12. BOSHQA SHARTLAR. 12.1. Shartlar va ularning bajarilishi yuzasidan kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, nizo
tomonlar o'rtasida o'zaro muzokaralar yo'li bilan hal qilinadi.
Muzokaralar natijasida tomonlar o'zaro kelishuvga erisha olmagan taqdirda nizolar qonunchilikka
muvofiq sud tartibida ko'rib chiqiladi.
12.2. Mijozning uchinchi shaxslar bilan hisob-kitoblari bo'yicha o'zaro nizolari bankning
ishtirokisiz ko'rib chiqiladi.
12.3. Mijoz o'zining bank hisobvaraqlarida mavjud pul mablag'larini mustaqil tasarruf etadi. Bank
mijozning pul mablag'laridan qay tarzda foydalanishni belgilashga va nazorat qilishga hamda
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
mijoz o'zining pul mablag'larini o'z xohishiga ko'ra tasarruf etish huquqlariga qonunda va mazkur
shartlarda nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni o'rnatishga haqli emas.
12.4. Mazkur shartlarda ko'zda tutilmagan bank va mijoz o'rtasidagi munosabatlar O'zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
12.5. Mijozning hisobvaraqlari bo'yicha amaliyotlarni amalga oshirish tartibi kelishuvchi tomonlar
uchun majburiy bo'lgan Markaziy bankning me'yoriy-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadi.
12.6. Ushbu shartlarning 7.1.4., 7.1.5., 7.1.6., 7.1.8 bandlarida belgilangan bankka nisbatan .jarima
jazo choralarini qo'llash sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning
hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatishning umumiy shartlariga