Baxtiyorov Mehroj 301-guruh



Yüklə 4,65 Mb.
səhifə1/2
tarix26.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#134944
  1   2
Baxtiyorov M. 301-gurug MT4


Baxtiyorov Mehroj 301-guruh
Pedagogika MT4.
Mavzu:Tаrbiya turlаri mаzmuni, mаqsаd vа vаzifаlаri, shаkl vа mеtоdlаri tаsnifi.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Tarbiya jarayoni:
o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.
IJTIMOIY TARBIYA YO’NALISHLARI
axloqiy
aqliy
ekologik
mehnat tarbiyasi
estetik
iqtisodiy
huquqiy
jismoniy
Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me'yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me'yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me'yorlar (talab va ta'qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish.
Aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida
o‘quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashini rivojlantirish
Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida
o‘quvchilarni o‘z sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to‘rlari borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o‘quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan ularda shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash
O‘quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas'uliyat bilan munosabatda bo‘lish, tabiatni asrash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish kabi tuyg‘ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish.
Estеtik tаrbiyani оlib bоrish jаrаyonidа – o`quvchilаrdа estеtik his-tuyg`u, estеtik didni tаrbiyalаsh, ulаrning ijоdiy qоbiliyatlаri, estеtik ehtiyojlаri vа go`zаllikni sеvish, go`zаllikkа intilish tuyg`ulаrini rivоjlаntirish, estеtik mаdаniyatni shаkllаntirish.
Iqtisоdiy tаrbiyani tаshkil etish jаrаyonidа – o`quvchilаrgа iqtisоdiy bilimlаrni bеrish аsоsidа mаmаlаkаt iqtisоdiy bаrqаrоrligini tа’minlаsh, bоzоr infrаstrukturаsi qоidаlаrigа аmаl qilish, ichki bоzоrni to`ldirish, kichik vа o`rtа biznеsni yarаtish bоrаsidаgi fаоliyat jаrаyonidа ishtirоk etish ko`nikmа vа mаlаkаlаrini hоsil qilish, insоn mеhnаti bilаn bunyod qilingаn mоddiy bоyliklаrni аsrаsh, ulаrni ko`pаytirish bоrаsidа qаyg`urish tuyg`ulаrini qаrоr tоptirish, iqtisоdiy mаdаniyatni shаkllаntirish

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin