"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

6. MAXFIYLIKNI TA'MINLASH. 
6.1. Mijoz o'z foydalanuvchilarining parollar, PIN va ERI sirli kalitlari mavjud shaxsiy 
tashuvchilarning sir saqlanishi talablarini anglaydi. 
6.2. Tizimdan foydalanish huquqini beruvchi parol, PIN yoki ERI sirli kalitlari ochiqlanganiga 
shubha bo'lgan holatda yoki boshqa sabablarga ko'ra, Mijozning istalgan foydalanuvchisi har 
qanday vaqtda parol, PIN yoki ERI sirli kalitini Tizim bilan ishlash Qoidalarida ta'riflangan 
jarayonlar doirasida o'zgartirish huquqiga ega. 
7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI. 
7.1. Bank Mijozning hisobvaraqlariga mablag'lar to'g'ri kelib tushishi va to'g'ri yechilishi hamda 
elektron banklararo to'lov tizimi bo'yicha ma'lumotlarning o'z vaqtida berilishi uchun javobgar, 
qonunchilik talablariga mos kelmaydigan holatlar bundan mustasno. 
7.2. Bank Mijozda apparat va tizim dasturiy ta'minotining sifatsiz ishlashi uchun hamda buning 
oqibatida Mijozning Tizimdagi ishida yuzaga kelgan uzilishlar uchun javobgar emas. 
7.3. Bank Mijozning Tizimdan foydalanish parollari, ERI sirli kaliti majvud elektron identifikator 
yo'qotilishi yoki uning ayon qilinishi natijasida Mijozga yetkazilgan zarar uchun javobgar emas, 
agar Mijoz ayon bo'lish yoki yo'qotilish fakti to'g'risida Bankka zarar yetkazilgan vaqtgacha 
ogohlantirish bermagan bo'lsa. 
7.4. Bank va Mijoz Tomonlarning xohishiga bog'liq bo'lmagan sharoitlar oqibatida yuzaga kelgan, 
Tizimning to'g'ri ishlashiga to'sqinlik qiluvchi aloqa liniyalarining sifatsiz ishi uchun javobgar 
emas. 
7.5. Mijoz Tizimdan olingan elektron yoki bosib chiqarilgan hujjatlarning (hisobvaraqdan 
ko'chirmalar, Bankdan xatlar va boshq.) saqlanishi va maxfiyligi uchun javobgar. 
7.6. Tomonlar Tizimda o'zlarining mas'ul xodimlari ishi uchun javobgar. 
7.7. Mazkur Shartlarga muvofiq o'ziga qabul qilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim 
darajada bajarmaganlik uchun Tomonlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligda 
ko'zda tutilgan javobgarlikka tortiladi. 
7.8. Har bir tomon boshqa Tomondan, unda mazkur Shartlarga boshqa Tomonning rioya 
qilmaganligi tufayli yuzaga kelgan zararlarni qoplanishini talab qilish huquqiga ega. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin