O’zbekiston respublikasi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/45
tarix01.01.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#107638
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
ozbekiston respublikasining til siyosati

fidoiylik,  mehnatsevarlik,  sadoqat,  halollik,  tantilik,  saxiylik  kabi  yuzlab 

so`zlarning  lug`aviy-ma’noviy  tahlili  asosida  o`quvchilarda  yuksak  ma’naviy, 

axloqiy fazilatlarni shakllantirish;   

4)  zamonaviy  pedagogik  texnologiya  va  innovatsiyalar  asosida  o`quvchi-

larga milliy qadriyatlar bilan bog`liq bilim, ko`nikma va malakalarni hamda ularda 

xalqona  qadriyatlarga  hurmat,  sodiqlik  hissini  tarbiyalash.  Shundagina  hozirgi 

zamonaviy pedagogikaning talablariga muvofiq tarzda ona tili darslarida ta’lim va 

tarbiya uyg`unligi tamoyiliga amal qilingan bo`ladi. 

Ayni  paytda  o`zbek  tilining  ijtimoiy  nufuzini  yanada  oshirish,  uning 

imkoniyatlaridan  kengroq  va  samaraliroq  foydalanishga  xalaqit  qilayotgan  ayrim 

omillar mavjudligini e’tiborga olishni muhim deb bilamiz: 

1)  o`zbek  tili  O`zbekiston  Respublikasining  davlat  tili  sifatida  ish  yuritish 

jarayonida to`liq qo`llanishi, ya’ni ―Davlat tili haqida‖ gi Qonun talablari so`zsiz 

bajarishiga erishish lozim

2)  barcha  ta’lim  muassasalarida  insho  yozishga  alohida  e’tibor  qaratish 

lozim.  Chunki  insho  orqali  o`quvchiyu  talaba  turli  xil  sinovlardan  o`tadi,  uning 

imlo  savodxonligi  aniqlanadi,  muayyan  mavzuni  qay  darajada  bilishi  hamda  uni 

qanday  o`zlashtirgani  ma’lum  bo`ladi.  Eng  asosiysi,  insho  orqali  o`quvchining 

ichki  olami,  ma’naviy  dunyosi,  tafakkur  tarsi  ifodalanadi.  Shu  sababli  ham 



 

65 


yozilgan insho o`z mazmun-mohiyati, ishlatilgan tinish belgilari, so`zlarning uslub 

jihatidan qo`llanishiga ko`ra baholanadi. 

Inshoda  og`zaki  va  yozma  nutq  mahorati  mujassamlashadi,  ya’ni  yozma 

nutq  –  inshoda  yozilgan  so`z  va  gap  qoliplari  asta-sekin  mustahkamlanib  borib, 

og`zaki nutqda qo`llash uchun tayyor andoza holiga keladi. Insho yozish kishidan 

faqat  lisoniy  tayyorgarlikni  emas,  balki  siyosiym  ijtimoiy  yetuklikni,  falsafiy 

mushohadani,  madaniy  saviyani  ham  taqazo  etadi.  Shu  nuqtai  nazardan  ta’lim 

muassasalarida  insho  yozishni  qat’iy  talab  sifatida  kun  tartibiga  qo`yishni 

maqsadga muvofiq, deb bilamiz; 

3)  milliy  yozuvga  jiddiy  e’tibor  qaratish,  nashr  etilayotgan  barcha 

adabiyotlarning imloviy to`g`ri bo`lihini ta’minlash, imlo lug`atlarini ko`p nushada 

chop etish masalasini hal etish kerak; 

4)  ommaviy  axborot  vositalarida  o`zbek  tilining  ahamiyati,  millatlararo 

totuvlikni  ta’minlashdagi  roli,  shaxs  ma’naviy  kamolotida  ona  tilining  o`rni 

masalalari  muntazam  yoritib  borilishi  kerak.  Televidenieda  ―Tilga  e’tibor‖ 

ko`rsatuvini  qayta  tiklash,  barcha  tele-,  radiokanallarda  ona  tili  va  adabiyot  bilan 

bog`liq materiallar berib borilishini ko`paytirish lozim; 

5)  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  samaradorligini  oshirish,  umuman  olganda, 

ijtimoiy  rivojlanishni  yanada  kengaytirish  maqsadida  kuchli  davlatdan  kuchli 

fuqarolik  jamiyat  sari  dadil  qadam  tashlanayotgan  bir  paytda  tilshunos  va 

adabiyotshunoslar,  shoir-u  yozuvchilar,  o`qituvchi  va  talabalarni,  barcha  ziyoliy 

ahlini,  ona  tilimiz  fidoyilarini  o`zida  birlashtiradigan  ―Ona  tili‖  jamiyatini  tuzish 

zarur; 

6)  ona  tilimizga  e’tibor  faqat  til  bayrami  munosabati  bilan  emas,  balki 

doimiy  ravishda  bo`lishiga  erishishni  ijtimoiy  talab  darajasiga  ko`tarish  muayyan 

foyda berishga shubha yo`q; 

7) ko`chalardagi e’lonlar, bekat nomlari va reklama vositasiga kirmaydigan 

boshqa turdagi tashqi yozuvlarda qator imloviy xatolar ko`zga tashlanmoqda. 

Davlatimiz  ramzi,  bayrog`i,  madhiyasi,  chegarasi  kabi  muqaddas  bo`lgan 

ona  tilimizni  asrab-avaylashda,  uning  imkoniyatlaridan  to`g`ri  foydalanishda 




 

66 


mahalliy  hokimliklar,  mutasaddi  tashkilotlar,  ommaviy  axborot  vositalari 

xodimlari, boshlovchilar, aktyorlar, suxandonlarning mas’uliyatini yanada oshirish 

dolzarb ahamiyatga ega. 

Zotan,  tilning  rivojini  ta’minlash  til  egalarining  ushbu  bebaho  boylikka 

nisbatan  hurmat-ehtiromiga  bog`liq.  Shu  ma’noda,  o`zbek  tili  ta’limi  mazmunini 

tubdan  isloh  qilinib,  yangi  darsliklar  yaratilgani,  ularning  nashrdan-nashrga 

to`ldirilgan  va  takomillashtirilgan  holda  chop  etilayotgani  yosh  avlod  tarbiyasida 

muhim ahamiyat kasb etmoqda.




Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin