OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“MAKTABGACHA TAʼLIM” FAKULTETI
“YOSHLАRNI QOʼLLАB-QUVVАTLАSH VА АHOLI SАLOMАTLIGINI MUSTАHKАMLАSH YILI”
doirasida hamda pedagog olima O.Hasanbayeva tavalludiga bag`ishlab oʼtkazilayotgan
“UCHINCHI RENESSАNS DАVRIDА MАKTАBGАCHА TА’LIM-TАRBIYANING ROLI”
mavzusidagi talabalarning ilmiy-amaliy anjumani
MАTERIАLLАRI
0
Toshkent - 2021
UMUMUY O`RTA TA`LIM MUSIQA DARSLARI FAOLIYATI ORQALI O`QUVCHILARDA YUKSAK BADIIY DIDNI TARBIYALASH.
D.A.Karimova, Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti
Xodjayeva Sh. T. , Raxmonova N.A., Termiz D.U. magistrlari
Barkamol avlodni atroflicha yetuk inson qilib tarbiyalashda, maktablarda o`qitiladigan musiqa madaniyati darslarining ma‘naviy-ma‘rifiy, tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Shunday holatda musiqa san‘ati u milliy qadriyatlar asosidagi nafis san‘at, u fan, u xalq dardi, tili, dili, ma‘naviy madaniy, ma‘rifiy tadbirlar mazmunini tarbiyaviy ahamiyatini teran anglashga yordam beruvchi vositadir. Musiqa madaniyati o`qituvchisi umumiy o`rta ta‘lim maktablarida va maktabdan tashqari muassasalarda o`ziga xos milliy ma‘rifatni, ma‘naviyatni, madaniyatni ahloqiy tarbiyani, musiqa madaniyati darslarida va musiqiy bayram tadbirlari vositasida targ‘ib etuvchi mutaxassis sifatida, o`z o`rni va mavqeyiga egadir. Jamiyatimizning taraqqiyot bosqichida yoshlarimizning shaxs sifatidagi ma‘naviy-ma‘rifiy, madaniy shakllanishi dolzarb muammodir. Yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega. Demak, jamiyatimizning buguni, ertasi va istiqboli yoshlarimizga, ularning qay darajada bilim olishiga, tarbiyalanishiga bog‘liqdir.
Yangi avlodni qanday tarbiyalash jarayonlarini amalga oshirishning samarali vositalarini tanlash va izchillik bilan amalga oshirishga bog‘liqdir. Bu borada musiqa madaniyati o`qituvchisi avvalo, o`zi tarbiyalangan, yuksak madaniyatli, ma‘naviy-
ahloqiy, ma‘rifiy savodli, bilimli yangi davr talabi asosida puxta bilimga ega, katta salohiyatli, fikr-mulohaza yurita olishi davr talabidir.Shuningdek:
musiqa madaniyati fani misolida darslar jarayonida, tarbiyaviy ijobiy fazilatlar mazmunini tahlil qilib tushuntira olish;
komil inson qiyofasini, aql-idrok, keng tafakkur olami bilan shaxsning ma‘naviy qiyofasini tarbiyalashda, mehnat qilish, yangi davr talabi asosida faol faoliyat yurita olish;
musiqiy ma‘naviy-ma‘rifiy, madaniy tadbirlarni mustaqil tarzda mutaxassis sifatida to`liq bajara olishi lozim.
zamon talabi asosida, musiqa madaniyati o`qituvchisining ma‘naviy-ma‘rifiy, madaniy shakllanishi jamiyatimizning taraqqiyotidagi dolzarb masalalardan biridir.
Bo`lg‘usi musiqa o`qituvchilarini mutaxassislikka tayyorlash fanlarini o`rgatish jarayonida, o`ziga xos ijodkorona fikr-mulohaza yuritish, yangiliklarni izlash, har bir mavzuga yanada yangi mazmun baxsh etishini taqozo etadi. Bunday jarayon musiqa o`qituvchisining imkoniyatlarini kengaytiradi. Hamisha izlanish, yangiliklarni kashf etish, yosh mutaxassislarga xos xususiyatdir. Musiqa inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton,nag`ma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san`at turidir.Uning mazmuni o‘zgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfityatlari (ko‘tarinkilik, shodlik, o‘ychanlik, zavqlanish, mushohadalik, g`amginlik, xavf-qo‘rquv va boshqalar) ni o‘zida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari musiqa, shaxsning irodaviy sifatlari (qat`iyatlik, intiluvchanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviy tasviriy imkoniyatlari yunon olimlari-Pifagor, Platon, Aristotel va sharq mutafakkirlari- Farobiy, Ibn-Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari-Imom G`azzoliy, Kalobodiy, Buxoriy va boshqalar tomonidan yuqori baholangan.4 [R.Qodirov ―Musiqa psixologiyasi‖ T.‖Musiqa‖ nashriyoti 2005]
Dostları ilə paylaş: |