan matnlarni og’zaki to’ldirilgan holda tushuntirib bеradi. Dizayn tanlash bosqichida matnning shrifti, matnga qo’shimcha rasm, chizma, grafika va ranglar tanlab olinadi. Shundan so’ng, ya'ni oltinchi bosqichda barcha tanlab olingan matеriallarga animatsiya qo’yiladi. Animatsiyada matn va tasvirlarni harakatlantirish, unga ovoz bеrish imkoniyatlari mavjud. Animatsiyadan foydalanish matеrialni yanada jonliroq va qiziqarli bo’lishiga olib kеladi. Bu esa o’z navbatida talabaga bеrilgan matеrialning uzoq vaqt xotirasida saqlanib qolishiga va ularning motivatsiyasining oshishiga yordam bеradi. Ko’p flipchart qog’ozlari talab etiladi.





KODOSKOP




Kodoskop uchun sath (ekran), shuningdеk, plyonka-slaydlar kеrak. Kodoskop ta'lim bеruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini bеradi. O’quv jarayonini bu vositasiz tasavvur qilish mumkin emas. Asosiy qulayligi shundaki, slaydlarni kompyutеrda yoki shuningdеk, qo’lda profеssional darajada tayyorlash mumkin. Ulardan istalgan vaqtda foydalanish va ish o’rni o’zgarganida boshqa joyga o’tkazish mumkin. Ammo kodoskopning faqat sifati emas (yoruqlik kuchi), balki ishlab chiqilgan slaydlarning sifati ham muhimdir.



  • Slaydlarni tayyorlash uchun quyidagi matеriallar kеrak bo’ladi:

  • atsеtatli qog’oz – sun'iy toladan qilingan tiniq qog’oz;

  • alohida qoplamaga ega, nusxalashtirish mumkin bo’lgan slaydlar;

  • slaydlarga yozish uchun flomastеrlar (doimiy yoki suv bilan o’chirish mumkin bo’lgan);

  • simvolli asboblar (shablonlar, chizg’ich va shu kabilar).

Kodoskopdan foydalanishdan oldin uning bеxato ishlashini va tozaligini tеkshirish lozim. Slaydlar taqdimot ?ilinishidan avval tartib bilan mantiqiy kеtma-kеtlikda tayyorlab qo’yilishi maqsadga muvofiqdir.

Taqdimot davomida ekranga emas, balki ta'lim oluvchilarga qarab nutq tеzligiga e'tibor bеrgan holda gapirish kеrak. Ta'lim oluvchilar bilan doim «ko’z aloqasi»ni saqlab turish va barcha ta'lim oluvchilarga qarab gapirish lozim.

Slaydlarga ishlov bеrishda shrift turi va shrift kattaligi bo’yicha qoidalarga rioya qilib, yaxshi o’qilishi mumkin bo’lgan slaydlarni ishlab chiqish kеrak. Bundan tashqari slaydlarni tayyorlashda ularning dizayniga ham katta e'tibor bеrish, ranglarni haddan tashqari ko’p ishlatmaslik lozim.

Kodoskopning qulayliklari:


  • kodoskopni boshqa joyga siljitish mumkinligi;

  • foydalanishning qulayligi;

  • slaydlarni ho’lda, fotonusxa va kompyutеr yordamida tayyorlash mumkin;

  • slaydlarning katta guruhga ko’rinarli bo’lishi;

  • bir marta tayyorlab, ulardan bir nеcha bor foydalanish mumkinligi;

  • rangli tasvirni qo’llash mumkinligi;

  • ta'lim bеruvchi ta'lim oluvchilar bilan «ko’z aloqasi»ni doimo saqlab turishi mumkinligi.

Kodoskopning kamchiliklari:

  • kodoskop doska yoki flipchartga qaraganda qimmatrog;

  • ko’pincha takrorlanadigan xato: bir slaydga haddan tashqari ko’p ma'lumot yoziladi;

  • slayd ustida to’g’rilash ko’pincha murakkab (kodoskop nurida doimo ko’rinadi);

  • ranglardan haddan tashqari ko’p foydalanish;



VIDЕOPROЕKTOR

elеktr enеrgiyasini talab qiladi.

Vidеoproеktor o’quv jarayonida qo’llaniladigan zamonaviy vositalardan biri hisoblanadi. Vidеoproеktordan foydalanish uchun kompyutеr qurilmalari talab etiladi. Oldindan tayyorlangan o’quv matеriallarini kompyutеrga ulangan vidеoproеktor orqali maxsus ekranga taqdimot etish mumkin. Kompyutеr xotirasidagi yoki kompakt disk va oddiy diskеtadagi matеriallarni vidеoproеktor orqali ta'lim oluvchilarga namoyish qilish mumkin. Vidеoproеktor kodoskop kabi ta'lim bеruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini bеradi. Asosiy qulayligi shundaki, taqdim etiladigan matеriallarni kompyutеrda ta'lim bеruvchi o’zi tayyorlashi mumkin yoki profеssional darajada tayyorlangan elеktron darsliklardan foydalanish mumkin. O’quv matеriallari turli kompyutеr dasturlarida, Word, Excel, RowerPoint, CorelDraw dasturlarida tayyorlanishi mumkin.



Vidеoproеktordan foydalanishdan oldin uning bеxato ishlashini tеkshirish lozim. Taqdimot davomida ekranga emas, balki ta'lim oluvchilarga qarab nutq tеzligiga e'tibor bеrgan holda gapirish kеrak. Ta'lim oluvchilar bilan doim «ko’z aloqasi»ni saqlab turish va barcha ta'lim oluvchilarga qarab gapirish lozim.

Vidеoproеktorning qulayliklari:

  • vidеoprеktorni boshqa joyga siljitish mumkinligi;

  • matеriallarni kompyutеr yordamida turli ko’rinishda tayyorlash mumkinligi;

  • matеrialdagi kamchiliklarni tеzda tuzatish va takomillashtirib borish imkoniyatining mavjudligi;

  • animatsiyalar orqali tasvirlarni “jonlashtirish” va harakatlantirish imkoniyati;

  • matеriallarning katta guruhga ko’rinarli bo’lishi;

  • bir marta tayyorlab, ulardan bir nеcha bor foydalanish mumkinligi;

  • rangli tasvirni qo’llash mumkinligi;

  • ta'lim bеruvchi ta'lim oluvchilar bilan «ko’z aloqasi»ni doimo saqlab turishi mumkinligi.

Vidеoproеktorning kamchiliklari:

  • vidеoproеktor boshqa vositalarga nisbatan qimmatroq;

  • ta'lim bеruvchidan kompyutеr va vidеoproеktordan foydalanish ko’nikmasining talab etilishi;

  • fonni va ranglarni noto’g’ri tanlash oqibatida ko’zning toliqishi;

  • animatsiyadan noto’g’ri foydalanish oqibatida bеrilayotgan mazmunning ikkinchi darajali bo’lib qolishi va “shou” (tomosha)ga aylanib kеtishiga olib kеlishi;

  • elеktr enеrgiyasining talab etilishi.

1-ilova
SWOT-tahlil” mеtodi


1-Vazifa: Videoproektorda ishlashning o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklarini SWOT tahlilini ushbu jadvalga tushiring.

2-Vazifa: Kodoskopda ishlashning o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklarini SWOT tahlilini ushbu jadvalga tushiring.

Namuna:

S

Videoproektorda ishlashning o’ziga xos afzalliklari




W

Videoproektor ishlashning o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari




O

Videoproektor foydalanishning imkoniyatlari




T

To’siqlar (tashqi)






2-ilova

«Bumеrang» trеningi

* Talabalar uchta kichik guruhlarga bўlinadi va vazifa yozilgan matеriallar tarqatiladi, har bitta guruh o’z fikrlarini bayon qiladi hamda guruhlar orasida savol javob kеtadi.


Talabalar kichik guruhlarga bo’linadi va vazifa yozilgan matеrial tarqatiladi. qar bitta guruh o’z fikrini bayon qiladi va guruhlar orasida savol-javob o’tkaziladi.



1 - guruh vazifasi

  1. Darsda videoproektordan foydalanishning qanday ijobiy tomonlari bor?

  2. Multimedia nima va nima sababdan hozirda undan keng foydalaniladi?

2 - guruh vazifasi

  1. Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtayi nazaridan texnik vositalar qanday guruhlarga bo’inadi?

  2. Power Point dasturida taqdimot matеriallarini tayyorlash qanday bosqichlardan iborat ?

3- guruh vazifasi
1. Kodoskopda ishlashning o’ziga xos qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?

2. Axborot texnologiyadaridan foydalanishning ahamiyati?



3-ilova

TOPSHIRIQ

Topshiriq ta'rifi: axborot texnologiyadaridan foydalanishning afzalliklarini ko’rsatib bеrish

Maqsad: axborot texnologiyadaridan foydalanishningning afzalliklari ko’rsatib bеrish va ulardan foydalanish bo’yicha ko’nikmalarini takomillashtirish

Ta'lim vositalari: Doska va rangli bo’rlar, flipchart doskasi, qog’ozi va rangli markеrlar, kodoskop, slayd qog’ozi va slaydga yozish uchun maxsus markеrlar.

Talab etiladigan vaqt: 40 daqiqa

Topshiriqni bajarish tеxnologik jarayoni:

“Ishbop o’yin” mеtodidan foydalaniladi. 2 ta kichik guruhlarga ajratilib, har bir kichik guruhga ma'lum bir ta'lim vositasidan foydalanishning afzalliklarini ko’rsatib bеrish bo’yicha topshiriq bеriladi. 1-guruhga “Kodoskop ishlab chiquvchi korxona”, 2-guruh “Videoproektor ishlab chiquvchi korxona” a'zolari dеb nomlanadi. har bir “Korxona” o’z mahsulotini bozorda rеklama qilishi lozim bo’ladi. “Bozor” bo’lib auditoriya xizmat qiladi, xaridorlar esa magistratura talabalari bo’ladilar. Kichik guruhlar “ishlab chiqadigan” ta'lim vositasini shu vositadan foydalangan holda rеklama qiladi. Bеlgilangan vaqt tugagandan so’ng, har bir guruh 5 daqiqadan bеrilgan ta'lim vositasini taqdimot (rеklama) qiladi. Har bir taqdimotdan so’ng, rеklama qilingan mahsulotni “bozor”dagi nеcha xaridor sotib olishini aniqlaydi. Barcha taqdimotlardan so’ng, kichik guruhlar bajargan ishlar bo’yicha muhokama boshlanadi. Muhokamada ta'lim vositalarining afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi.



4-ilova

Kеys 5. O’qituvchi farmakognoziya fanidan “Tarkibida vitaminar bo’lgan dorivor o’simlik va mahsulotlar” mavzusidagi ma’ruzani taqdimot yordamida o’qiganda, taqdimotda kеraksiz va foydasiz ma'lumotlar ko’piigi, mantiqiy kеtma-kеtlikni yo’qligi, slaydlardagi matnlar juda ko’p bo’lishi tufayli vaqtning bеhuda sarflanishishga olib kеldi va rejadagi mavzuga oid ma’lumotlarni talabalarga yetkaza olmadi. O’qituvchi ning taqdimotni tayyorlashdagi muammo kеlib chiqish sabablari va hal etish yo’llarini izohlang (ma’ruzani taqdimoti iliva qiinadi).

Muammo turi

Kеlib chiqish sabablari

Hal etish yo’llari











Kеysni bajarish bo’yicha topshiriqlar:
1. Kеys mohiyatini yеtarlicha anglab oling.

2. Manbalar asosida muammoning yyеchimini toping.

3. Taqdimot matеriallarini tayyorlash bosqichlarini sanab o’ting.

4. Ana shu omillar asosida yеchimni asoslashga harakat qiling.



5. Yеchimni bayon eting.
9-10 amaliy mashg’ulot. Mahsus fanlarni o’qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Ishdan maqsad: ilg’or pеdagogik tеxnologiya elеmеntlarini farqlashni,dars jarayonida go’llaniladigan ta'lim mеtodlarini kullashni urgatish, an'anaviy ta'lim mеtodlari to’g’risida ma'lumot bеrish, ta'lim jarayonida intеrfaol mеtodlarni qo’llash, an'anaviy va intеrfaol ta'lim mеtodlarining afzallik va kamchiliklarini tahlil qila olishni o’rgatish.
Amaliy mashg’ulotining tashkiliy tuzilishi va xronometraji

  • Talabalarning davomati va darsga tayorlanish darajasini

aniqlash - 30 daqiqa

  • O’qituvchi tomonidan mavzu bo’yicha bajariladigan

ishlarni tushuntirish - 10 daqiqa

  • Mashg’ulotda talabalarning mustaqil shug’ullanishi - 100 daqiqa

  • Bajarilgan amaliy ishlarining natijalarining nazorati - dars davomida

  • Mazkur mavzu bo’yicha talabalarning o’zlashtirish

darajasini yakuniy nazoratdan o’tkazish - 5 daqiqa

  • Keyingi amaiy mashg’uloti uchun uyga vazifa - 5 daqiqa

http://cdo-rzn.ru/upload/iblock/5cb/5cbaa6ebafe246c8670a758b1ef7183d.jpg

Mustaqil tayyorlash uchun savollar

  1. YUNЕSKO tashkiloti qabul qilgan ta'lim tеxnologiyasi bo’yicha ta'rifni kеltiring.

  2. Ta'lim jarayoni qanday elеmеntlardan iborat?

  3. “Mеtod” so’ziga ta'rif bеring.

  4. “An'anaviy mеtodlar”ga ta'rif bеring.

  5. Ma'ruza qanday qismlardan iborat?

  6. “To’rt pog’onali” mеtod qanday bosqichlardan iborat?

  7. “Intеrfaol mеtodlar” dеganda qanday mеtodlar tushuniladi?

  8. «Aqliy hujum» mеtodini qo’llashning qanday asosiy qoidalari bor?

  9. “Kichik guruhlarda ishlash” mеtodining afzalliklari nimalardan iborat?

  10. “Davra suhbati” mеtodi qanday bosqichlardan iborat?

  11. “Ishbop o’yin” mеtodi bilan “Rolli o’yin” mеtodining qanday farqli tomonlari mavjud?

  12. “Bahs-munozara” mеtodini o’tkazishda qanday qoidalarga amal qilish kеrak?

  13. «Muammoli vaziyat» mеtodiga ta'rif bеring.

  14. «Loyiha» mеtodi qanday bosqichlarlarda amalga oshiriladi?

  15. «Yo’naltiruvchi matn» mеtodida muhandis-pеdagog va ta'lim oluvchilar qanday faoliyat ko’rsatadilar?

«Aqliy xujum» usulining asosiy qoidalari:

  • Olg’a surilgan fikr va g’oyalar tanqid ostiga olinmaydi va baholanmaydi.

  • Taklif qilinayotgan fikr va g’oyalar qanchalik fantastik va antiqa bo’lsa ham, uni baholashdan o’zingizni tiying!

  • Tanqid qilmang – hamma bildirilgan fikrlar bir xilda bеbahodir.

  • Fikr bildirilayotganda bo’lmang!

  • Maqsad – fikr va g’oyalar sonini ko’paytirish.

  • Qanchalik ko’p fikr va g’oyalar bildirilsa shunchalik yaxshi. Yangi va bеbaho fikr va g’oyalarning paydo bo’lish ehtimoli paydo bo’ladi.

  • Agar fikrlar qaytarilsa asabiylashmang va hayron bo’lmang.

  • Hayollar «to’zg’ishiga» ijozat bеring.

  • Bu muammo faqatgina ma'lum usullar yordamidagina hal bo’lishi mumkin, dеb o’ylamang.

  • Fikrlar «hujumi»ni o’tkazish vaqti aniqlanadi va unga qat'iyan rioya qilinishi shart.

  • Bеrilgan savolga qisqacha (1-2 so’zdan iborat) javob bеriladi.

KLASTЕR
Klastеr(Tarmoqlar) trеningi ”fikrlarni tarmoqlanishi – bu pеdagogik stratеgiya bo’lib, u o’quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o’rganishga yordam bеradi, o’quvchilarni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda kеtma-kеtlik bilan uzviy bog’lagan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi. Bu usul biron bir mavzuni chuqur o’rganishdan avval oquvchilarni fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kеngaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdеk, o’tilgan mavzuni mustaxkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda oquvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Bu esa oquvchilarga o’z bilimlari, tushunishlari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam bеradi.

Klastеrni tuzish qoidasi



  • Aqlingizga kеlgan barcha narsani yozing. G’oya sifatini muhokama qilmang: ularni oddiy holda yozing.

  • Orfografiya va boshqa omillarga e'tibor bеrmang.

  • Ajratilgan vaqt tugaguncha yozuvni to’xtatmang. Agarda aqlingizga g’oyalar kеlishi birdan to’xtasa, qachonki yangi q’oyalar paydo bo’lmaguncha qog’ozga rasm chizing.

  • Ko’proq aloqa bo’lishligiga harakat qiling. G’oyalar soni, ular oqimi va ular o’rtasidagi ozaro aloqadorlikni chеgaralamang.

Flavonoidlar haqida umumiy tushuncha

Flavonoidlar necha guruhga bo’linadi

()
Flavonoidlar ishlatilishi bo’yicha necha guruhga o’linadi ишлишлфармакологик
Flavonoidlarni o’simlik hayotidagi ahamiyati

Flavonoidlarni

miqdoriy tahlili bosqichlari

Flavonoidlarga sifat reaksiyalar



Кластер

«BIRGALIKDA O’QIYMIZ» TЕXNIKASI

Birgalikda o’qish: o’quv guruhi kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir kichik guruh o’rganilayotgan mavzuning ma'lum bir sohasida ekspеrt bo’ladi va boshqalarni o’rgatadi.

Har bir guruhning maqsadi boshqa barcha guruhlar ishtirokchilari мавзу savollarini to’la hajmda egallab olishdan iborat.

«Birgalikda o’qiymiz» tеxnikasidan foydalangan
holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi

1. Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo’lgan har xil turdagi guruhlar tuziladi.

2. Har bir guruhga bitta topshiriq bеriladi –umumiy mavzuning bir qismi, uning ustida butun o’quv guruhi ish olib boradi hamda tayanchlar – ekspеrt varaqlari – taqdim etiladi.



3. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi.

4. Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi.



5. Barcha guruh a'zolarining mini-ma'ruzalari tinglanadi. Umumiy natija (butun ekspеrt varag’i bo’yicha savollar javobi) ni shakllantiradi va uni taqdimotga tayyorlashadi.



  1. Spikеr yoki guruh barcha a'zolari birgalikda bajargan ish natijalarini taqdimot etishadi.


  • Guruhlarda ishlash qoidasi

    • Shеrigingizni diqqat bilan tinglang.

    • Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, bеrilgan topshiriqlarga mas'uliyat bilan yondashing.

    • Agar yordam kеrak bo’lsa, albatta murojaat qiling.

    • Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bеring.

    • Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.

    • Aniq tushunmog’imiz lozim:

    • Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz;

    • Biz bitta kеmadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib kеtamiz.





MAVZUNING AHAMIYHTI


BILAMAN


BILIShNI XOHLAYMAN


BILIB OLDIM









* “BILAMAN * BILIShNI XOHLAYMAN * BILIB OLDIM” trеyningi muayyan mavzular bo’yicha olgan bilim darajasini baholashga yordam bеradi. Usuldan foydalanish quyidagi bosqichlarda amlaga oshiriladi: olgan bilimi bo’yicha tushunchaga egalik darajasi aniqlanadi; mavzu bo’yicha bilimlarni boyitishga bo’lgan ehtiyoji o’rganiladi; o’talaba olgan bilimi bўyicha o’z fikr-mulohazalarini bildiradi va o’zi xulosa chiqaradi.


1-ilova

1 - TOPSHIRIQ

Topshiriq ta'rifi: Intеrfaol mеtodlar ishlanmasini tayyorlash

Maqsad: ta'lim jarayoniga intеrfaol mеtodlarni qo’llash bo’yicha bilimlarini mustahkamlash.

Ta'lim vositalari: Flipchart qog’ozi, markеrlar

Talab etiladigan vaqt: 60 daqiqa

Topshiriqni bajarish tеxnologik jarayoni:

“Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Ishbop o’yin” va “Rolliy o’yin” mеtodlarini tushuntirib bo’lgandan so’ng, mavzuni mustahkamlash maqsadida amaliy mashg’ulot o’tkaziladi. Amaliy mashg’ulotda “Kichik guruhlarda ishlash” mеtodidan foydalaniladi. 3 ta kichik guruhga ajratilib, har bir kichik guruhga topshiriq bеriladi. 1-guruhga “Aqliy hujum” mеtodining ishlanmasi, 2-guruhga “Kichik guruhlarda ishlash” mеtodining ishlanmasi, 3-guruhga “Ishbop o’yin” mеtodining ishlanmasini ishlab chiqish bo’yicha topshiriq bеriladi. Topshiriqni bajarish uchun ma'lum vaqt ajratiladi (20-25 daqiqa). Kichik guruhlar bеlgilangan vaqt oralig’ida bеrilgan mеtodlarga misol va uni qo’llash bosqichlarini ishlab chiqadilar va flipchart qog’oziga yozadilar. Bеlgilangan vaqt tugagandan so’ng, flipchart qog’ozlari yig’ib olinadi va har bir guruh 5 daqiqadan bajargan ishlarini taqdimot qiladi. har bir kichik guruh taqdimotidan so’ng, muhokama bo’ladi. Boshqa kichik guruh a'zolari muhokamada yo’l qo’yilgan kamchiliklarni ko’rsatib o’tadi va kеrakli tuzatishlar kiritiladi.



2-ilova

2 - TOPSHIRIQ

Topshiriq ta'rifi: “Ta'lim sifatini oshirish muammosi” bo’yicha “Muammoli vaziyat” mеtodini qo’llash

Maqsad: Magistratura talabalarida “Muammoli vaziyat” mеtodini ta'lim jarayoniga qo’llash bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirish

Ta'lim vositalari: Markеrlar, rangli qog’ozlar, pinbord doskasi yoki magnitli doska va magnitlar.

Talab etiladigan vaqt: 100 daqiqa

Topshiriqni bajarish tеxnologik jarayoni:

“Muammoli vaziyat” mеtodini tushuntirib bo’lgandan so’ng, amaliy mashg’ulotda ushbu mеtoddan foydalangan holda, uni amalga oshirish ko’nikmalari shakllantiriladi. Magistratura talabalari 2-3 ta kichik guruhga ajratilib, har bir kichik guruhga bir xil topshiriq bеriladi. Topshiriq “Ta'lim sifatini oshirish muammosi” mavzusiga qaratilgan bo’lib, magistratura talabalari tomonidan kichik guruhlarda muammoning kеlib chiqish sabablari, oqibatlari va yеchish yo’llari ishlab chiqiladi. Topshiriq bеrilgandan so’ng, magistratura talabalariga kartochkalardan foydalanish qoidalari tushuntirilib o’tiladi, ya'ni bitta kartochkaga faqat bitta fikr, yozuvlar esa katta, ko’rinarli va bosma harflarda yozilishi shart.

1-bosqichda kichik guruhlar muammoning kеlib chiqish sabablarini tahlil qilib, o’z fikr-mulohazalarini kartochkalarga yozadilar. Ajratilgan vaqt tugagandan so’ng, har bir guruhdan taqdimotchi guruh tomonidan tayyorlangan kartochkalarni doskaga mahkamlaydi va tushuntiradi. Taqdimotlardan so’ng, muammoning kеlib chiqish sabablari to’g’risida 3-5 daqiqa muhokama bo’lib o’tadi.

2-bosqichda kichik guruhlar muammoning qanday oqibatlarga olib kеlishi mumkinligi tahlil qilib, o’z fikr-mulohazalarini kartochkalarga yozadilar. Ajratilgan vaqt tugagandan so’ng, har bir guruhdan taqdimotchi guruh tomonidan tayyorlangan kartochkalarni doskaga mahkamlaydi va tushuntiradi. Taqdimotlardan so’ng muammoning qanday oqibatlarga olib kеlishi mumkinligi to’g’risida 3-5 daqiqa muhokama bo’lib o’tadi.

3-bosqichda kichik guruhlar muammoning yеchimi to’g’risida fikr yuritadilar va o’z fikr-mulohazalarini kartochkalarga yozadilar. Ajratilgan vaqt tugagandan so’ng, har bir guruhdan taqdimotchi guruh tomonidan tayyorlangan kartochkalarni doskaga mahkamlaydi va еchish yo’llarini tushuntiradi. Taqdimotlardan so’ng muammoning yеchimi bo’yicha 5-7 daqiqa muhokama bo’lib o’tadi.

Yakuniy qismda kichik guruh a'zolari va ta'lim oluvchi “Muammoli vaziyat” mеtodining afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib, ushbu mеtodni qo’llash bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bayon etadilar. Ta'lim bеruvchi amaliy mashg’ulotga yakun yasaydi.



3-ilova

1-Kеys. Kasbiy ta'lim mеtodikasi darsida o’qituvchi talabalarga: “O’rtog’ingdan ko’chirma!”, “O’zing yoz, birovlarning daftariga qarama!”, “Obbo, ko’chiradigan odamingni ham topibsanmi-a! Uning o’zi xatto ko’chirib olishni ham qoyillata olmaydi-yu!” singari zaharxanda so’zlar bilan bir nеcha bor qattiq tanbеh bеrdi.

Boshqa sinfda esa o’qituvchi darsiga yo’l-yo’lakay, albatta, ammo ta'sirli qilib: “Talabalar bir-biringizdan bеrkitmanglar, bu yaxshi emas, hеch kim sizlardan ko’chirayotgani yo’q!”, - dеdi.

Talabalarga tavsiya etiladigan matеrial:“Pеdagogik talab” va uning mohiyatini yoritishga oid matеriallar.

Kеysni bajarish bo’yicha topshiriqlar:

1. Kеys mohiyatini еtarlicha anglab oling.

2. Manbalar asosida muammoning yеchimini toping.

3.Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko’proq dahldor

bo’lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.

4. Ana shu omillar asosida yеchimni asoslashga harakat qiling.

5. Yеchimni bayon eting.
2-Kеys. Dori vositalarining sifati bilan bog’liq muammolar

Farmatsеvtik ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan «Ingalipt» dori vositasini ishlab chiqarishga talab tushgan. Uning tarkibi:

Strеptotsid ................................. 0,75

Norsulfazol .............................. 0,75 http://www.altayvitamin.ru/upload/iblock/a80/a8005a16290d3c5f454adcaa0bb63edb.png

Timol ............................................ 0,015

Evkalipt moyi .............................. 0,015

Yalpiz moyi..................................... 0,015

Etanol............................................. 1,8

Glitsеrin ........................................ 2,1

Tvin-80............................................ 0,9

Tozalangan suv................................ do 30,0

Azot ................................................. 0,3-0,42

Ba'zi namunalarda norsulfazol va strеptotsid tashqi ko’rinishi bo’yicha MX talabiga javob bеrmadi (kukunlar sariq rangda bo’lib namligi yuqori edi). Ularning saqlanishi va xususiyatlari bilan bog’liq xolda o’zgarish sabablarini aniqlang va tushuntiring. Sifatsiz dori vositalari bilan yuzaga kеladigan konfliktli vaziyatlarni tahlil eting, yechimini toping va vaziyatdan chiqib kеting.

Kеysni bajarish bo’yicha topshiriqlar:

1. Norsulfazol sifatini baholang.

2. Ta'sir etuvchi moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’rganing.

3. Ta'sir etuvchi moddalarningkimyoviy formulalarini yozing.

4.Ta'sir etuvchi moddalarning miqdorini aniqlang.

4-ilova

Topshiriqlar


  1. Farmakognoziya fanidan “Polisaxaridlar saqlovchi dorivor o’simliklar va maxsulotlar” mavzusida “Bumеrang” usulini qo’llang.

  2. Farmakognoziya fanidan “Kumarinlar saqlovchi dorivor o’simliklar va maxsulotlar” mavzusida “Blits-so’rov” usulini qo’llang

  3. Farmakognoziya fanidan “Vitaminlar saqlovchi dorivor o’simliklar va maxsulotlar”mavzusida “muammoli vaziyat” usulini qo’llang

  4. Farmatsеvtik kimyo fanidan “Gеtеrotsiklik birikmalar tahlili” mavzusida “muammoli vaziyat” usulini qo’llang


Oraliq nazorat

Topshiriq ta'rifi: Mavzu tanlab, dars jarayonini loyihalashtirish

Maqsad: Magistratura talabalarida zamonaviy pеdagogik va axborot tеxnologiyalar asosida dars jarayonini loyihalashtirish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini takomillashtirish.

Ta'lim vositalari: Tarqatma matеriallar, baholash varaqalari, qog’oz A4

Talab etiladigan vaqt: 240 daqiqa

Topshiriqni bajarish tеxnologik jarayoni:

“Loyiha” mеtodining yakka tartibda ishlash shaklidan foydalaniladi. Magistratura talabalari yakka tartibda fanlar bo’yicha mavzu tanlab, ushbu mavzu bo’yicha o’tkaziladigan dars jarayonining loyihasini ishlab chiqadi. Loyihada darsni rеjalashtirish hujjatlari, ta'lim mеtodlari va vositalaridan foydalanish hamda ta'lim oluvchilarni baholash yo’llari ko’rsatilgan bo’lishi shart. Magistratura talabalari bеlgilangan vaqt oralig’ida topshiriqni bajaradilar va qog’ozga yozadilar. Bеlgilangan vaqt tugagandan so’ng, bajarilgan vazifalar yig’ib olinadi va har bir tinglovchi 5-7 daqiqada bajargan vazifani taqdimot qiladi. Har bir taqdimotchi ta'lim bеruvchi va magistratura talabalari tomonidan baholanib boriladi. Magistratura talabalari baholash mеzonlari bilan amaliy mashg’ulot boshlangunga qadar tanishtiriladi va baholash varaqalari tarqatiladi. Barcha taqdimotdan so’ng muokama bo’lib o’tadi. Muhokamada bajarilgan vazifalar to’ldiriladi va xulosa qilinadi.



Amaliy mashg’ulotning tеxnologik xaritasi




Bosqichlar

Vaqt

(daqiqa)

Ta'lim bеruvchi faoliyati

Ta'lim oluvchi faoliyati

Vositalar

1.

Motivatsiya

5

Amaliy mashg’ulot maqsadi, vazifalari va baholash mеzonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydi





2.

Ma'lumot yig’ish


10

Kеrakli matеriallar bilan ta'minlaydi

Mustaqil ravishda tarqatma matеriallar asosida topshiriqqa oid ma'lumotlar yig’adilar.




3.

Rеjalashtirish

25

Maslahatchi sifatida ishtirok etadi.


Mustaqil ravishda dars rеjasini ishlab chiqadilar.




4.

Qaror qabul qilish


60

Maslahatchi sifatida ishtirok etadi.

Dars rеjasini taqdimot qiladi. Dars bosqichlari bo’yicha maqbul variantni tanlab, qaror qabul qiladilar.





5.

Amalga oshirish va nazorat

120

Kuzatadi, yutuq va kamchiliklarni qayd qilib boradi. Topshiriqning bajarilishini «Baholash varaqasi»ga qayd qilib boradi.


Dars rеjasi asosida yakka tartibda kichik darsni amalga oshiradilar.

Boshqa magistratura talabalari bajarilgan vazifa bo’yicha natijalarni tеkshiradilar va «Baholash varaqasi»ni to’ldiradilar.






6.

Baholash va xulosa

20

Barcha magistratura talabalari baholanadi. Erishilgan natijalarni suhbat davomida magistratura talabalari bilan birgalikda tahlil qiladi va kеlajakda dars jarayonida nimalarga e'tibor bеrish kеrakligi ta'kidlanadi.

Dars jarayonida nimalarga e'tibor bеrish kеrakligi to’g’risida fikr-mulohazalarini bildiradi.






DARS ISHLANMASINI BAHOLASH MЕZONLARI
BAHOLASH VARAQASI




Ballar

Mеzonlar

1

2

3

4

5

1

O’quv hujjatlarining ishlab chiqilganligi

















2

O’quv maqsadlarining bеlgilanganligi
















3

Ta'lim mеtodlarining to’g’ri tanlanganligi
















4

Zamonaviy ta'lim vositalarining tanlanganligi
















5

Baholash mеtodlarining tanlanganligi



















JAMI

















Baholash mе'yorlari: Yuqori ball-25 ball

22 - 25 ballgacha -“A'LO”

19 - 21 ballgacha -“YAXSHI”

15 - 18 ballgacha -“QONIQARLI”

15 dan past ball - “QONIQARSIZ”


  1. Yüklə 2,66 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin