31
2.2. O`zbekiston Respublikasining mustaqillik davridagi til
siyosati va uning huquqiy asoslari hamda ijtimoiy-siyosiy ahamiyati
Mustaqillikka erishganimizdan so`ng xalqimiz ma’naviy hayotidagi boshqa
ko`plab muammolar qatori til masalasi ham kun tartibidagi dolzarb vazifaga
aylandi. Ayniqsa, ona tilimizning xalqaro maydondagi obro`-e’tibori va nufuzini
yuksaltirish, mamlakatimizning jahon kommunikatsiya tizimiga integratsiya-
lashuvini ta’minlash, farzandlarimiz uchun chet tillar, axborot texnologiyalarini har
tomonlama puxta egallash borasida qulay imkoniyatlar yaratish kabi bir-biridan
muhim vazifalar bu masalani kechiktirmasdan hal qilishni talab etar edi.
Xuddi shunday dolzarb hayotiy ehtiyoj tufayli mustaqillikning ilk qadami,
samarasi o`laroq 1989-yil 21-oktyabrda O`zbekiston Respublikasining ―Davlat tili
to`g`risida‖gi Qonuni qabul qilindi, qadimiy va muqaddas ona tilimiz – o`zbek
tiliga davlat tili maqomi berildi, o`zbek tili taraqqiyoti va takomilida yangi davr
boshlandi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta’biri bilan aytganda, ―Xalqimizning
muqaddas qadriyatlaridan biri bo`lmish ona tilimiz o`zining qonuniy maqomi va
himoyasiga ega bo`ldi. Bu Vatanimiz tarixida tom ma’nodagi buyuk voqea edi‖.
Er yuzida yashovchi xalqlar, elatlar, qabilalar har xil tilda so`zlashadilar.
Dunyoning lisoniy xaritasiga nazar tashlansa, tillar va shevalarning nihoyat
darajada ko`pligi va ularning xilma-xilligi ko`rinadi. Tilshunoslikka oid
adabiyotlarda jahon tillarining umumiy soni 2500 dan 5000 gacha va undan ortiq
deb ko`rsatiladi. So`nggi ma’lumotlarga ko`ra, dunyodagi tillarning miqdori 7000
ming atrofida. Buni asoslaydigan bir dalil: 2010-yilda ―National Gengrapnik‖
jamiyati tomonidan tashkil etilgan ekspeditsiya aniqlagan Hindistondagi koro tili
dunyodagi 6909-tildir. Ana shu tillar ijtimoiy mavqeiga ko`ra rasmiy til va davlat
tillariga ajratiladi. Davlat tili maqomi rasmiy tildan yuqoriroq mavqega ega.
Manbalarda izohlanishicha, “Davlat tili ma’lum davlatning siyosiy-ijtimoiy va
Dostları ilə paylaş: