32
Davlat tili ma’lum davlatning siyosiy-ijtimoiy va madaniy doirasida faol
qo`llanuvchi, shu davlatning ramziy belgilaridan biri hisoblanuvchi tildir. Davlat
tili tegishli davlatdagi umumiy rasmiy til.
Davlat tili tegishli davlatdagi umumiy rasmiy til.
Davlat tili – muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud
hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til.
Davlat tili odatda uch yo`l bilan belgilanadi:
1) tarixiy an’analar asosida davlat hududida istiqomat qiluvchi barcha
xalqlarni mavjud tillaridan birini umum til sifat tan olinishi asosida;
2) hukumat, prezident, parlament yoki rahbar organlari tomonidan xalqaro
yoki jahon tillaridan birini davlatning rasmiy tili deb e’lon qilinshi asosida;
3) davlatning qonun chiqaruvchi organi yoki mamlakat prezidenti
tomonidan ma’lum tilning jamiyat hayotining barcha sohalarida qo`llanilishi shart
deb e’lon qilinishi asosida.
Yarim asrdan oshiq (1938-1991) davr ichida o`zbek tili mafkuraviy, siyosiy,
ma’muriy jihatlardan ulkan tazyiq ostida bo`ldi. Sobiq SSSR Xalq Komissarlari
Soveti va VKP(b) MK ning 1938-yil 13-fevraldagi ―Rus tilini milliy respublika-
larda majburan o`qitish to`g`risida‖ qarori chiqqandan so`ng sho`ro mamlakatida
keng miqyosda ruslashtirish siyosati amalga oshirildi, o`zbek tili hayotning asosiy
sohalaridan asta-sekin chiqarila boshlandi.
Ona tili elning taqdiri, kelajagini ham belgilaydigan eng muhim omildir.
Prezidentimiz I. A. Karimovning 1989-yil 25-oktyabrda O`zbekiston SSR Oliy
Sovetining o`n birinchi sessiyasida so`zlagan ―Til elni birlashtirishi lozim‖ nomli
nutqida ham tilning xuddi shu jihati alohida ta’kidlangan: ―Birinchi navbatda
shuni aytmoqchimanki, o`zbek tiliga davlat maqomini berilishi hech kimda hech
qanday shubha tug`dirmasa kerak. Bu allaqachon yuz berishi lozim bo`lgan hodisa
ediki, aholimiz ko`pchiligining qonuniy talabi ham shunday edi.
Binobarin, o`z ona tilini bilmagan odam o`zining shajarasini, o`zining
Dostları ilə paylaş: