Mahmud Hakim Yayfoniy “Xullas ut- Tavorix” asarida Boburning Samarqanddan chekinishini tasvirlar ekan, Boburning Huqandda to’xtab o’tganini yozadi.
Qo’qon shahri XVIII-XIX asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning ayni paytda O’rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi.
Uzoq o’tmishda Qo’qondan Xitoy va Hindistonga boradigan , u yerlardan keladigan karvon yo’li o’tkan.
Qo'qon shaxri
Ushbu vaqt ichida shahar tobora rivojlanar va o'sar edi. Vengriyalik sayohatchi Vamberining yozishicha, "Xokand" shahri Xivadan 6, Texrondan 4, Buxorodan esa 2 barobar katta edi. U uzunasiga 17 km, eniga esa 5,3 km ga cho'zilgan edi.
Qo'qon xonligining Rossiyaga qo'shilishi arafasida shaxarda 10 000 ta hovli, 120 ta maktab, 40 ta madrasa bo'lgan. 1800 yilga kelib shaharda 2 000 ta savdo do'koni, 6 ta bozor, 9 ta karvon saroy bo'lganligi, bu yerda savdo-sotiq ishlari yaxshi rivojlangani haqida dalil bo'la oladi.