Tarbiya jarayonining xususiyatlari: -Ko’p qirrali jarayon;
-Uzoq muddat davom etadi;
-Yaxlit holda va konsentrik asosda amalga oshadi;
-Ikki tomonlama xususiyat;
-Bolaning faolligi;
-Qarama-qarshiliklar ko’pligi.
Tarbiya usuli -tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o’zaro ta’sir ko’rsatish usullaridir
Tarbiya vositalari biron - bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo’l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi. (Ko’rsatmali ko’nikmalar, kitoblar, radio,televideniye). Tarbiya usullari : - Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar; - Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usullari - Mashq va o’rgatish usullari; - O’z - o’zini tarbiyalash usullari; - Rag’batlantirish usulidan va jazolash Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar Bu guruhga o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni ma’naviy va siyosiy g’oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari, irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari kiradi. Bu guruh usullarining mohiyati shundan iboratki ular orqali jamiyat o’quvchilar ongiga qanday talablar qo’yayotgani yetkaziladi.
Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usullari. Bola rivojlanishining o’zligini bilishning asosiy omili bu faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondoshilgan qoida maktab hayotining hamma jabhalarida ta’lim - tarbiya jarayonlariga singib ketadi. Faoliyat o’quvchilar bilimlarini mustaqil egallashga undaydi, ularni qay ixtisosga moyilliklarini aniqlashga ijodiy faoliyat tajribasini hissiy qadriyat munosabatlarini o’zlashtirishlariga yordam beradi.
O’z - o’zini tarbiyalash usullari. O’quvchida o’z - o’zini tarbiyalashga, ya’ni o’z ustida ongli batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo’lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo’ladi. O’z - o’zini tarbiyalash o’quvchilarning o’zini - o’zi idora qilishi organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy faollik mavqeini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir
Rag’batlantirishning quyidagi turlari mavjud:
O’quvchining kuchi yetadigan mas’uliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish
Rag’batlantirishning quyidagi turlari mavjud:
Maqtash: (ota - ona, jamoa oldida)
Rag’batlantirishning quyidagi turlari mavjud:
Esdalik sovg’a berish; Maqtov yorlig’i berish; Stipendiya bilan taqdirlash; teleko’rsatuvlarda maqtash; Hurmat taxtasiga rasmini qo’yish; Qo’llab-quvvatlash.
Pedagogikada jazolash usuliga qanday qaraladi, uning qanday turlari qo’llaniladi degan savolning tug’ilishi tabiiy.
Tanbeh berish - eng yengil jazo chorasi bo’lib hisoblanadi.
Ogohlantirish - noma’qul xatti - harakatlarning oldini olish uchun ishlatiladi.
Hayfsan berish - tanbeh va ogohlantirish kutilgan natija bermasa, o’quvchi intizomni buzaversa, hayfsan beriladi.
Uyaltirish - odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or - nomus sharmu hayodir.
Odamda izzat - nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa, o’zini - o’zi avvalo hurmat qilsa unda or - nomus kuchli bo’ladi. Xalqimiz uyat - o’limdan qattiq deb bejiz aytmagan. Shu sababli bolani ha deb uyaltirmasdan boshqa vositalarni ham qo’llash kerak. Jazo haqqoniy me’yorda qo’llanilsa samarali bo’ladi. Mаktаblаrdа qo`llаsh mumkin bo`lgаn jаzо chоrаlаrigа quyidаgilаr kirаdi:Tanbeh berish , Ogohlantirish, Hayfsan berish , Uyaltirish .