5. MAXFIYLIK 5.1. Tomonlar har bir Tomon uchun Shartnoma bo'yicha majburiyatlarini bajarish uchun
zaruriyati asosida axborot almashadilar. Bir Tomon boshqa Tomonga taqdim etadigan Shartnoma
bo'yicha majburiyatlarni bajarishga tegishli bo'lgan, uning munosabatida qonunlar bilan
foydalanishni cheklash rejimi ko'zda tutilgan barcha ma'lumotlar yoki ma'lumotlarni taqdim
etayotgan Tomon ochiq tarzda, bunday ma'lumot maxfiy ekanligi haqida xabardor qilgan
ma'lumotlar maxfiy ma'lumot hisoblanadi va shu tarzda aniqlanadi ("Maxfiy ma'lumot").
Maxfiy ma'lumotlarga, shu jumladan, qonunchilik bilan aniqlangan tijoriy, kasbiy, xizmat,
shuningdek boshqa turdagi sirlarni tashkil etuvchi shaxsiy ma'lumotlar, hisobchi va moliya
ma'lumotlari, to'lov operatsiyalarini amalga oshirganlik to'g'risida ma'lumotlar, axborot,
telekommunikatsiya va to'lov tizimlarini sozlash uchun boshqaruv ma'lumotlari kiradi. Maxfiy
Ma'lumotlar undan noqonuniy foydalanishdan himoyalanishi, uning yaxlitligi, saqlanishi hamda
o'z vaqtida taqdim etilishi ta'minlanishi lozim.
5.2. Shartnomaga muvofiq Maxfiy ma'lumotni olgan Tomon ("Qabul qiluvchi tomon"),
agar bunday ma'lumot Maxfiy ma'lumot (i) u qabul qilingan vaqtda ommaviy boylik hisoblanishi
yoki Qabul qiluvchi tomonning aybi bilan shunday ma'lumotga aylanmaganligini isbotlashi
mumkin bo'lsa; (ii) qabul qilinishidan oldin Qabul qiluvchi Tomonga ma'lum bo'lgan yoki uning
tasarrufida bo'lgan bo'lsa; (iii) Qabul qiluvchi tomonga, Maxfiy ma'lumotning saqlanishini
ta'minlash bo'yicha majburiyatlar buzilmagan holatda, Taqdim etayotgan Tomon hisoblanmagan
manbadan ma'lum bo'lsa Maxfiy ma'lumot yoki uning bir qismini ochiqlagani uchun javobgar
bo'lmaydi.
5.3. Qabul qiluvchi tomon Shunday ma'lumotni taqdim etuvchi Tomonning ("Taqdim
etuvchi tomon") oldindan berilgan roziligisiz Maxfiy ma'lumotning biror-bir qismidan mazkur
shartnomada ko'zda tutilmagan maqsadlarda foydalanmaydi (i), Maxfiy ma'lumot yoki uning bir
qismini mazkur shartlarda ko'zda tutilgan maqsadlarda Maxfiy ma'lumotdan foydalanish
imkoniyatiga ega bo'lishi zarurligi asoslangan hamda Maxfiy ma'lumotlarning saqlanishini
mazkur shartlarda Tomon bo'lgan holatidagidek ta'minlashga rozilik bildirgan Qabul qiluvchi
Tomonning xodimlari va maslahatchilari bo'lmagan (shuningdek ikkilamchi pudratchilar) biror-
bir shaxs yoki tashkilotga taqdim etmaydi, (iii) Maxfiy ma'lumotdan noqonuniy foydalanilishiga
yo'l qo'ymaydi.
5.4. Agar Qabul qiluvchi Tomon qonun bo'yicha biror-bir Maxfiy ma'lumotni Maxfiy
Ma'lumotni ochiqlashni talab qilish vakolatiga ega davlat hukumati organlariga ochiqlashi shart
bo'lsa, bunday Tomon zudlik bilan bu fakt haqida Taqdim etuvchi tomonni yozma ravishda
xabardor qilishi shart. Bunda Taqdim etuvchi tomon lozim darajada xabardor qilingan holatda
mazkur bandga muvofiq Maxfiy Ma'lumotni ochiqlaydigan Qabul qiluvchi tomon Maxfiy
Ma'lumotlarni ochiqlamaslik bo'yicha o'z majburiyatlarini buzgan hisoblanmaydi. Bunday
ochiqlash holatida Qabul qiluvchi Tomon Maxfiy Ma'lumotlarning himoyasini ta'minlash uchun
unga bog'liq barchasini bajarish majburiyatini oladi.
5.5. Maxfiy ma'lumot Taqdim etuvchi tomonning mulki bo'lib qoladi va u Shartnomada
ko'zda tutilgan maqsadlar uchun kerak bo'lmagan holatda Taqdim etuvchining talabiga binoan
shunday Tomonga zudlik bilan qaytarilishi yoki Qabul qiluvchi Tomon yoki u mazkur bo'limning
qoidalariga muvofiq shunday Maxfiy ma'lumotni taqdim etgan biror-bir boshqa Tomondan
qilingan barcha nusxalar bilan birga yo'q qilinishi kerak.