O`zbekiston respublikasi



Yüklə 103,93 Kb.
səhifə3/3
tarix15.02.2022
ölçüsü103,93 Kb.
#114389
1   2   3
UMUMUY O`RTA TA`LIM MUSIQA DARSLARI FAOLIYATI ORQALI O`QUVCHILARDA YUKSAK BADIIY DIDNI TARBIYALASH.

darslarida qo‘llash, o‘qituvchidan ish mazmunini va uslubini yangilashni talab etadi.5 [ Abdumannon Nazarov, Olimjon Bekov www. http.uz.] Musiqa madaniyati o‘quv dasturiga kiritilgan ashulalar ham o‘quvchilarning yoshi va qiziqishi, mazmunan rang-barangligi, qiziqarli, ohangdorigi bilan estetik madaniyatni yuksaltirishda aloxida ahamiyat kasb etadi. Unda, ayniqsa ona Vatan, go‘zal tabiatni ifodalovchi, yil fasllari, qushlar va hayvonat olami haqidagi lirik raqs hazil-mutoyiba harakteridagi ko‘plab qo‘shiqlar o‘quvchi yoshlarning estetik zavqini oshirib borishga, tarbiyaviy- madaniy vazifalarni uddalashga va ashula aytishda zaruriy malakalar hosil qilishga yordam beradi.6 [D.Boltayev ―Uzluksiz ta‘lim ttizimida musiqa fanlarini o‘qitish masalalari‖ Respublika ilmiy amaiy anjumani TDPU 2010]

Musiqa madaniyati darslaridan tashqari, Musiqa o‘qituvchisi dars jarayonida qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqaga mos bolalar cholg`u asboblaridan jo‘r bo‘lish musiqiy ritmga harakatlar bajarish kabi dars faoliyatlarida musiqaga qiziqtira olish, ularni musiqiy qobiliyatlarini o‘stirishga harakat qilishi lozim. Chunki, musiqa o‘quvchilarga tez ta`sir eta oladigan ta`lim — tarbiya vositasidir. U o‘qituvchilarni shaxs bo‘lib shakllanishi uchun ommaviy va ahloqiy tomondan ijobiy ta`sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham, musiqa madaniyati darslari, avvalo tarbiya darsi deb ataladi. Dars samaradorligini oshirish musiqa o‘qituvchisidan mehnat, o‘z faniga muhabbat, bolalarni go‘zallik va nafosat olamiga olib kirish uchun bilim, musiqaga mehr va shijoat talab etadi. Musiqa darsi boshqa darslardan o‘zining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarga ko‘proq ijodiy zavq, emotsional tuyg`ular va obrazli kechinmalar uyg`otishi bilan ajralib turadi.


Gap musiqada, ta`lim va tarbiya haqida ketar ekan o‘quvchi yoshlarda eng avvalo sog`lom didni shakllantirib borish e`tiborga loyiq o‘rinda turadi.

Yuksak badiiy didni tarbiyalashda san`atning hamma turlari muhim va ularning

har biri xusuiyat va imkoniyatga ega. Mamlakatimiz maktablarida estetik tarbiyani amalga oshirish, o‘quvchilarga yuksak estetik badiiy didni voyaga yetkazish uchun zaruriy zamin xozirlab berishning, yoshlarga san`at asarlarining estetik mohiyatini singdirishning muhim tarmog`idir.Musiqa va estetik madaniyatning paydo bo‘lishi hamda shakllanib borishida tinglanayotgan har bir asarni o‘quvchilar tomonidan to‘la o‘zlashtirib olinishiga bog`liq. Shu munosabat bilan maktabda musiqani tarbiyasini amalga oshirishda o‘quvchilarning musiqa ma`lumotlarga alohida e`tibor berish, ularni dastur talablariga muvofiq musiqiy bilim bilan qurollantirish, musiqa haqida bilim – ma`lumotlarini chuqur puxta o‘zlashtirishga erishish eng muhim vazifalardandir.

Badiiy did tarbiyasining asosi ham maktabda dars jarayoni o‘quv mashg`ulotlari vaqtida vujudga keladi. Xo‘sh, hozirgi maktablarimizda o‘quvchilarning badiiy didlari biz hohlagandek shakllanayotganmikan? Savol tariqasida shularni aniqlash mumkinki ko‘pchilik o‘quvchilarimizda g`arb musiqasiga bo‘lgan qiziqish tabora ortib bormoqda, ularni maktab dasturidagi kuy va qo‘shiqlar borgan sari qiziqtirmay qo‘ymoqda, xatto ulardan qanday kuy va qo‘shiqlarni yoqtirasizlar deb so‘ralsa, albatta g`arb davlatlaridagi hozirgi mashhur qo‘shiqlarni misol tariqasida keltiradilar.






Hatto qo‘shiqlarni ijro etib berishni iltimos qilishadi. Ularning bu darajada g`arb davlatlari madaniyatiga ixlos qo‘yishlari natijasida ularning badiiy didlari ham shunga moslashib rivojlanmoqda. Buni ba`zi o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishlari ham isbotlab turibdi. Biz esa maktablarimiz qat`iy sur`atda, faqat ta`lim maktabi emas, balki estetik maktab bo‘lishiga intilamiz. O‘quvchilarda estetik didni tarbiyalashda maktabning butun hayoti barobar qatnashsada, musiqa darsining alohida ahamiyati bor. Ya`ni musiqa darsi badiiy didni tarbiyalashda ta`sirchan vositadir. Bu borada eng ma`suliyatli vazifa musiqa o‘qituvchilariga topshiriladi. Badiiy didni tarbiyaash har bir musiqa o‘qituvchisining vazifasidir.
Yüklə 103,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin